Odinaev tolib toirovich ibragimov axmad baxtiyorovich


I. BOB. FUTBOL MUSOBAQALARINI REJALASHTIRISH


Download 0.59 Mb.
bet2/19
Sana31.03.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1313089
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
Футбол мусобакаларини ташкил этиш кулланма (1)

I. BOB. FUTBOL MUSOBAQALARINI REJALASHTIRISH.


1.1. Futbol musobaqalari va ularni o‘tkazish haqidagi “Nizom”.
Futbol musobaqalarini o‘tkazish amaliyotida musobaqaga rahbar tashkilot, qatnashuvchilar haqida ma’lumot, uning o‘tkazish muddati, sovrinli o‘rinlar, shuningdek, musobaqada qatnashuvchi jamoalar yoki jismoniy tarbiya jamoalari egallaydigan barcha keyingi o‘rinlar aniqlanadigan biron-bir rasmiy musobaqa o‘tkazishdan avval musobaqa haqidagi nizom tuziladi. Ushbu nizomlar futbol Federatsiyalari yoki musobaqalarni o‘tkazuvchi tashkilot rahbariyati tomonidan tasdiqlanadi.
Hamisha musobaqa haqidagi “Nizomi” katta yuridik kuchga ega bo‘lgan hujjatdir. Unda asosiy tashkiliy va texnik shart-sharoitlar aniq bayon qilingan bo‘ladi. “Nizom” o‘quv-mashg‘ulot ishlarining mazmunini belgilab beradi, chunki jamoalarning tashkiliy - uslubiy tayyorgarligi bo‘lajak musobaqalarning xususiyatlarini hisobga olgan holda o‘tkaziladi. Musobaqada qatnashuvchi jamoalarning tayyorgarlik ko‘rish uchun yetarli vaqtga ega bo‘lishlari nazarda tutilib, nizom oldindan tasdiqlanib, musobaqada qatnashuvchilarga tarqatiladi.
Musobaqani o‘tkazish davrida tasdiqlangan nizomdan chetga chiqishga yo‘l qo‘yilmaydi, aks holda mazkur musobaqani o‘tkazayotgan tashkilotni obro‘yiga putur yetadi va keraksiz nizolarning kelib chiqishiga sabab bo‘ladi.
Futbol musobaqasi haqidagi “Nizomi”.
Musobaqaning katta yoki kichikligidan qat’iy nazar asosan g‘oliblarni aniqlash, shuningdek, musobaqada qatnashuvchi jamoalarni yoki jismoniy tarbiya jamoalarining (natijalar jamoalar bo‘yicha hisobga olinganda) egallaydigan barcha keyingi o‘rinlari aniqlanadigan biron - bir rasmiy musobaqa o‘tkazishdan avval musobaqa haqidagi “Nizom” tuziladi. Bu “Nizom” futbol Federatsiyasi yoki musobaqani o‘tkazuvchi tashkilot (kollej direktori) tomonidan tasdiqlanadi.
Musobaqa haqidagi nizom musobaqalar boshlanishidan ancha oldin unda ishtirok etuvchi jamoalarga yetkazilishi shart.
Musobaqalar haqidagi “Nizom” da quyidagi masalalar aks ettirilgan bo‘lishi kerak:

  1. Sport turi bo‘yicha o‘tkazilishi kerak bo‘lgan musobaqaning maqsadi va vazifalari.

  2. Mazkur musobaqani kim tomondan o‘tkazilishi (federatsiya, tashkiliy komitet va h z).

  3. Bo‘lib o‘tadigan musobaqani aniq o‘tkazish muddatlari va kerakli shartlari.

  4. Musobaqaga qo‘yilishi kutiladigan jamoalarning soni va ularning nomlari, talabnomaga kiritiladigan qatnashchilarning maksimal va minimal miqdori.

  5. Musobaqalar o‘tkaziladigan o‘yin tizimi (davralari – bir yoki ikki davrali, mag‘lubiyatdan keyin o‘yindan chiqib ketiladigan, aralash tizimlar).

  6. Hisobga olish tizimi va jamoalarning hamda jismoniy tarbiya jamoalarining (natijalar jamoalar bo‘yicha hisoblanganda) egallagan o‘rinlarini aniqlash tartibi.

  7. Musobaqalarning alohida shartlari (qanday holatlarda o‘yinda qo‘shimcha vaqt belgilanishi va uning davomiyligi, o‘yin durang bilan tugallanganda yoki o‘tkazilgan musobaqa natijasida ochkolar soni teng bo‘lganda g‘olibni aniqlash usullari (11 – metrlik jarima to‘pi tepish), o‘yin qoidalarida ko‘rsatilgandan tashqari nechta o‘yinchi almashtirish mumkinligi va hokazolar).

  8. Jamoalarning va musobaqa qatnashchilarining rasmiylashtirish tartibi, shakli, o‘yinchilarga talabnomalar berish va qayta talabnoma berish muddati.

  9. Musobaqalar uchrashuvlarini olib boradigan hakamlar jamoasining (brigadasining) nomi.

  10. O‘tkazilgan o‘yinga norozilik bildirish, uni ko‘rib chiqish, shuningdek, o‘yinchilarni maydondan chiqarib yuborish yoki ularni ogohlantirish bilan bog‘liq bo‘lgan intizomiy choralar masalalarini o‘z vaqtida qarab chiqish tartibi.

11. O‘yinchilar intizomni buzganligi uchun jamoalarning javobgarligi hamda stadion va jamoalar ma’muriyatining o‘yin o‘tkazish vaqtida tartib saqlanishi uchun javobgar bo‘lishi.
12. Musobaqalar o‘tkaziladigan maydonlar va ularga qo‘yiladigan talablar.
13. Musobaqa g‘oliblarini taqdirlab mukofotlash hamda oxirgi o‘rinlarni egallagan jamoaning yoki jamoalarning keyingi xuddi shunday musobaqada qatnashish shartlari.
Barcha uchrashuvlarni musobaqa hakamlari guruhi mazkur nizom asosida o‘tkazadilar va ular hamisha mazkur o‘yinlarni yuqori saviyada o‘tishiga ma’suldirlar.



Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling