Одил судлов. Ҳуқуқ-тартиботни муҳофаза қилиш. Адлия / Жиноий қонунчилик]


Jarima tariqasidagi jazoni qo‘llash bo‘yicha


Download 199.25 Kb.
bet29/39
Sana15.03.2023
Hajmi199.25 Kb.
#1271925
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   39
Bog'liq
20 11.09.1998

Jarima tariqasidagi jazoni qo‘llash bo‘yicha
15. Sudlarga jarima tariqasidagi jazo turini nafaqat ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan va uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlar, balki og‘ir jinoyatlar sodir etishda aybdor deb topilgan shaxslarga nisbatan ham, agar bu jazo qonun sanksiyasida nazarda tutilgan bo‘lsa, kengroq qo‘llash tavsiya etilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
16. Sudlar shuni nazarda tutishlari kerakki, jarima tariqasidagi jazo tayinlanganda hukmning qaror qismida jarima miqdori bilan bir qatorda uning jinoyat sodir etilgan vaqtdagi bazaviy hisoblash miqdoridan kelib chiqib hisoblangan, pul birligida ifodalangan jami summasi ham ko‘rsatilishi lozim.
(16-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2020-yil 19-dekabrdagi 37-sonli qarori tahririda)
Jarima tariqasidagi jazoni tayinlash va miqdorini belgilashda sud, odatda, uning amalda to‘lana olinishi imkoniyatidan kelib chiqishi lozim. Bunda, chunonchi, sudlanuvchining moddiy ahvoli, shuningdek qaramog‘ida voyaga yetmaganlar farzandlari, keksa ota-onasi borligi va h.k.lar inobatga olinishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
17. Qonunga muvofiq jazo tariqasida tayinlangan jarimani mahkum hukm qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab bir oy, hukm chiqarilgan kunda o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan mahkum esa — olti oy mobaynida ixtiyoriy ravishda to‘lashi lozim. Biroq sud, mahkumning moddiy ahvolini inobatga olib, JPK 533-moddasi ikkinchi qismiga asosan hukmning ushbu qismi ijrosini olti oygacha kechiktirishi yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash masalasini hal qilishi mumkin.
(17-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2010-yil 14-maydagi 07-sonli qarori tahririda)
Bunday holda jarimani to‘lash uchun Jinoyat kodeksi 44-moddasining uchinchi qismida va 82-moddasining ikkinchi qismida belgilangan muddatlarning o‘tishi kechiktirish (bo‘lib-bo‘lib to‘lash) muddati tugagandan so‘ng boshlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.

Download 199.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling