Odil Yoqubov "Ko’hna dunyo" asari
Download 50 Kb.
|
2 5289935945162817899
Milliy o’zlikni ifodalashda asardan parcha keltrib o’tamiz.
“Yodida bor, Abulqosim Firdavsiy, - ollo undan rozi bo`lg`ay, - G`aznani tark etishdan avval uning kulbai vayronasiga tashrif buyurgan edilar. Tashrif buyurishdan bir kun avval esa, shaharda ajib bir gap tarqalgan edi. Birov Sulton Mahmud ul nazm sultoniga katta lutfu ehson ko`rsatib, “Shohnoma” ning har misrasiga bir tilladan haq to`labdi, desa, boshqa birovlar, bil`aks sulton buyuk shoirning qadriga yetmabdi, hatto egniga sarupo ham yopmabdi, degan gaplarni topib kelgan edi. Ustod esa, go`yo sulton bergan pulni cho`ntagiga solib, to`g`ri hammomga borgan emishlar, hammomdan chiqqach, bor aqchasini gadolarga ulashib, o`zlari sultonga hajv bitgan emishlar”. Malikul Sharob bu mish-mishlarni haqiqat qilib ulgurmasdanoq ustod o`zlari uni yo`qlab kelib qoladilar. Ustod keksa bo`lsalar ham, bo`y-bastlari kelishgan, oppoq soqollari ko`ksiga tushgan, tiyrak ko`zlariyu, o`tkir so`zlariga hech kim dosh berolmaydigan, tili achchiq, qaysar odam edilar. U kishi goho-goho may istab kelganlarga kayfiyati chog` bo`lsa, “Shohnoma”dan hikoyatlar o`qib berar, donolar bisotidan rivoyatlar aytib, hammani xushnud qilar, mabodo kayfiyatlari buzuq bo`lsa, qalang`i- qasang`i mayxo`rlar bilan o`tirishni istamay, tikka turganlaricha bir piyola may ichardilar-da, o`z yo`llariga ravona bo`lardilar. Beruniy bilan ibn Sino xayrlashuv onlarida bu noraso dunyoning nopok ishlari xususida kuyib piyib suhbatlashadilar. Ikki allomaning ana shu suhbati romanning falsafiy yakuni hisoblanadi: “Bu safar Beruniy qo`llarini ko`ksida qovushtirganicha, osmonga tikilib, uzoq sukutga toldi so`ng, qahrli, bo`g`iq ovozi allaqanday samimiy va o`ychan ohang kasb etib, tiniq yangradi: - Yo tavba. Bu go`zal olam, bu musaffo osmon, bu yorug` yulduzlar, qo`yingki, bu makammal olamni bunyod etgan xudovandi karim, nechun o`z bandasini bundayin nomukammal qilib yaratdi?! Agar bu foniy dunyo, Abu Ali, sen aytganday buyuk zarurat va yetuk aql-idrok asosida qurilgan bo`lsa, nechun bu ulug` qonunuyat bani bashar hayotiga kelganda o`z kuchini yo`qotdi? - Osiy bandangni o`zing kechirgaysen, e yaratgan egam. Na lekin... agar bandangni loydan yaratib, unga o`z nafsingdan ufurib jon ato qilganing rost bo`lsa, nechun bu jon bilan birga unga jaholat va qalloblik, xudbinlik va razolat yanglig` tuban istaklarni qo`shib berding? Nechun unga boshqa hech bir tirik zotga ato qilmagan o`tkir tafakkur va yetuk aql-zakovat in`om etib, bu aql-zakovatni tubanlik, razolat va qabohat yo`lida ishlatmoqni ravo ko`rding? – Beruniy, go`yo ko`kdan sado kutganday bir nafas sukutga cho`mdi. Ibn Sino go`yo uning mungli kuyday sokin oqqan ovoziga sehrlanganday boshini osiltirganicha mahzun xayollarga tolgan edi”. Ko`rinadiki, bu ikki buyuk bobolarimiz faqat o`z taqdiri to`g`risidagina emas, balki butun insoniyat taqdiri, ona zamindagi hayotning mohiyati, razilliklardan jirkanish, ijtimoiy hayotni go`zallatirish singari davrning dolzarb muammolari haqidagi falsafiy qarashlarni o`zida mujassamlashtirgan. XULOSA Asarda podshoning zolimligi haqidagi davr haqiqati Beruniy Malikul Sharob, Bobo Xurmo, Abulqosim Firdavsiy, Ibn Sino ustod Abdusamat Avval, haq va adolat lashkarboshisi imom Ismoil G`oziy, Shokalon va uning singari juda ko`p obrazlar vositasi berilganligining guvohi bo`lamiz. Nazarimizda ko`hna dunyo hayoti va haqiqatlari tasvirida qora bo`yoqlar juda ko`payib ketganga o`xshaydi. Faqatgina Beruniy va ibn Sinolar faoliyatlari bilan bog`liq tarixiy, ilmiy haqiqatlar tasvirlaridagina kitobxon qalbiga biroz shodlik hislari quyiladiki, shu boisdan ham kitob bu ikki alloma to`g`risida yozilganday bo`lib tuyulaveradi. Biroq, asrga davr adabiy tiplarining yaratilishi nuqtai nazaridan yondoshadigan bo`lsak, davr haqiqatini tashuvchi adabiy tiplarni yozuvchi qo`shaloqlashtirish usuli bilan yaratganligiga amin bo`lamiz. Asardagi ikki buyuk allomamizni qilgan ishlari haqida to’xtab o’tilgan. Bizga judayam yoqqan asarimizdagi Al-Beruniyning har tomonlama sinovlardan o’tishidir. Al-Beruniy har doimgidek saroyga kirganda, uni amaldorlar sinab ko’rish uchun podshoh bilan birlashib shart qo’yishadi. Al-Beruniy tashrif buyurgan xonada to’rt eshik bo’lib, podshoh qo’ygan shart ham u bilan bog’liqdir ya’ni podshohni qaysi eshikdan chiqishni topishi so’raydi va javobini qog’ozga yozib berishi aytadi. Al-Beruniy qog’ozga bitgan chog’da darrov podshoh devordan beshinchi eshik qildiradi. Podshoh qog’ozni ochar ekan, Al-Beruniyni topaqolligi yana lol qoladi. Biz bu bilan nima demoqchimiz, biz nima niyat bilan yuribmiz, nimalarni qilmoqchimiz avvalo shunday insonlar avlodlari ekanligimizni unutmasligimiz lozim. Ba’zida inson o’ylanib qoladi, ulardagi imkoniyatlar bizning imkoniyatlarimizdan ko’ra chegaralangan edi. Ammo allomalarimiz qomusiy darajada erisha olishdi. Bizchi? Biz ulardan o’rnak olib, ular boshlab bergan yo’ldan olg’a borishimiz lozim. Amerika –sehrli diyor, Uxlar edi Kolumb ham hali, Beruniyning aql mash’ali. Kolumbda bor alamim manim, O’zbekiston, Vatanim manim. Download 50 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling