Odinaev tolib toirovich ibragimov axmad baxtiyorovich
Alohida – alohida baholashning taxminiy shkalasi
Download 0.59 Mb.
|
Футбол мусобакаларини ташкил этиш кулланма (1)
Alohida – alohida baholashning taxminiy shkalasi
№ 5-jadval
O‘tkaziladigan musobaqalarning muayyan sharoitlari va oldinga qo‘yilgan vazifalarga qarab ochkolar differensiatsiyasi turli jamoalar uchun boshqacha bo‘lishi mumkin. Biroq, odatda, mag‘lubiyat g‘alaba uchun beriladigan ochkolarning 1/3 ni, durang uchun beriladigan ochkolarning 2/3 ni, kelmaganlik uchun 0 qismini berishini nazarda tutish kerak. Barcha o‘yinlarda to‘plagan ochkolari yig‘indisiga qarab musobaqada jamoalarning o‘rinlari uzil-kesil aniqlanadi. Eng ko‘p ochko to‘plagan jamoa g‘olib hisoblanadi. Agar dastlabki bir necha jamoalarning to‘plagan ochkolari soni mabodo bir hil bo‘lsa, g‘olibni uzil-kesil aniqlash uchun ular o‘rtasida qo‘shimcha o‘yinlar o‘tkazilishi mumkin yoki o‘rinlar kiritilgan va o‘tkazib yuborilgan to‘plar nisbati bo‘yicha, yoki ular o‘rtasida musobaqa jarayonida o‘tkazilgan o‘yin natijalari bo‘yicha qaysi biri o‘zaro o‘yinda g‘alaba qozongan bo‘lsa shunga qarab aniqlanadi. Jismoniy tarbiya jamoasining barcha jamoalari musobaqada ishtirok etish natijasida to‘plagan ochkolari yig‘indisiga qarab klublar bo‘yicha g‘oliblar aniqlanadi. Nisbatan qisqa muddatlarda ko‘p jamoa ishtirokida o‘tkaziladigan musobaqalarda qo‘llaniladigan davrali o‘yin tizimining xillaridan biri quyida keltiriladi. Bu tizimda hamma jamoalar bir necha guruhga bo‘linadi. Har bir kichik guruhdagi o‘yinlar davrali tizim bo‘yicha ochkolar berish yo‘li bilan o‘tkaziladi. Shundan so‘ng kichik guruh g‘oliblaridan yoki kichik guruhlarda 1-2 - o‘rinlarni olgan jamoalardan yangi guruhlar tuziladi va bu guruhlar ham davrali tizim bo‘yicha o‘yinlar o‘tkazadi. G‘olibni aniqlash uchun bo‘ladigan final o‘yin guruh g‘oliblari o‘rtasida o‘tkaziladi. Qolgan hamma o‘rinlar kichik guruhlarda tegishli o‘rinni egallagan jamoalar o‘rtasida o‘yinlar o‘tkazish bilan aniqlanadi. Masalan: Germaniyada bo‘lib o‘tgan 16 ta jamoa o‘rtasidagi 1974 yilgi jahon birinchiligi musobaqalari xuddi shunday tizim bo‘yicha o‘tkazilgan. Ushbu musobaqaning dastlabki bosqichda barcha jamoalar to‘rtta guruhga bo‘lingan edi: I guruh: 1, 2, 3, 4 - raqamlar III guruh: 9, 10, 11,12 - raqamlar II guruh: 5, 6, 7, 8 - raqamlar IV guruh: 13, 14, 15, 16 - raqamlar Jamoalar raqamlari qur’a tashlash bilan aniqlanadi. Ayrim hollarda, jahon birinchiliklarida bo‘lgani kabi, har bir guruhga avvalgi jahon birinchiligida yuqori ya’ni birinchi, ikkinchi, uchinchi va to`rtinchi natijalarni ko‘rsatgan jamoalardan ajratiladi. Kichik guruhlarda jamoalar davrali tizim bo‘yicha o‘ynaydilar. Mazkur guruhlarda o‘tkazilgan o‘yin natijalariga qarab, har birida to‘rttadan jamoa bo‘lgan ikkita guruh tuziladi (mazkur musobaqada birinchi bosqichdan keyin 8 ta jamoa o‘yindan chiqib ketardi va ularning egallagan o‘rnlari esa aniqlanmas edi, garchi buni xuddi shunga o‘xshash tizim bo‘yicha aniqlash mumkin bo‘lsa ham): «A» guruh «B» guruh I guruh 1- o‘rin I guruhdagi 2- o‘rin II guruh 2 - o‘rin II guruhdagi 1- o‘rin III guruh 1 –o‘rin III guruhdagi 2- o‘rin IV guruh 2- o‘rin IV guruhdagi 1- o‘rin «A» va «B» guruhlarda jamoalar davrali tizim bo‘yicha bir davra o‘yin o‘tkazadilar. Finalda birinchi o‘rin va chempionlik unvonini olish uchun «A» va «B» guruhlarning g‘olib jamoalari o‘ynaydilar, 3 - 4 o‘rinlar uchun esa guruhlarda ikkinchi o‘rinni egallagan jamoalar kuch sinashadilar. Shunday jadval bo‘yicha 16 jamoa bo‘lganda, dastlabki to‘rt o‘rinni aniqlash uchun 38 ta o‘yin o‘tkazilgan bo‘lishi kerak. Guruhlarda tegishli o‘rinlarni egallagan jamoalar o‘rtasida o‘tkaziladigan shunday o‘yinlar yordamida barcha sakkiz o‘rinni aniqlash mumkin. Futbol musobaqalari bo‘yicha jahon chempionati musobaqalari hamisha yuqori saviyada o‘tkaziladi. Shu sabab ushbu musobaqalarda ko‘pdan-ko‘p musobaqa tizimlardan foydalaniladi. Barcha tizimlar ham mukammal hisoblanmaydi. Shunga qaramay dunyoning eng kuchli jamoasini ya’ni g‘olib jamoani aniqlash uchun eng maqbul yo`llar qidiriladi. Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling