Odam va uning salomatligini o’QI­tish­­da masala va mashqlardan foyda­LA­nish metodikasi reja


Odam va uning salomatligi bo‘yicha foydalaniladigan masala va


Download 27.92 Kb.
bet3/4
Sana18.02.2023
Hajmi27.92 Kb.
#1211482
1   2   3   4
Bog'liq
2-MA\'RUZA MATNI

Odam va uning salomatligi bo‘yicha foydalaniladigan masala va
mashqlarga qo‘yiladigan talablar

Odam va uning salomatligi bo‘yicha foydalaniladigan masala va mashqlaryechish davomida o‘quvchilar quyidagi bilimlarni egallagan bo‘lishlari lozim:


- hujayraning tuzilish xususiyatlarini va hayot faoliyatining asosiy jarayonlarini;
- to‘qimalar, organlar, organlar sistemasining tuzilishi xususiyatlarini va funksiya-larini, organlar sistemasini nerv va gumoral boshqarilishini;
- odam organizmidagi tyanch harakatlanish tizimining o’ziga xos jihatlarini;
-odam va hayvonlar organizmining tuzilishi va funksiyalaridagi o‘xshashlik va farqlarini;
- odam organizmining mehnat faoliyati, tik yurish va ijtimoiy yashash tarzi bilan bog‘liq bo‘lgan xususiyatlarini;
- organizm ichki muhitining nisbiy doimiyligini, immunitet, issiqlikning boshqa-rilishi, moddalar almashinuvi, plastik va energetik almashinuvining o‘zaro bog‘liq-ligini, ratsional ovqatlanishni;
- sun’iy nafas oldirish usullarini, shikastlanganda birinchi yordam ko‘rsatishni, odam qad – qomatini aniqlash usullarini;
- odam organizmining rivojlanishi;
- jismoniy mashqlarning organizmga ta’sirini;
- sog‘liqni saqlovchi va unga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillarga bog‘liq masala va mashqlarni bajarishni;
-ayirish organlari va uning tuzilishi, funksiyalarini;
-nerv sistemasi va sezgi analizatorlarining tuzilishi, bajaradigan vazifalarini.


Odam va uning salomatligi o’quv fanini o’sitishda masala va mashqlardan foydalanishdagi fanlararo bog‘lanishlar

O‘quvchilarga ta’lim berish jarayonida fanlararo bog‘lanish asosiy o‘rinda turadi. Chunki har bir hodisani ilmiy jihatdan asoslash unga ko‘p tomonlama yondashishni talab etadi. Biologik jarayonlarni borishini o‘rganish davomida ham kimyoviy, fizikaviy, matematikaga oid bilimlardan foydalanish zarur.


- masala va mashqlarni yechishda suyaklarning kimyoviy tarkibini, tuzlarning xossalarini o‘rganishda kimyodan olgan bilimlardan foydalaniladi;
- bo‘g‘imlarda suyaklarning harakatlanish mexanizmi, mexanik ish bajarish va ishqalanish kuchiga oid fizikadan olgan bilimlarga asoslanadi;
- o‘pkalar va to‘qimalarda gazlar almashinuvi, qonning transport funksiyasi, oksidlanish haqidagi bilimlar kimyo bilan bog‘lab o‘rganiladi;
- gazlar va suyuqliklardagi diffuziya, atmosfera bosimi haqidagi bilimlar fizikadan olgan bilimlarga asoslanadi;
- nafas olish va chiqarish mexanizmini, qon bosimini tushuntirishda suyuqliklar bilan gazlardagi bosimlar farqiga qarab harakatlanish qonuniyatlari haqidagi ma’lumotlarini o‘rganishda fizikaga oid bilimlardan foydalaniladi;
- fermentlar, katalizatorlar, muhitning kislotali, ishqoriy va neytral reksiyalari kimyodan olingan bilimlarga tayanib o‘rganiladi;
- plastik va energetik almashinuvni o‘rganishda o‘quvchilarning jonli va jonsiz tabiatdagi hayot birligi haqidagi xulosaga olib kelish uchun energiyaning saqlanish va bir turdan ikkinchi turga aylanish qonuni oid masalalar yechishda kimyoviy bilimlardan foydalaniladi;
- issiqlikning boshqarilishi to‘g‘risidagi tushunchani shakllantirishda fizikadagi bug‘ hosil bo‘lishidagi solishtirma issiqlik bo‘yicha olingan bilimlarga asoslanadi;
- ko‘rish organi–ko‘zning funksiyalari optikaga oid bilimlar asosida tushuntiriladi.



Download 27.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling