Odamlarning somatometrik ko‘rsatkichlarini aniqlash darsning maqsadi


-Rasm. Katta va kichik yoshli bolalarning bo‘y uzunligini aniqlash. 2-ish. Ko‘krak qafasi aylanasini aniqlash


Download 329.99 Kb.
bet2/4
Sana23.01.2023
Hajmi329.99 Kb.
#1112811
1   2   3   4
Bog'liq
1-amaliy

1-Rasm. Katta va kichik yoshli bolalarning bo‘y uzunligini aniqlash.
2-ish. Ko‘krak qafasi aylanasini aniqlash
Ishning bajarilishi. Ko‘krak qafasining aylanasi tinch holatda, chuqur havo olganda hamda chuqur havo chiharganda o‘lchanadi. Orqa tomondan qo‘yilgan metrli tasma tagida kurak burchaklari bilinib turishi, old tomondan esa ko‘krak qafasining o‘rta qismida bo‘lishi kerak. O‘lchash uchun qo‘llar tushiriladi, bunda tasma orqa tomondan kurak tagiga surilib tushadi. Tasmani shunday o‘rnatish kerakki, u osilib turmasligi, nafas olish va chiqarishaktlariga halaqit bermasligi zarur. To‘g‘ri o‘lchash uchun bolaning bir tekisda nafas olishi kutiladi, so‘ng chuqur nafas olganda, chiqarganda, tinch holatda alohida-alohida har biridan 3-4 marta o‘lchab, o‘rtacha arifmetik ko‘rsatkich aniqlanadi. Chuqur nafas olgandagi ko‘rsatkichdan, chuqur nafas chiqargandagi ko‘rsatkichning farqi ko‘krak qafasining ekskursiyasi hisoblanadi.
Ko‘krak qafasining tinch holdagi ko‘rsatkichi, chuqur nafas chiqargandagiga nisbatan 1-2 sm ko‘p, chuqur nafas olgandagi ko‘rsatkichga nisbatan esa deyarli shuncha kamdir.







2-Rasm. Katta yoshli bolalarning ko‘krak qafasi kengligini aniqlash


3-ish. Tana og‘irligini aniqlash
Ishning bajarilishi. Tana vazni, organizm a’zo va to‘qimalarining jumladan, suyak-mushaklar, yog‘ to‘qimalari hamda ichki a’zolar rivojlanishiga bog‘liq.
Tana vaznini aniqlashda tibbiy tarozilardan foydalaniladi. Tarozida ishlashdan oldin uning qanchalik to‘g‘ri ekanligini aniqlash uchun maxsus o‘lchov toshlari bilan tekislab olish tavsiya etiladi. Kishilarning vaznini aniqlashdan oldin ularning kiyimlari yechilib yalong‘och holatda bo‘ladi. So‘ngra shatuni yopiq holatdagi tarozining ustiga chiqiladi va tarozi ishchi holatga keltiriladi. Shundan so‘ng tarozining harakatlanuvchi toshi siljitilish orqali muvozanatga keltiriladi va raqamlar aniqlanadi. Olingan ma’lumot qayd etiladi va tarozi yopiq holatga keltirilgandan so‘ng uning ustidan tushish mimkin. Agar tarozi ustiga chiqish va tushishda muvozanat harakati ishdan chiqsa aniq natija olish qiyinlashadi. Kichik yoshdagi bolalar maxsus tarozilarda tortiladi va yuqoridagi tartibda amalga oshiriladi. Agar tana vazni kiyimlar bilan aniqlansa olingan natijadan kiyimlarning tahminiy og‘irligi olib tashlanadi









Download 329.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling