Oddiy va murakkab to'pgullar
Download 45.45 Kb.
|
Oddiy va murakkab to
Gul qismlari qirrali nisbatlar va doiraning gallanish qonuniyati asosida joylashadi.
Qirrali nisbatlar qoidasi. Bu qoidaga muvofiq ikki pallali o‘simlik gul doiralari ko‘pincha 5, 4 va 2 qismli bo‘ladi. Mas. zig‘ir o‘simligining kosachabargi 5 ta, toj-bargi 5 ta, otaligi 10 ta, meva bargi 5 ta. Bir palla-lilarda 3 qismli, mas. lolada gultojbarglar 6 ta bo‘lib, 2 qator joylashgan 3+3. Otaligi 3+3 tadan, onalik uch meva bargdan iborat. Diagramma va formulalar. Gulning sxematik tuzilishi, gul qismlarining bir-biriga bo‘lgan nisbati diagramma va formulalarda yaqqol ko‘rinadi. Gul tuzilishida gorizontal yuzaning sxematik proyeksiyasi diagramma deb ataladi. Doiradagi gulning ayrim qismlari xar xil shartli belgilar bilan ko‘rsatiladi. Diagramma ochilmagan gul g‘unchasining ko‘ndalang kesimiga qarab tuzilgan. Diagrammada gulqo‘rg‘on qismlari yoy shaklida ko‘rsatiladi. Kosachabarglar sirtidan o‘rtasiga tumorchasi bor yoylar bilan, tojibarglar tumorchasiz oddiy yoylar bilan ifodalanadi. Otaliklar ochilmagan changdonning ko‘ndalang kesimi shaklida, onaliklar tugunchaning ko‘ndalang kesimi shaklida ko‘rsatiladi. Agar gul qismlari tutashgan bo‘lsa ular birlashtiriladi. Diagrammalar 2 xil bo‘ladi. 1. Emprik diagrammada to‘la ochilgan va voyaga yetgan gul tasvirlanadi. 2. Nazariy diagramma gulning tarixiy rivojlanishi xisobga olingan xolda tuziladi. GUL-FLOS Gul o‘simliklarning urchuvchi, ya’ni ko‘payuvchi generativ organidir. Gul qisqargan novdadan tashkil topgan. Gulning o‘rni va bandi qisqargan, novda,gulning boshqa qismlari esa qiyofasini o‘zgartirgan barg. Gulning hamma qismlari gul o‘rniga joylashgan. Gul qiyofasini o‘zgartirgan novda barg, ekanligini XVIII asrda nemis shoiri va tabiatshunosi Gyote aniqlagan. Gul asosan quyidagi qismlardan tashkil topgan: 1. Gul bandi 2. Gul o‘rni 3. Gul tevaragi(gul qo‘rg‘oni) 4. Kosacha 5. Gul tojisi Demak, gul qismlari dastlab gul kurtagi ichida shakllanadi. Gul kurtagi tashqi tomondan qiyofasini o‘zgartirgan barglar bilan qoplangan. Gul kurtagining 2 ta tipi mavjud bo‘lib, biri haqiqiy, ikkinchini aralashdir. Haqiqiy gul kurtagida hosil qismi bilan kurtak qoplamasi bo‘lsa, aralash kurtakda hosil qismi bilan boshlang‘ich vegetativ novda mavjud bo‘ladi. Gul yon bargi bilan gul orasidagi novda gul bandi deb ataladi. Gul bandining uchki qismi kengayib, gul o‘rni - torus hosil qiladi. Gul o‘rni turli o‘simliklarda turlicha bo‘ladi. Gul o‘rni ayrim xollarda gul qo‘rg‘onning pastki qismi, changchi va urug‘chilar bilan birga o‘sib, o‘ziga xos shakliga kirish, gipantiya deyiladi. Gipantiy atirgullar va ayrim dukkaklilarga xosdir. Gipantiy meva hosil bo‘lishida ishtirok etadi. Gul - steril va fertil (xosildor) qismlardan iborat. Steril qismiga - gulqo‘rg‘oni (kosacha va tojbarg) fertil qismiga (changchi va urug‘chi) kiradi Ba’zan gul qo‘rg‘oni oddiy bo‘ladi. Gul o‘rnida faqat kosacha yoki tojbarg joylashgan oddiy gulqo‘rg‘on deyiladi. Gul kosachasimonlarga otquloq, lavlagi misol bo‘ladi. Gul tojsimonlarga lola, gulsapsar, marvaridgul kiradi. Kosacha bo‘lsa, tojisi bo‘lmaydi va aksincha (okolotsvetnik prostoy). Gulning asosiy qismlari otalik va onaliklardir. 6. Otalik Otalik 3 qismdan tashkil topgan. a) otalik ipi b) changdon v) chang 7. Onaligi 1. Onalik og‘izchasi 2. Onalik ustunchasi 3. Onalik tugunchasi Gul qo‘rg‘oni faqat kosachadan tashkil topgan bo‘lsa, kosachasimon gul (nasha, lavlagi, krapiva) bo‘ladi. Gul qo‘rg‘onida faqat gul tojisi bo‘lsa, tojsimon gul (lola, gulsafsar, liliya) deyiladi. Oddiy gul qo‘rg‘onida kosacha yoki toj bargi bo‘ladi. Murakkab gul qo‘rg‘onida ikkalasi ham bo‘ladi. Kosacha Calex - bu kosacha barglardan tashkil topgan (chashelis-tiki). Kosacha barglar bir-biri bilan birlashgan, gulhayrisimonlilar, dukkaklilar, labsimongullilarda birlashgan. Ba’zi o‘simliklarda kosacha barglar yaxshi rivojlanmaydi. mas. uzumda, soyabongullilar oilasiga kiradigan o‘simliklarda esa, kosacha barg tukka aylanib ketgan bo‘ladi. Kosacha barglar odatda bir qator doira bo‘lib joylashgan bo‘ladi. Ba’zi o‘simliklarda esa kosachabarg 2-3 qator joylashgan. Mas. atirgullilar oilasi, gulxayrisimonlar oilasi. Kosachaning 2 va 3 chi qatoridagi barglari kosacha tagi bargi deb ataladi. (podchaщiye). Kosacha barglar odatda yashil rangli bo‘ladi, ya’ni kosacha bargda xlorofil donachalari bor. Kosacha bargda fotosintez protsessi bo‘lib turadi. Shuningdek kosachabarg gulning ichki qismini tashqi sharoitdan saqlab turadi. Ba’zi o‘simliklarda kosacha barg gul ochilgandan so‘ng tushib ketadi (lolaqizg‘aldoq, ko‘knori) ba’zi o‘simliklarda barg uzoq saqlanadi. (olma,nok). Download 45.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling