Odinaev tolib toirovich ibragimov axmad baxtiyorovich


II. Bob. FUTBOL MUSOBAQALARNI TASHKIL QILISH VA O`TKAZISH


Download 0.59 Mb.
bet8/19
Sana31.03.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1313089
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19
Bog'liq
Футбол мусобакаларини ташкил этиш кулланма (1)

II. Bob. FUTBOL MUSOBAQALARNI TASHKIL QILISH VA O`TKAZISH.


2.1. Musobaqalarni tashkil qilish va o`tkazish tizimi.
Ushbu musobaqa tizimi, odatda, o‘yinlar qisqa muddatda o‘tkazilishi kerak bo‘lganda va musobaqada qatnashuvchi jamoalar soni ko‘p bo‘lgan taqdirda qo‘llaniladi. Kubok, respublika va shahar kubogi o‘yinlari odatda shu tizim bo‘yicha o‘tkaziladi. Mag‘lubiyatga uchragan jamoa musobaqalardan chiqib ketadi.
Mag‘lubiyatga uchragach chiqib ketish tizimi bo‘yicha o‘tkaziladigan o‘yinlar tartibini aniqlashda avvalo musobaqada qatnashish uchun buyurtma bergan jamoalar soniga mos setka tizish zarur, shundan keyin qur’a tashlanadi. Jamoa o‘zi tortib olgan raqamga muvofiq tizulgan setkaga yoziladi. Shunday qilib, bir-biri bilan o‘ynaydigan jamoalar qur’a tashlash bilan aniqlanadi.


8 jamoa uchun musobaqalar setka
№ 6-jadval
1- tur 2- tur 3- tur g‘olib
( 1/4 final) (2/1 final) (final)



Masalan musobaqada 18 ta jamoa qatnashishi kerak, shu songa mos bo‘lgan o‘yinlar setkasini tuzish lozim.


Musobaqada qatnashuvchi jamoalar soni juft bo`lganda o‘yinda ikkinchi turdan boshlab qatnashadigan jamoalar setkaning yuqori va pastidan teng qilib taqsimlanadi.
Jamoalar soni toq bo‘lganda setkaning pasti qismida musobaqa o‘yinga ikkinchi turdan boshlab kirishadigan jamoalar soni bitta ko‘p bo‘lishi kerak.
Mag‘lubiyatdan keyin o‘yindan chiqib ketish bilan o‘ynaladigan tizimning afzalligi shundaki, jamoalar soni ko‘p bo‘lishiga qaramay, g‘olib qisqa muddatda aniqlanadi: masalan, 19 jamoa atigi besh taqvim kuni talab qilinadi.
Biroq bu tizimning jiddiy kamchiligi shundaki, bir-biri bilan o‘ynaydigan jamoalar qur’a tashlash bilan aniqlanadi, bu esa musobaqaga tasodifiylik elementini kiritadi. Shu tufayli, bir necha kuchli jamoalar qur’a taqozosi bilan setkaning bir tomonida bo‘lib qolishi mumkin. Buning natijasida kuchli jamoalar musobaqalardan finalgacha chiqib ketishi lozim bo‘lib qoladi. Pirovardida nisbattan kuchsiz jamoa finalga yo‘llanma olishi mumkin. Bunday hol yuz bermasligi uchun, kuchli jamoalarni suniy ravishda bo‘lib yuboriladi. Bu maqsadda qur’aga binoan setkaning turli tomonidan ularga raqam beriladi, keyin esa qolgan jamoalar uchun bo‘sh raqamlarga qur’a tashlanadi.
Jamoalar keyingi turda qaysi jamoa bilan uchrashishini bilmasliklari uchun mag‘lubiyatdan keyin chiqib ketish bilan o‘ynaladigan o‘yin tizimining bir oz o‘zgartirilgan turi qo‘llaniladi: birinchi tur musobaqalaridan keyin qolgan jamoalar o‘rtasidan yangidan qur’a tashlanadi va shu yo‘sinda ikkinsi turda bir-biri bilan o‘ynaydigan jamoalar ushbu qur’a natijasiga ko‘ra aniqlab olinadi.
Yarim final o‘yinlarigacha shunday bo‘ladi. Masalan, 1952 yilda Finlyandiya poytaxti Xelsinkida o‘tkazilgan XV yozgi Olimpiadadagi futbol musobaqalari final shu sxema bo‘yicha o‘tkazilgan. Evropaning UEFA kubogi g‘olibligi uchun klub jamoalari o‘rtasidagi rasmiy musobaqalar ham huddi shunday sxema asosida tashkil qilingan.

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling