Одил судлов. Ҳуқуқ-тартиботни муҳофаза қилиш. Адлия / Жиноий қонунчилик]


Download 199.25 Kb.
bet28/39
Sana15.03.2023
Hajmi199.25 Kb.
#1271925
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   39
Bog'liq
20 11.09.1998

Oldingi tahrirga qarang.
10. Qasddan takroran yoki ilgari sodir etilgan jinoyat uchun sudlangandan so‘ng qasddan yangi jinoyat sodir etilishi, agar birinchi jinoyat uchun jinoiy javobgarlikka tortish muddati o‘tib ketgan, sudlanganlik belgilangan tartibda tugallangan yoki olib tashlangan yoxud shaxs muqaddam sodir etgan jinoiy xatti-harakat uchun qonunda javobgarlik bekor qilingan bo‘lsa, shuningdek JK 65, 66, 661, 68, 69, 70, 71, 76-moddalariga binoan shaxs ilgari sodir etgan jinoyati uchun jinoiy javobgarlikdan yoki jazodan ozod etilgan bo‘lsa, jazoni og‘irlashtiruvchi holat sifatida e’tirof etilishi mumkin emas.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2016-yil 29-iyuldagi 13-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
11. Jinoyat kodeksi 58-moddasiga muvofiq, jinoyatga tayyorgarlik ko‘rganlik hamda jinoyat sodir etishga suiqasd qilganlik uchun mazkur jinoyat uchun qonunda nazarda tutilgan eng ko‘p jazoning to‘rtdan uch qismidan ortiq bo‘lishi mumkin emas. Bunda eng ko‘p jazo deganda, Jinoyat kodeksi Maxsus qismining tegishli moddasida (moddaning qismida) nazarda tutilgan har qanday jazo turining eng yuqori muddati yoki miqdori tushunilishi lozim.
(11-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2016-yil 29-iyuldagi 13-sonli qarori tahririda)
Shuni nazarda tutish lozimki, ishtirokchilikda sodir etilgan jinoyat ishlari bo‘yicha sud ishdagi muayyan holatlarni, har bir ishtirokchining shaxsi haqidagi ma’lumotlar va jinoyatni sodir etishdagi ishtiroki darajasini e’tiborga olib, jazoni individuallashtirishi hamda birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxsga qonun sanksiyasi doirasida yengilroq jazo tayinlash masalasini muhokama qilishi lozim.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2010-yil 14-maydagi 07-sonli qarori tahririda)
12. Voyaga yetmaganlarga nisbatan jazo tayinlashda sudlar JK 81—90-moddalarida belgilangan xususiyatlarni inobatga olishlari shart.
Voyaga yetmaganlarga jazo tayinlash paytida JK 54-moddasida nazarda tutilgan holatlardan tashqari, har bir muayyan holda, shuningdek uning rivojlanish darajasi, turmush sharoiti va tarbiyasi, sog‘lig‘i, jumladan, ruhiy rivojlanish darajasi, jinoyatni sodir etish motivlari, katta yoshdagi shaxslarning uning xulq-atvoriga salbiy ta’siri haqidagi ma’lumotlar, shaxsiga ta’sir qiluvchi boshqa holatlar aniqlanishi va baholanishi lozim.
O‘n sakkiz yoshga to‘lgunga qadar jinoyat sodir etgan shaxs ish sudda ko‘rilayotgan vaqtda voyaga yetgan bo‘lsa ham, unga nisbatan tayinlanayotgan jazo muddati yoki miqdori JK 82—85-moddalarida belgilangan maksimal muddat va miqdorlardan oshishi mumkin emas.
Voyaga yetmay turib jinoyat sodir etgan shaxsga jinoyatlar majmui yoki bir necha hukm yuzasidan uzil-kesil jazo tayinlashda uning miqdori:
Oldingi tahrirga qarang.
jarima, majburiy jamoat ishlari, axloq tuzatish ishlari, ozodlikni cheklash tariqasidagi jazolar — JK 82, 83 va 841-moddalarida nazarda tutilgan muddat va miqdorlardan;
(12-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 16-sonli qarori tahririda)
ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo — JK 86-moddasining ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi qismida nazarda tutilgan muddatlardan ortiq bo‘lishi mumkin emas.
Shaxs tomonidan bir necha jinoyat sodir etilib, ulardan ayrimlari voyaga yetmagan, qolganlari voyaga yetgan davrda sodir etilgan bo‘lsa, sud jinoyatlar majmui bo‘yicha jazo tayinlayotganida avval JK 82—86-moddalari talablariga rioya etgan holda o‘n sakkiz yoshgacha sodir etilgan jinoyatlar uchun, keyin esa, voyaga yetgandan so‘ng sodir etilgan jinoyatlar uchun jazo tayinlab, so‘ngra JK 59-moddasiga asosan uzil-kesil jazo tayinlaydi.
13. Ishlarni apellatsiya, kassatsiya va nazorat tartibida ko‘rishda, sudlar tomonidan hukm chiqarish paytida jazo tayinlashning umumiy asoslariga rioya qilinganligi, tayinlangan jazo jinoyatning og‘irligi va mahkumning shaxsiga mutanosibligi sinchiklab tekshirilishi lozim.
Sudning sodir etilgan jinoyatning xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasi, yetkazilgan zarar miqdori, ayblanuvchining shaxsi, jazoni yengillashtiruvchi va og‘irlashtiruvchi holatlar, ayblov hajmi, ayb shakli, ishtirokchilikning turi va shakli haqidagi xulosalari noto‘g‘ri deb topilgan va shu munosabat bilan hukmga o‘zgartirishlar kiritilgan taqdirda, apellatsiya, kassatsiya va nazorat instansiyasi sudi o‘z qarorini asoslantirgan holda mahkumga nisbatan tayinlangan jazoni yengillashtirish masalasini muhokama qilishi shart.
14. Apellatsiya, kassatsiya va nazorat instansiyasi sudlarining e’tibori o‘ta xavfli retsidivistlar, uyushgan guruh tashkilotchilari va faol ishtirokchilariga nisbatan jazoni asossiz ravishda kamaytirish yoki boshqa yengilroq jazo bilan almashtirish hollariga yo‘l qo‘yilmasligi lozimligiga qaratilsin.

Download 199.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling