Odamlarning somatometrik ko‘rsatkichlarini aniqlash darsning maqsadi
Download 329.99 Kb.
|
1-amaliy
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishning bajarilishi.
1-AMALIY MASHG’ULOT ODAMLARNING SOMATOMETRIK KO‘RSATKICHLARINI ANIQLASH Darsning maqsadi: Bolalar, o‘smirlar va kattalarning bo‘yi, vaznini o‘lchash orqali ularning rivojlanishini o‘rganish Kerakli jihozlar. Bo‘y o‘lchagichlar, tarozilar. 1-ish. Bo‘y uzunligini o‘lchash Bo‘y uzunligini yog‘ochdan yasalgan bo‘y o‘lchagich yoki metaldan yasalgan antropometr yordamida aniqlanadi. Yog‘och bo‘y o‘lchagich tik holda platformaga mustahkam o‘rnatilgan 2 metrli reyka bo‘lib uni butun uzunligi bo‘yicha moslama yordamida surish mumkin. Bo‘y ko‘rsatkichlarini to‘g‘ri aniqlash uchun moslamaga reykaga nisbatan gorizontal holdagi taxtacha o‘rnatilgan. Vertikal holda o‘rnatilgan reykada ikki xil ko‘rsatkichni (biri unga o‘rnatilgan stulga o‘tirganda, ikkinchisi tik turganda) santimetrli belgilar bilan aniqlash ifodalangan. Reyka o‘rnatilgan platforma o‘tirg‘ichi ochiladigan kursicha bilan jihozlangan. Kursichaning balandligi bolalar uchun 25 sm, kattalar uchun 35-40 sm. Ishning bajarilishi. Bo‘yni o‘lchash uchun vertikal holda o‘rnatilgan reykaga orqa bilan tik turiladi. Bunda qorin tortilgan, qo‘llar tushirilgan, yelka to‘g‘rilangan, tovonlar birlashtirilgan holda bo‘lmog‘i lozim. Bo‘y o‘lchagichda to‘g‘ri turilganda tovon, quymich gumbazi va ko‘krak qafasidagi kuraklar orasiga vertikal turgan reyka tegib turishi kerak. Boshni shunday tutish kerakki, bunda ko‘z olmasining pastki qismi bilan quloqning eshituv teshigini ustki qismi bo‘yicha o‘tkazilgan chiziq bosh suyagida gorizontal holatda bo‘lishi kerak. Yog‘och bo‘y o‘lchagichda, bo‘y uzunligini o‘tirgan va tik turgan holda o‘lchash mumkin. Tananing ayrim qismlarini (qo‘llarni, oyoqni va h.k.) o‘lchash uchun antropometrlardan foydalaniladi. Antropometrlar yog‘och bo‘y o‘lchagichlarga nisbatan unchalik aniq bo‘lmasa ham, tananing ayrim qismlarini o‘lchashda hamda ekspedisiya sharoitlarida ishlash uchun qulaydir. Ikki yoshgacha bo‘lgan bolalarning bo‘yi gorizontal holatda maxsus bo‘y o‘lchagichlarda o‘lchanadi. Bu o‘lchagich uzunligi 100-120 sm li taxtadan yasalgan bo‘lib, ikkita planshyetka bilan ta’minlangan, bundan biri taxtaga nisbatan vertikal (bosh tomoniga), ikkinchisi suriladigan qilib o‘rnatilgan (bunisi bolaning tovoniga tiraladi). . O‘lchagichdagi, o‘lchov ko‘rsatkichlari sm larda berilgan. Bola orqasi bilan o‘lchagichga yotganda, oyoqlari to‘g‘rilanadi, tovoni to‘g‘ri burchak hosil qilguncha buklanadi, boshi o‘lchagichning tepa qismiga (yuqorida aytilgan holda) tegib turishi kerak .
Download 329.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling