Odam va uning salomatligini o’QI­tish­­da masala va mashqlardan foyda­LA­nish metodikasi reja


Odam va uning salomatligi kursidan masala va mashqlar hamda topshiriqlar tuzish


Download 27.92 Kb.
bet4/4
Sana18.02.2023
Hajmi27.92 Kb.
#1211482
1   2   3   4
Bog'liq
2-MA\'RUZA MATNI

Odam va uning salomatligi kursidan masala va mashqlar hamda topshiriqlar tuzish

Odam va uning salomatligi o’quv fani bo‘yichao‘quvchilarning ijodiy fikrlash jarayonini rivojlantirish uchun masalalar tuzish muhimdir. Biologik natijalarni oldindan ko‘ra olish ta’lim olishga muammoli tariqada yondashishning zarur shartidir. O‘qituvchining ma’lumoti hamda tajribalarda kuzatiladigan bayon qilib beriladigan natijalarni oldindan ko‘ra bilish muhimdir.


Masalalar tuzishdagi sababiy bog‘lanishlar hisobga olinadigan holda ham ma’lum sharoitlarda natijalarni oldindan bilish mumkin bo‘ladi. Masalalarda sabab – oqibat bog‘lanishlarni aniqlash vaqtida muayyan bir oqibatning sababi aniqlab olinadi, masala tuzishda esa biror narsa sabab bo‘lganda uning natijasini aniqlash nazarda tutiladi. O‘quvchilarni doimo masala tuzishga mashq qildirish mavzuning mazmuning mohiyatini kengroq tushunishga, sabab-oqibatlarning o‘zaro bog‘la-nishlarini tushunib yetish imkonini beradi. Chunki masalalar tuzish eng muhim fikrlash usulidir.
O‘quvchilarning masalalar tuzishga mashq qildirish maqsadida olib borilgan o‘qituvchining har qanday harakati ilmiy izlanishga va ilmiy kashfiyotlar qilishgao‘quvchilarni undaydi.
Ilmiy tadqiqotga asoslangan masalalar tuzishda o‘quvchilarga o‘zlarini hayolan “olimlar” sifatida tasavvur etishlarini taklif qilish va ilmiy masala yuzasidan biror mulohaza aytishlarini talab etish dolzarb hisoblanadi.
O‘quvchilarning o‘zi qilib ko‘rgan aniq tajribalari va kuzatuvlari asosida masala tuzish va muhokama qilishga o‘quvchilarni jalb etish ijodiy izlanishlariga yo‘l ochib beruvchi omil sanaladi. Bu holda o‘quvchilarga tajribalari asosida masalalarni o‘ylab topish, masalalarni birortasini tushuntirib berish taklif etiladi.
Biror bir eksperiment uchun topshiriqqa quyidagini misol qilish mumkin: yurak ishini qarama-qarshi ta’sir ko‘rsatadigan nerv markazlari idora etishini qanday tajriba bilan isbotlash mumkin? Gipofiz va qalqonsimon bez gormonlari yurakka qanday ta’sir ko‘rsatishini qanday bilish mumkin?
Odam va uning salomatligidan masalalar tuzishga o‘quvchilarni jalb etish ularni fanga bo‘lgan qiziqishlarini oshiradi va mavzularni chuqur o‘zlashtirishga yordam beradi.

1.Jadvalni to‘ldiring



Skelet qismlari

Ularga mos keladigan suyaklar nomini yozing

1. Kalla suyaklari




2. Umutrqa pog‘onasi




3. Ko‘krak qafasi




4. Yelka kamari




5. Qo‘lningerkin suyaklari




6. Tos suyagi




7.Oyoqningerkin suyaklari




8. Eshitish suyakchalari




9. Qovurg‘a suyaklari




2.Jadvalni to‘ldiring





Suyak xillari

Ularga mos keladigan suyaklar nomini yozing

1

Uzun naysimon




2

Kalta naysimon




3

Kalta g‘ovak suyaklar




4.

Uzun g‘ovak suyaklar




5

Yassi suyaklar




6

G’alvirsimon suyaklar




3.Eshitish suyakchalar soni 6 ta. Odam tanasidagi qaysi suyaklar soni eshitish suyakchalari sonidan 10 barobar ko‘p.


4.Agar 70 kg tana massasiga ega odamning 8-9 kgini skelet tashkil etsa, skelet tana massasini necha foizini tashkil etadi. Muskul tana massasini 40%ini tashkil etsa70 kg odamning tana og‘irligini necha kg muskulga to‘g‘ri keladi?
5.Odam organizmida barcha suyaklar soni 206 ta bo’lishini hisobga olgan holda 34 yoshli sog’lom erkak (a) va sog’lom ayolning (b) chap qo’lidagi mavjud suyaklar uning necha foizini tashkil etishini hisoblab toping?
6.Darslikdan olgan nazariy bilimlaringizga asoslangan holda, sog’lom odamning bosh suyagidagi suyaklar quyidagi ko’krak, bel va qovurg’alardagi suyaklarning necha foizini tashkil etishini aniqlang?

7.Jadvalni to‘ldiring





Suyaklar



Joylashuvi



Soni

To‘g‘ri javob

1

Chakka

1

Yelka kamari

1

4







2

Kurak

2

Chanoq

2

2







3

Bilakuzuk

3

Ko‘krak qafasi

3

8







4

Boldir

4

Erkin qo‘l

4

1







5

Bilak

5

Erkin oyoq

5

24







6

Qovurg‘a

6

Kaft usti

6

3







8.Quyida berilgan muskullar odam tanasining qaysi qismida joydashgan?





Muskullar

Yakka javob

To’g’ri javob

Tana qismlari



1.

To‘sh o‘mrov so‘rg‘ichsimon muskul







Pastki lab

2.

O‘mrov osti muskuli







Qorin muskuli

3.

Rombsimon muskul







Ko‘krak qafasi

4.

Kvadratsimon muskul







Sonning orqa muskuli

5.

Deltasimon muskul







Bo‘yin muskuli

6.

Uch boshli muskul







Orqa muskuli

7.

To‘rt boshli muskul







Qo‘l muskuli

8.

Yarim pay yarim pardasimon







Yuqori lab

9.

Diafragma muskuli







Boldir muskuli

10.

To‘g‘ri, qiyshiq muskul







Panja muskuli

11.

Uchburchak muskul







Sonning oldingi muskuli



Talabalar bilimini mustahkamlash uchun savollar
1.Odam va uning salomatligi o’quv kursidan masala va mashqlarning o’ziga xos jihatlarini yoritib bering?
2.Farxod jismoniy mehnat bilan shug‘ullanishi natijasida muskullarida 3800 kJ energiya hosil bo‘ldi. Bu energiyaning qanchasi issiqlik energiyasi sifatida tarqaladi.
3.Umid jismoniy mehnat bilan shug‘ullanishi natijasida muskullarida 7400 kJ energiya hosil bo‘ldi. Bu energiyaning qanchasi muskul bajarayotgan ishi uchun sarflanadi.
Download 27.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling