MAHSULOT VA XIZMATLAR BOZORI VA UNI YAIMDAGI SALMOG’I DINAMIKASI.
REJA:
1 Oliy moliyaviy hisoblashlarni va taqribiy hisoblashlar
Oddiy foizlar;
murakkab foizlar;
diskontlash;
2 Moliyaviy renta (annuitet)
3 YaIMdagi salmog’i
Pul muomalasi asosiy vazifasi
Pul muomalasi statistikasi ko’rsatkichlar tizimi.
1. Oliy moliyaviy hisoblashlarni va taqribiy hisoblashlar
Moliyaviy hisoblash metodlari yana moliyaviy operatsiya va bitimlarni u yoki bu omilga bog’liqligini aniqlashda, moliyaviy holatlarni kelajak modellarini tuzishda, o’sgan qiymat hajmini hisoblashda, moliyaviy ko’rsatkichlarni diskontlashda, turli moliyaviy to’lovlarni hisoblashda, moliyaviy majburiyatlarni qoplash rejasini tuzishda va h.k. qo’llaniladi.
Lekin ularni maxsus qo’llanilish ob’ekti bo’lib aktuar, birja, kimo’zar va iqtisodiy-taqribiy hisoblardir.
Moliyaviy hisoblash metodlari umumiy va maxsus metodlarga bo’linadi. Ularni mohiyati, mazmuni, o’ziga xos xususiyatlari, tayinlanishi va bajaradigan vazifalari kelgusi paragraflarda yoritiladi.
Moliyaviy hisoblashni umumiy metodlari foiz stavkalarini aniqlashda, diskontlashda, to’lovlarni moliyaviy ekvivalentligini hisoblashda, moliyaviy rentalarni tahlil qilishda, uzoq muddatli kreditlarni qoplash planini tuzishda va boshqalarda juda keng qo’llaniladi.
Pulni boshlang’ich summasini foizlar qo’shilishi bilan ortishi (ko’payishi) yoki boshlang’ich pul summasini o’sishi jarayoni, moliya statistikasida, oshgan qiymat deyiladi. Pulni oshgan qiymati, odatda, sodda va murakkab foizlarda hisoblanadi. Bularni o’zi oddiy va hisob stavkasiga (tijorat Yoki bank ucheti ham deyiladi) bo’linadi. Har qanday stavka ham 1 yilga belgilanadi.
Sodda foizlar. Sodda foizlarda (dekursiv metod bo’yicha) oshgan qiymat summasi quyidagi formula bilan hisoblaniladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |