Oddiy va murakkab to'pgullar


Download 45.45 Kb.
bet5/6
Sana18.06.2023
Hajmi45.45 Kb.
#1554867
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Oddiy va murakkab to

Bir o‘simlikning chang donachalarini boshqa o‘simlik urug‘chisining tumshuqchasiga tushishi chetdan changlanish deyiladi.
O‘simliklarning chetdan changlanishda shamol va xashorotlar yordamida changlanish muhim rol o‘ynaydi. Chetdan changlanish ijobiy hisoblanadi. Shamol yordamida changlanishga anemofiliya (yunon: «anenos» -shamol, «fileo» -hohlamoq) deyiladi. Bunga yong‘oq, terak, makkajo‘xori, eman, kanop va qand lavlagilarning changlanishni misol qilishimiz mumkin. Bunday gullar mayda va changlari yengil bo‘lib, uzoq joylarga tarqalishi mumkin (2 ming km gacha).
O‘simliklarning xashorotlar yordamida changlanishi entomofiliya (yunon. «entomon» - xashorot, «fileo» - sevaman) deb ataladi. Bunday gullar yirik, tojbargi uzoqdan ko‘zga tashlanadigan, nektarlari esa sershira suyuqlik chiqaradi.

GUL FORMULASI VA DIAGRAMMASI
- Bir yillik o‘tli o‘simlik -
- 2 yillik o‘tli o‘simlik -
- Ko‘p yillik o‘tli o‘simlik -
- Daraxt va butalar -
- To‘g‘ri gul aktinomorf -
- Qiyshiq gul zigomorf -
- Bir jinsli otalik gul Mars -
- Bir jinsli onalik gul-Venera -
- 2 jinsli gul -
K yoki Sa-kosacha bargi-chashechka
S yoki So-toj bargi-venchik
A-otaligi-Tыchinka
U-onaligi-Pestik
Kosacha, tojbarg, otalik va onaliklarning soni raqam bilan ko‘rsatiladi. Agar ular birlashib ketgan bo‘lsa, raqam qavs ichiga olib qo‘yiladi. Ularning soni 10 tadan 12 tagacha bo‘lsa, raqam ko‘rsatiladi. Unda ko‘p bo‘lsa, cheksiz alomati qo‘yiladi. Onalik tuguni yuqorida joylashgan bo‘lsa onalik sonining pastiga chizib qo‘yiladi. Agar onalik tuguni pastga joylashgan bo‘lsa, onalik sonining yuqorisiga chiziq qo‘yiladi.
Gul qo‘rg‘oni oddiy bo‘lsa deb R xarfi qo‘yiladi.
+ Sa4 So4 A44+2 U(2) -Butsimon gullilar, rediska, turup, karom
+ Sa(5) So5 A U (3-5) g‘o‘za gulining formulasi.
+ Sa5 So5 A U -Ayiqtovongullilar: sedana, ayiqtovon.
To‘p gullar-sotsvetiye. Ko‘pchilik o‘simliklarning guli bir nechta bo‘lib gul to‘plamlarini tashkil etadi. To‘p gullarning shakllari bir necha xil bo‘ladi:
1. Shingil- kist. Shingilga o‘xshash gul to‘plarida gulning o‘qida pastdan yuqoriga qarab gullari ochiladi. pastki gullarning bandi yuqori gullarnikiga nisbatan bir oz uzunroq bo‘ladi. Mas, butsimon gullilar oilasi: jag‘-jag‘, supurgi o‘t, gorchitsa.
2. Qalqonsimon to‘p gul - shitok. Qalqonsimon to‘pgullar bir satxga joylashgan bo‘ladi. Chunki ularning gul o‘qidagi pastki gullari uzun bandli, yuqoridagi gullari esa qisqa bandli bo‘ladi. Xulosa qilib aytganda gul o‘qidan o‘sib chiqqan gullar bitta satxni egallaydi: olma, do‘lana, nok.
3. Oddiy boshoq-prostoy kolos. Oddiy boshoq shingilga o‘xshash to‘pgul. Lekin uning gullari gul o‘qida bandsiz joylashgan bo‘ladi, mas. zupturum, qiyoq o‘t.
4. Murakkab boshoq-slojnыy kolos. Bunda gullarning asosiy o‘qi tarmoqlanib ketadi. Asosiy o‘qining tarmog‘ida ayrim boshoqlar joylashgan bo‘ladi. Mas. bug‘doy, arpa, suli.
5. Oddiy soyabon-prostoy zontik. Oddiy soyabonda gul o‘qining yuqori tomonidan barobar bandli gullar o‘sib chiqib, 1 ta satxni egallaydi. Mas. olcha, piyoz, chesnok.
6. Murakkab soyabon-slojnыy zontik. Bunda asosiy gul o‘qidan qo‘shimcha gul o‘qchalar o‘sib chiqadi. Bu gul o‘qcha-larda barobar bandli gullar joylashgan. Mas. sabzi, uk-rop, kashnich.
7. Supurgi boshoq-metyolka. Bu tarmoqlanib ketgan shingildan iborat. Mas: uzum, siren, sholi, tariq, makkajo‘xorining otalik guli.
8. So‘ta-pochatok. Sutada gul o‘q yo‘g‘on bo‘lib, yaxshi taraqqiy etgan, gullar esa gul o‘qiga bandsiz joylashgan. Sutani qoplag‘ich barglari o‘rab olgan.
9. Boshcha-golovka. Boshchada gul o‘qining uchi kengaygan bo‘lib, bandsiz, gullari zich joylashgan bo‘la-di. Mas. yovvoyi beda-klever
10. Savatcha-korzinka. Bunda gullar savatchaga to‘plangan bo‘ladi. Ularda gullarning uchi tarelka yoki plastinka o‘xshab o‘sgan bo‘ladi. Gullar shu gulning o‘qiga bandsiz o‘rnashgan. Mas. murakkabgullilar oilasi-qoqi o‘t, romashka.

Download 45.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling