Odob-axloq tarbiyasi


Forobiyning ijodinio‘rganish o‘qituvchilarning axloq, ta‘lim-tarbiya sohasida olib boradigan ishlariga keng imkoniyatlar yaratadi


Download 75.5 Kb.
bet4/8
Sana04.02.2023
Hajmi75.5 Kb.
#1157831
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
xalq ogzaki ijodida axloq-odob tarbiyasi masalalarining aks etilishi

Forobiyning ijodinio‘rganish o‘qituvchilarning axloq, ta‘lim-tarbiya sohasida olib boradigan ishlariga keng imkoniyatlar yaratadi.

Forobiy inson axloqi haqida gapirar ekan, uning hislatlarini quyidagicha ta‘riflaydi:

1.Bunday odamning barcha a‘zolari shu darajada mukammal taraqqiy etgan bo‘lishi zarurki, u bu a‘zolari bajarmoqchi bo‘lgan barcha ishlarini osonlik bilan amalga oshira olsin;

2.Barcha masalani, muhokama va mulohazani tezdan va to‘g‘ri tushuna oladigan, uning ma‘nosini anglay oladigan, so‘zlovchining maqsadi, aytilgan fikrining chinligini tezda payqay oladigan bo‘lsin;

3.Xotirasi juda baquvvat bo‘lsin, ko‘rgan, eshitgan, sezgan narsalarining birortasini ham esidan chiqarmay, yodida saqlab qoladigan bo‘lsin;

4.Zehni shu darajada tez va o‘tkir bo‘lsinki biror narsaning alomatini sezish bilan bu alomat nimani bildirishligini tezdan bilib olsin;

5.So‘zlari aniq bo‘lsin, fikrini va aytmoqchi bo‘lgan mulohazalarini ravon va ravshan bayon eta olsin;

6.Bilish va o‘qishga muhabbatli bo‘lsin, o‘rganmoqchi bo‘lgan bilimini charchashni sezmasdan osonlik bilan o‘zlashtira olsin;

7.Ovqatlanishda, ichimlik iste‘mol qilishda ochko‘z bo‘lmasin, tabiati qimor o‘yinlarini o‘ynashdan uzoq bo‘lsin va ular keltiradigan xursandchilikdan jirkanadigan bo‘lsin;

8.Haqiqatni va haqiqat tarafdorlarini sevadigan bo‘lsin, yolg‘on va yolg‘onchilarga nafrat bilan qaraydigan bo‘lsin;

9.Ruhining g‘ururi va vijdonini qadrlaydigan bo‘lsin, uning ruhi va o‘z tabiati bilan past ishlardan yuqori va olijanob ishlarga ishlatiladigan bo‘lsin;

10.O‘z tabiati bilan adolatni sevadigan va adolat uchun kurashuvchilarga, adolatsizlikni, jabr-zulm o‘tkazuvchilarga nafrat bilan qaraydigan bo‘lsin, o‘z odamlari va boshqalarga adolatli bo‘lsin, go‘zal va yaxshi hisoblangan narsalarni barchaga taqdim etgan holda odamlarni adolatga targ‘ib etadigan, adolatsizlik oqibatlarini yo‘qotadigan, ularga yo‘l qo‘ymaydigan bo‘lsin;

11.Adolatli bo‘lsin, ammo qaysar bo‘lmasin, adolat oldida qaysarlik qilib o‘zbilarmonlikka berilmasin, lekin har qanday adolatsizlik, pastkashlik oldida lafzli bo‘lsin, o‘zi –zarur deb bilgan narsalarni amalga oshirishda qat‘iylik ko‘rsatsin: ko‘rqmas, jasur bo‘lsin, qo‘rquv va ojizlikni bilmasin.

Forobiyning fikricha, insonnini axloqli, sahovatli va aql-idrokli bo‘lishida bilimlarni egallash muhim ahamiyatga egadir. Inson bilim orqaligina o‘z maqsadiga erisha oladi.

Abu Nasr Forobiy “Insoniy vujuddan maqsad-eng oliy baxt-saodatga erishuvdir; avvalo u baxt-saodat nima va nimalardan iborat ekanligini bilish, unga erishuvni o‘ziga g‘oya va eng oliy maqsad qilib olishi, butun vujudi bilan maftun bo‘lishi kerak. Keyin bu baxt-saodatga olib boradigan ish, amal va vositalarning nimalardan iborat ekanlgini bilib olishi zarur. So‘ngra esa baxt-saodatga erishtiradigan ishlarni shaxsan bajarishga kirishmog‘i lozim bo‘ladi” deb ta‘kidlaydi.

Forobiy axloqiy madaniyatning fazilatlaridan hisoblangan sahovat masalasiga alohida e‘tibor bergan. U o‘z zamonasidagi adolatsizliklarga befarq bo‘lmagan. Buyuk allomaning ta‘kidlashicha, kishilar o‘rtasidagi o‘zaro yordam, do‘stona va qardoshlik munosabatlari, sahovatli bo‘lish, ozodlik, rohat-farog‘at kalitidir.

Ibn Sino insonning umumiy fazilati, kishilarda yaxshi va yomon xulqlarning paydo bo‘lishi sabablarini “Alloh haqida risola” asarida ko‘rsatib o‘tadi. Olim bu asarida yaxshi va yomon xulqlar odamlarning odatidan, hukumat ahllarining salbiy ta‘siridan paydo bo‘lishini ta‘kidlaydi.


Download 75.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling