Oddiy va murakkab to'pgullar
Download 45.45 Kb.
|
Oddiy va murakkab to
GUL TOJISI-COROLLA
Gul tojisi toj barglardan (lepestki)tashkil topgan. Toj barglar ham bir - biri bilan birlashgan yoki birlash-magan bo‘ladi. Mas. pechakgullilar oilasiga kiruvchi o‘simliklarning toj barglari birlashib ketgan, butsimongullilar oilasida birlashmagan. Toj barglarning shakllari turlicha bo‘ladi. Butgullilar oilasiga kiradigan o‘simliklarning toj bargi butsimon, murakkabgullilar oilasiga kiradigan o‘simliklarning gul tojisi voronkasimon, chuchmomagullilar oilasiga kiradigan o‘simliklarning gul tojisi qo‘ng‘iroqsimon, labgullilar oilasiga kiradigan o‘simliklarning gul tojisi labsimon, dukkaklilar hamda binafshagullilar oilasida gul tojisi kapalaksimon. Gul toji har xil rangda bo‘ladi. Gul tojisining xar xil rangga bo‘yalishi xujayra shirasidagi antotsian,antoxlor pigmentlari hamda xromoplastdagi karotin va ksantofil pigmentlariga bog‘liq. Antotsian, hujayra shirasining nordonlik yoki ishqoriy bo‘lishiga qarab har xil rang beradi: Oq va qora rang beruvchi pigment bo‘lmaydi. Antotsian qizil, ko‘k, binafsha ranglar, antoxlor va ksantofil sariqrang beradi. Karotin qizg‘ish rang beradi. Gullarning oq bo‘lishi quyosh nurining qaytarilishiga bog‘liq. Qoramtir rang esa to‘q qizil va to‘q ko‘k rangda hosil bo‘ladi. Ba’zan toj barglarning rangi o‘zgarishi ham mumkin. Mas. Paxtaning gul tojisi avval sariq, so‘ngra pushti rangga bo‘yaladi. Gulning tojisi o‘z xidi va rangi bilan xasharotlarni o‘ziga jalb etadi. Xasharotlar esa o‘simliklarni changlatadi. Kosacha va toj barglar gulning o‘rnida doira bo‘yicha to‘g‘ri joylashgan bo‘lsa, to‘g‘ri gul-aktinomorf deyiladi. To‘g‘ri gulni bir necha barobar bo‘laklarga bo‘lish mumkin. Qiyshiq gulni esa, faqat 1 marta teng bo‘lakka bo‘lish (ajratish) mumkin. To‘g‘ri gulni polisimmetrik, qiyshiq gulni esa monosimmetrik deb ham yuritiladi. Ba’zi o‘simliklarning guli barobar qismlarga 1 marta ham bo‘linmaydi. Mas. Valeriana. Bunday gullarni asimmetrik gul deb yuritiladi. Kosacha va toj barglar gulning eng kerakli qismi xisoblanadi. Gul qo‘rg‘oni bo‘lmasligi ham mumkin. Mas. qiyoq o‘t, tol, terak, g‘alladonli o‘simliklar. Gulning eng kerakli va ahamiyatli qismi otalik va onaliklaridir. Otaligi-Tыchinki Otaligi 3 qismdan iborat: Otalik ipi, changdon chang. Otaliklar ham bir biri bilan birlashgan yoki birlashmagan bo‘ladi. Mas. Murakkabgullilar oilasiga kiradigan o‘simliklarning otaliklari xatto changdonlari bilan bir-biriga yopishib ketgan. Dukkaklilar, gulxayrisimonlilar oilasiga kiradigan o‘simliklarning otaliklari iplari bilan bir-biriga yopishgan. Gulxayrisimongullilar oilasiga kiradigan o‘simliklarning otaligi juda ko‘p bo‘lib, otaliklarning hammasi bir-biri bilan yopishib ketgan. Bunday otalik-larni "bir guruxli" (odnobratstvennыye) deyiladi. Dukkakliklar oilasida otaligi 10 ta bo‘lib, shundan 9 tasi bir-biri bilan birlashgan, 1 tasi birlashmagan. Bunday otaliklarni "ikki guruxli deyiladi". (dvubratstvennыye). Lipa daraxtining otaligi "ko‘p guruxli" (mnogobratstvennыye) Onaligi-pestik. Onalik 3 qismdan tashkil topgan. Onalikning pastki kengaygan qismi-onalik tuguni-zavyaz Tugundan onalik ustuni-stolbik o‘sib chiqadi. Onalik ustuning yuqori tomonida og‘izcha-rыlsa bo‘ladi. Ba’zi o‘simliklarning onalik ustunchasi bo‘lmaydi. Mas. ko‘knorida. Bunda onalik og‘izchasi tugunchaga yopishgan bo‘ladi. Onalik tugundan esa meva xosil bo‘ladi. Shuning uchun mevaning ichida urug‘ bo‘ladi. Onalik tuguni 1,2,3 yoki ko‘p xonalik bo‘lishi mumkin. Gulda onaliklar ko‘p bo‘lib, birlashmagan bo‘lsa, apokarp, birlashib ketgan bo‘lsa, senokarp deyiladi. Mas. ayiqtovon, qulupnay o‘simliklarining onaligi apokarp:lola,gulsafsarda senokarp. O‘simlik gullarida ham otalik, ham onaliklari bo‘ladi. Bunday 2 jinslilar -oboyepolыye deyiladi. Gulda otalik yoki faqat onaligi bo‘lsa, bir jinsli-odnopolыy deyiladi. Bir jinsli gullar bitta o‘simlikda bo‘lsa, buni bir uyli-odnodomnыy o‘simlik deyiladi. Mas: jo‘xori, oshqovoq, qarag‘ay. Agar otalik gullar bir o‘simlikda, onaliklari esa 2-bir o‘simlikda bo‘lsa, buni 2 uyli o‘simlik-dvuxdomnыy o‘simlik deyiladi. Mas. Tol, nasha ba’zi o‘simliklar 3 uyli-tryoxdomnыy ham bo‘ladi. Bularda 1-sida otalik gul, 2-sida onalik gul, 3-sida ham otalik, ham onalik bo‘ladi. 3 uyli o‘simliklarga chinni gullilar oilasiga kiruvchi o‘simliklar misol. Agar bir o‘simlikda ham otalik ham onalik guli, hamda 2 jinsli guli bo‘lsa, bunday o‘simliklarni poligam o‘simliklar deyiladi. Mas. qovun, kungaboqar va boshqalar. Gulning qismlari gul o‘rnida doira bo‘ylab joylashgan bo‘lsa, siklik, agar gul qismlari gul o‘rnida baland-past joylashgan bo‘lsa, atsiklik gul-spiral gul deyiladi. Gulning kosachasi va toj barglari doira bo‘ylab joylashib, faqat otalik va onaliklari bilan baland - past joylashgan bo‘lsa, yarim spiral-gemetsiklik gul deyiladi. Doira bo‘ylab joylashgan gulga lola, spiral gulga magnoliya, gametsiklik gulga ayiqtovon misol bo‘ladi. Changdondan chiqqan chang donachalarining urug‘chining tumshuqchasiga tushushiga changlanish deb ataladi. O‘simliklar olamida o‘zidan changlanish va chetdan changlanishi mavjud. Bitta gulning changi aynan shu gul urug‘chisining tumshuqchasiga kelib tushushiga o‘zidan changlanish deyiladi. O‘zidan changlanuvchi o‘simliklarning guli odatda ko‘rimsiz va xidsiz bo‘ladi. O‘zidan changlanish salbiy xodisa xisoblanadi. Download 45.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling