Одил судлов. Ҳуқуқ-тартиботни муҳофаза қилиш. Адлия / Жиноий қонунчилик]


Download 199.25 Kb.
bet27/39
Sana15.03.2023
Hajmi199.25 Kb.
#1271925
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   39
Bog'liq
20 11.09.1998

Олий суд раиси Ш. ГАЗИЕВ
Пленум котиби, Олий суд судьяси Д. КАМИЛОВ
Тошкент ш.,
2017 йил 28 апрель,
12-сон

[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.11.00.00 Jinoyat qonunchiligi / 16.11.03.00 Jazo va uning tayinlanishi. Jinoiy javobgarlikdan va jazodan ozod qilish]
[TSZ:
1.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Jinoiy qonunchilik]
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining
Qarori
Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti to‘g‘risida
Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazoning to‘g‘ri tayinlanishi odil sudlovni amalga oshirishning muhim kafolatidir.
Adolatli jazo tayinlanishi undan ko‘zlangan maqsadlarga — mahkumni axloqan tuzatish, mahkum va boshqa shaxslar tomonidan yangi jinoyatlar sodir etilishining oldini olishga erishish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
Sud amaliyoti tahlili sudlar tomonidan jazo tayinlashda qonun normalari asosan to‘g‘ri qo‘llanilayotganligini ko‘rsatadi. Shu bilan birga, sud-huquq islohotlarining muhim tarkibiy qismi bo‘lgan jinoiy jazolarning liberallashtirilishi mohiyatini sudlar har doim ham chuqur tushunishmayotganligi oqibatida ayrim jinoyat ishlari bo‘yicha jazo turi va me’yorini belgilashda xatoga yo‘l qo‘yilmoqda.
Jazo tayinlash masalalarini tartibga soluvchi qonun normalari to‘g‘ri qo‘llanilishini ta’minlash maqsadida, “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunning 17-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi sudlarga quyidagi tushuntirishlarni berishga qaror qiladi:
Jazo tayinlashning umumiy asoslarini qo‘llash bo‘yicha
1. Sudlarning e’tibori jinoyat uchun jazo tayinlashda qonuniylik, insonparvarlik, odillik va javobgarlikning muqarrarligi prinsiplariga qat’iy amal qilishga qaratilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Sudlarga tushuntirilsinki, Jinoyat kodeksining 10-moddasida nazarda tutilgan javobgarlikning muqarrarlik prinsipi har doim ham jazo qo‘llanilishi shartligini anglatmaydi.
Shu tufayli sudlar, ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan yoki uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatni birinchi marta sodir etgan, chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va jinoyatning ochilishiga faol yordam bergan, yetkazilgan ziyonni qoplagan shaxslarni JK 65, 66, 70, 71-moddalariga muvofiq javobgarlikdan yoki jazodan ozod qilish masalasini muhokama qilishlari lozim.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2016-yil 29-iyuldagi 13-sonli qarori tahririda)
3. Jinoyat kodeksining 8, 54-moddalari mazmuniga ko‘ra, jazo adolatli bo‘lishi — har bir holatda individual tayinlanishi, jinoyatning xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasiga, aybdorning shaxsiga, shuningdek jazoni yengillashtiruvchi va og‘irlashtiruvchi holatlarga muvofiq bo‘lishi kerak.
Jinoyatning ijtimoiy xavflilik xususiyati tajovuz obyekti (inson hayoti va sog‘lig‘i, mulk, jamoat xavfsizligi va h.k.), ayb shakli, jinoiy qilmishning qonunda qaysi toifaga (JK 15-moddasi) kiritilganligi bilan belgilanadi.
Jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasi qilmish sodir etilishi holatlari (jinoiy niyatning amalga oshirilganligi darajasi va bosqichlari jinoyatni sodir etish usuli, zarar miqdori yoki kelib chiqqan oqibatlar og‘irligi, ishtirokchilikda sodir etilgan jinoyatda sudlanuvchining roli) bilan belgilanadi.
4. Qonun tayinlanadigan jazo turi va me’yorini aybdorning shaxsini tavsiflovchi obyektiv va ijtimoiy omillar bilan bog‘liq qilib qo‘yganligi tufayli sudlar jinoyat ishlarini ko‘rib chiqish paytida mazkur holatlarni aniqlashlari shart.
Obyektiv omillarga, xususan, aybdorning yoshi, jinsi, homiladorlik holati, ijtimoiy omillarga — sudlanganligi, oiladagi, jamiyatdagi xulq-atvori, mashg‘uloti, davlat yoki ijtimoiy mavqeyi va h.k. lar kiradi.
5. Sudlar ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan, shuningdek uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlarni sodir etishda aybdor deb topilgan va jamiyatdan ajratmagan holda axloqan tuzatilishi mumkin bo‘lgan shaxslarga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolar tayinlash uchun qonunda mavjud barcha imkoniyatlardan to‘liq foydalanishlari kerak.
Qonun normasi sanksiyasida alternativ jazolar mavjud bo‘lganda hukmda ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq jazoni qo‘llash zarurligi to‘g‘risidagi masala muhokama etilishi shart.
6. Jinoyat-protsessual kodeksi 467-moddasining birinchi qismi talabiga ko‘ra hukmda jazoni yengillashtiruvchi va og‘irlashtiruvchi holatlar ko‘rsatilishi lozim.
7. Qonun (JK 55-moddasi) jazoni yengillashtiruvchi holatlar doirasini cheklamaydi. Shu sababli jazo tayinlash paytida ushbu moddada ko‘rsatilmagan boshqa holatlar ham jazoni yengillashtiruvchi holat sifatida hisobga olinishi mumkin (masalan, ijtimoiy xavfliligi katta bo‘lmagan jinoyatning birinchi marta sodir etilishi, sudlanuvchining yosh bolasi borligi, jinoyatning birovga rahmdillik ko‘rsatilishi sababli sodir etilishi, aybdor tomonidan bevosita jinoyat sodir etilganidan so‘ng jabrlanuvchiga tibbiy yoki boshqa tarzda yordam ko‘rsatilishi va h.k.). Bunday holatning jazoni yengillashtiruvchi deb topilganligi haqidagi xulosa hukmda asoslantirilishi kerak.
Aybni bo‘yniga olib kelish ko‘rinishidagi jazoni yengillashtiruvchi holat bor yoki yo‘qligi to‘g‘risidagi masalani hal etishda sudlar tergov organlariga berilgan ariza yoki jinoyat to‘g‘risida tergov organi mansabdor shaxsiga qilingan xabar (har qanday shaklda) ixtiyoriy bo‘lgan-bo‘lmaganligini va bu holat shaxs jinoyat sodir etishdagi o‘z ishtirokini u gumon qilinuvchi (ayblanuvchi) sifatida ushlangan yoki gumon qilinuvchi (ayblanuvchi) tariqasida jinoyat ishida ishtirok etishga jalb qilish to‘g‘risidagi qaror unga e’lon qilingandan so‘ng tasdiqlaganligi bilan bog‘liq yoki bog‘liq emasligini tekshirib ko‘rishlari lozim.
Agar jinoyat sodir etilganligi fakti bo‘yicha qo‘zg‘atilgan ish bo‘yicha uni sodir etgan shaxs aniqlangan bo‘lmasa, shaxsning o‘z qilmishi to‘g‘risida ixtiyoriy ravishda bergan arizasi yoki xabari aybni bo‘yniga olish deb baholanishi kerak. Shuningdek, jinoiy javobgarlikka tortilgan shaxsning o‘zi sodir etgan boshqa, tergov organlariga ma’lum bo‘lmagan jinoyatlar to‘g‘risidagi arizasi ham aybni bo‘yniga olish deb qaralishi lozim.
Ikki yoki undan ortiq jinoyat sodir etilib, ulardan ayrimlari bo‘yicha shaxs aybini bo‘yniga olib kelgan bo‘lsa, bu holat jazoni yengillashtiruvchi sifatida faqat bo‘yinga olish to‘g‘risida ariza berilgan jinoyatlar uchun jazo tayinlash paytida hisobga olinishi kerak.
8. Jazoni og‘irlashtiruvchi holatlar doirasi (JK 56-moddasi) qat’iy belgilangan bo‘lib, u sud tomonidan kengaytirilishi mumkin emas. Biroq, muayyan jinoyatning xususiyatlaridan kelib chiqib, sabablarini hukmda asoslantirgan holda sud ulardan birortasini ham jazoni og‘irlashtiruvchi holat deb topmasligi mumkin.
Jinoyat kodeksi 56-moddasi birinchi qismida ko‘rsatilgan holatlar, agar ular jinoyat tarkibining belgisi sifatida nazarda tutilgan bo‘lsa, jazoni og‘irlashtiruvchi holat deb sanalishi mumkin emas.
9. Takroran va retsidiv jinoyat sodir etilishi qonunda belgilangan asoslar va doirada og‘irroq jazo tayinlanishiga olib kelishini inobatga olib, har bir ish bo‘yicha JK 77—80-moddalariga muvofiq tugallangan yoki olib tashlangan sudlanganlik holati mavjudligi haqidagi materiallar tekshirib chiqilishi va shunga asoslanib, retsidiv jinoyat bor-yo‘qligi to‘g‘risidagi masala hal etilishi kerak.
Jinoyat kodeksi 34-moddasi mazmuniga ko‘ra, retsidiv jinoyat mavjudligi haqidagi masalani hal etishda shaxs sudlanayotgan yoki muqaddam sudlangan qasddan sodir etilgan jinoyat tamom bo‘lgan yoki tamom bo‘lmagan jinoyat ekanligi, shuningdek ushbu jinoyatlardan qay birida bo‘lsin shaxs bajaruvchi yoki ishtirokchi bo‘lganligi ahamiyatga ega emas.
Shaxsni o‘ta xavfli retsidivist deb topish haqidagi masalani hal etishda shuni nazarda tutish lozimki, JK 34-moddasining oltinchi qismiga ko‘ra, o‘n sakkiz yoshgacha sodir qilingan jinoyat uchun sudlanganlik shaxsni o‘ta xavfli retsidivist deb topishda hisobga olinmaydi. Shundan kelib chiqib, agar shaxs muqaddam bir nechta jinoyat uchun sudlangan bo‘lib, ulardan ayrimlarini voyaga yetmagan yoshda sodir etgan bo‘lsa, faqat voyaga yetgan davrda sodir etilgan jinoyatlar uchun sudlanganlik e’tiborga olinishi lozim.

Download 199.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling