Odinaev tolib toirovich ibragimov axmad baxtiyorovich


Musobaqalarni rejalashtirish va ularning turlari


Download 0.59 Mb.
bet3/19
Sana31.03.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1313089
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
Футбол мусобакаларини ташкил этиш кулланма (1)

1.2. Musobaqalarni rejalashtirish va ularning turlari.
Futbol musobaqalari darsdan tashqari paytlarda o‘quv yurti birinchiliklari sifatida o‘tkazilib kelinadi. Musobaqalar o‘quvchi-talabalarini mashg‘ulotlarga bo‘lgan qiziqishini oshiradi, mamlakatimizda futbolning ommaviy rivojlanishiga yordam beradi, o‘quvchi-talabalar sog‘ligini mustahkamlaydi, iqtidorli futbolchilarni kollej terma jamoalariga saralab olishga yordam beradi, shahar birinchiliklarda ishtirok etuvchilarni tanlab olishga xizmat qiladi, shuning bilan uzliksiz sport musobaqalari tizimidan o‘rin olgan, “Umid nihollari”, “Barkamol avlod” va “Universiada” sport musoboqalariga tayyorlaydi. O`quvchi-talabalar futbol o‘yinlarida, o`quv-mashg‘ulotlarda muntazam qatnashmay turib yuqori natijalarga erisha olmaydilar. Musobaqalar musobaqa qatnashchilarining va umuman jamoaning jismoniy, texnik, taktik va axloqiy-irodaviy jihatdan tayyorgarlik darajasini aniqlaydi, o‘quv-mashg‘ulot jarayonining ahvoli va yo‘nalishini aniqlash imkonini beradi, maktab jismoniy tarbiya jamoasini ishiga baho beradi. Musobaqa natijalari o‘quv-mashg‘ulot ishlarini yakunlash vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Musoboqaning g‘olib jamoalarni aniqlaydi.
Futbol musobaqalari o‘quvchi-talabalarda qat’iylikni, g‘alabaga erishish yo‘lidagi iroda kuchini, maktab va kollej jamoasi, shahar, respublika, mamlakatimiz oldidagi mas’uliyat hissini tarbiyalaydi. Musobaqalarning keskinligi futbolchilarning ruhiyatini oshiradi.
Hamisha futbol musobaqalari ochiq havoda o‘tkazilganda qatnashchilarni sog‘lomlashtirish jihatidan katta ahamiyatga ega bo‘lib, jismoniy kamolotning hammabop va qimmatli vositasi bo‘lib hisoblanadi. Musobaqalar ko‘p sonli tomoshabinlarni jalb qilish bilan birga sportni futbol turini targ‘ib qilish va ommalashtirishning qudratli vositasi bo‘lib ham xizmat qiladi.
Futbol musobaqalarida o‘yin hakamlarning ya’ni bosh hakam va yordamchi hakamlarning tarbiyachi - pedagog va o‘yin rahbari sifatidagi o‘rnining ahamiyati nihoyatda katta va juda ma’suliyatlidir. Musobaqa o‘yinlarida mohirlik bilan halol hakamlik qilish, futbol o‘yini jarayonida maydonda ro‘y beradigan qo‘polliklarni o‘z vaqtida payqab futbol o‘yin qoidasiga binoan tegishli choralar qo‘llashi, ayrim futbolchilarning o‘yindagi intizomsizliklariga qarshi qat’iy kurashish, musobaqalashayotgan jamoa o‘yinchilariga o‘z vaqtida tanbeh va ko‘rsatmalar berish musobaqani taktik va texnik jihatdan yuqori darajada o‘tkazishga yordam beradi. Futbol musobaqalarini boshlanganidan toki tugab ketgunga qadar musobaqa hakami tartibsizliklar uchun javobgar hisoblanadi.

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling