Odil Yoqubov "Ko’hna dunyo" asari


Download 50 Kb.
bet1/3
Sana29.01.2023
Hajmi50 Kb.
#1138240
  1   2   3
Bog'liq
2 5289935945162817899


Odil Yoqubov “Ko’hna dunyo” asari
Reja:


Hayot haqiqatini badiiy tafakkur qatlariga ko`chirishda o`ziga xos ijodiy iqtidorini namoyish eta bilgan taniqli adib Odil Yoqubov tarixiy shaxslar, ayniqsa, hukmdorlar adabiy tiplarini yaratishda tarixiy ma`lumotlar bilan badiiy to`qima uyg`unligidan samarali foydalangan.


Odil Yoqubovning romanchilik sifatidagi o`ziga xosligi shundaki, u o`z tarixiy romanlarining qahramonlari talqiniga o`sha davr ruhini keng ko`lamli tarixiy haqiqatlar mohiyatini singdirib yubora oladi.
Romanda Mahmud G`aznaviy va uning saltanatidagi barcha amaldorlar saroy xodimlari, Malikul sharob va uning mayxonasiga kelib ketuvchilar, Ismoil G`oziy boshliq karmatiylar, Mavlono Beruniy va u bilan aloqadar shaxslar, ibn Sinoga aloqadar insonlar faoliyatlari mukammal qamrab olingan. Zotan, ularning barchasi ko`hna dunyo odamlari, biroq har biri alohida va mustaqil faoliyat sohiblaridir.
Romanning annotatsiyasida shunday bitiklarni o`qiymiz:
Odil Yoqubovning “Ko`hna dunyo” degan yangi romani ikki buyuk alloma – Abu Rayhon Beruniy bilan Abu Ali ibn Sino hayotiga bag`ishlangan...”
Mustabid shoh Mahmud G`aznaviy davrida yashab, og`ir sharoitlarda ijod qilgan bu ikki ulug` siymoning hayotlari chuqur dramatik voqealarga to`la.
Romanni o`qir ekanmiz bir qarashda sarguzashtnoma bo`lib tuyuladigan, aslida esa zulm va adolatsizlikka asoslangan ko`hna dunyoning o`tkir ziddiyatlarini va fojiaviy hodisalarini kuzatamiz. Nohaqlik va tubanlik iskanjasida qolgan ikki buyuk, bobomizning yuksak e`tiqodi, dardu alamlari, iztiroblari, mustahkam irodasi va chuqur ruhiy kechinmalarining guvohi bo`lamiz.
Bir qarashda annotatsiyadagi fikrlar to`g`riday bo`lib tuyuladi: go`yo roman Mahmud G`aznaviy haqida emas, buyuk allomalar to`g`risida yaratilganday.
Milliy g’oya asarda aks etishi. Bizningcha yozuvchining Sulton Mahmud G`aznaviy davri ijtimoiy hayotiga chuqurroq kirib bora olmaganligida emas, balki sho`rolar davrining mafkuraviy tazyiqidir. O`sha yillarda shohlar turmushini haqiqat ko`zgusida ko`rish, payqash va tahlil qilish chegaralab qo`yilgan edi. Uydirmachilik xavfsizroq mashg`ulot bo`lib qolganligi bois o`sha davr adabiy tanqidchiligi ham siyosiy vahimachilik botqog`iga botib, Abdulla Qahhor aytganiday, “tuxumdan tuk qidirish, maydonga kelgan har bir tarixiy mavzudagi asarni tirnoqlab, hidlab, iloji bo`lsa yozuvchining boshiga chertib ko`rish, yozuvchi yaratgan tarixiy mavzudagi asarni shubha ostida qoldiradigan har xil imo –ishoralar qilish, chala yarim gaplar aytib, mish-mishlarga oziq berish” bilan mashg`ul bo`lgan edi. Shu boisdan yozuvchi Sulton Mahmudni Malikul Sharob va Beruniylar nigohida o`ta gunohlar qilib, zolim shoh qiyofasida, gunohlari kechirilmaydigan bir tarzda tasvirlashga majbur bo`lgan.
Mahmud G`aznaviy ham o`z davrining ijtimoiy tiplaridan biridir. Zolimligi yozuvchi ijodiy nuqtai nazardan yondoshgan. Shu boisdan ham uning davrida qanchadan – qancha adolatsizliklar va zulmu sitam sodir bo`lgan bo`lsa, ularning barchasi o`sha tarixiy sharoit mohiyatidan kelib chiqib, mavhumlashtirilgan va Mahmud G`aznaviy adabiy timsolida mujassamlashtirilgan. U Bobo Xurmoning xurmozorini tortib olgan. Abulqosim Firdavsiyga eroniy shohlarni turoniy shohlardan ustun qo`yding deb tuhmat qilgan, Malikul Sharob ta`biri bilan aytganda, qo`sh qayrag`och barglarining sonidan ham ko`proq odamlarni qon qaqshatgan. O`zga yurtlarni zabt etishda shafqatsizlik ko`rsatib, qamaldagi odamlarni tiriklayin yoqib yuborgan, haq gapni aytgan ustoz Abdusamat Avvalday olimlarni dorga tortgan, hatto Beruniyday allomalarni ham shakkoklikda ayblab, bir necha bor zindonband etgan shafqatsiz hukmdordir. Ana shularning barchasi zolim shoh Mahmud G`aznaviy adabiy tipining badiiy siymosiga xos chizgilardir. Osmono`par minorayu koshonalar ham minglab g`ishtlarning ustma –ust qo`yilishidan ko`tarilganidek, Mahmud G`aznaviy talqinida ham uning davri ijtimoiy haqsizliklari aks etgan.
Xullas, ular yo sultonning qahriga yo`liqib, umrlari azob-uqubatda o`tadi, yo mehriga ravo ko`rilib, hayotlari rohat farog`atla kechadi.
Asarda Mahmud G’aznaviy hamma ilm ahli bir joyda to’plab, ilm-fan rivojlanish maqsadida. Ammo u ko’plab xatolig’ga yo’l qo’ydi.

Download 50 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling