Og’zaki bayon usullari: hikoya, suhbat, tushuntirish, o’quv ma’ruzasi


Download 60.76 Kb.
Pdf ko'rish
Sana08.06.2023
Hajmi60.76 Kb.
#1464443
Bog'liq
OG\'ZAKI BAYON USULLARI QUL




Og'zaki bayon usullari 
Reja: 
1.
 
Og’zaki bayon usullari: hikoya, suhbat, 
tushuntirish, o’quv ma’ruzasi. 
2.
 
Ularning farqlari, xususiyatlari turlari. 
Suhbat, savol – javob. 
3.
 
Savol-javoblarga qo’yilgan talablar. 


O’qitish metodlari tasnifiga asos qilib olingan bilim 
manbalari ichida o’qituvchining jonli so’zi, nutqi 
asosiy ahamiyatga ega bo’ladi. 
Jonli nutq o’quvchi ongiga tez yetib boradi. 
Uni ma’lum xulosalarga olib keladi. O’qituvchining 
jonli nutqi puxta bilim, ko’nikma va malaka 
manbai bo’lish bilan birga juda katta tarbiyalovchi 
kuchga ham ega. O’qituvchi nutqidagi mantiq,
intonatsiya, urg’uning kuchi dalillarning jonli va 
ishonarli bo’lishi o’quvchilarning ongiga, his - 
tuyg’ulariga kuchli ta’sir ko’rsatadi. Ularni 
fikrlashga o’rgatadi, ma’lum xulosalarga olib keladi. 
Jonli nutq o’quvchilarning bilim olishdagi boshqa 
manbalar: ko’rsatmali qurollar va matnlar 


mazmunini tushunish, ular ustida mustaqil ishlash, 
fikr yuritishga ham yo’l ochib beradi. 
O’qituvchi 
dars 
jarayonida 
o’quv 
materiallarini og’zaki bayon qilib berish bilan 
chegaralanib qolmasdan, har xil ko’rsatmali 
qurollardan foydalanadi.
O’qituvchining og’zaki bayonini keng ma’noda 
tushunmoq kerak. 
Jonli nutq deganda, ta’limning og’zaki metodigina 
emas, balki, o’qituvchining butun dars davomida 
jaranglab turadigan so’zini, uyda bajarish uchun 
berilgan topshiriqlar mazmuni va ularni bajarish 
yo’llarini izohlashga doir so’zini, seminarlar 
uyushtirishdagi kirish so’zini, o’quvchilarga beriladigan 
turli yo’l - yo’riqlarni, izohli baholash va 


boshqalarni tushunish kerak. O’qituvchining jonli 
so’zini o’quvchilarning o’qib – o’rganishi va bilim 
faoliyatini boshqarishi, unga rahbarlik qilish yo’llari 
va vositalarini ham o’zida mujassamlashtiradi. Jonli 
nutqning bu imkoniyatlaridan oqilona foydalanish 
o’quvchilar bilimining puxta va mustahkam bo’lishini 
ta’minlaydi. 
Geografiya 
o’qitishning 
ta’limiy 
vazifalarini muvaffaqiyatli amalga oshirishga 
yordam beradi. O’qituvchining nutqi quyidagi pedagogik
talablarga javob berishi kerak:
1. Ilmiy va g’oyaviy jihatdan to’g’ri bo’lishi, 
tanlangan material ilmiy jihatdan asoslangan
bo’lishi kerak;
2. Bilimlarning muntazam, mantiqiy to’g’ri
bo’lishini ta’minlash ; 


3. O’quvchilar uchun tushunarli bilimlarni 
puxta o’zlashtirilishini ta’minlashga; 
4. Nutq 
obrazini 
qiziqarli 
bo’lishga,
o’quvchilarni ham jonlantirish; 
5. Bayon qilinayotgan materialni o’quvchilar 
yozib olishiga e’tibor berish kerak; 
Tajribalar shuni ko’rsatmoqdaki, V-
VII sinflarda hikoya yoki tushuntirish 5-10 
minutdan oshmasligi kerak. Yuqori sinflarda unga 
ajratiladigan vaqt birmuncha oshirilishi mumkin. 
O’quvchilarning o’qituvchi bayonini e’tibor va qiziqish 
bilan o’rganishini quyidagi yo’llar bilan amalga 
oshirish mumkin: 
1. O’qituvchi darsning vazifalari, maqsadi va 
bayonining asosiy o’rinlarini qisqacha so’zlab beradi; 


2. O’qituvchi o’rganilayotgan mavzuning muhim 
yoki qiyinligini aytib, uni puxta tushunib olish uchun 
nima qilish zarurligini aytaylik, bayonning qaysi 
qismlariga e’tibor berish kerakligini, qo’shimcha 
qanday materiallar, (vaqtli matbuot, ilmiy – 
ommabop, geografik adabiyotlarni ) o’qib chiqish 
zarurligi va boshqalarni uqtirib o’tadi; 
O’qituvchi nutqidagi intonatsiya va urg’uning 
kuchli, pauza, geografik usullarning ixcham va 
mantiqan to’g’ri ifoda qilinishi nutqning ravon, 
sof, obrazli va ta’sirchan bo’lishi tabiat, xalqlarga 
oid hikmatli so’zlar va oforizmlardan o’rinli 
foydalanish ayniqsa muhimdir. Demak, geografiya 
o’qituvchisi didaktik va pedagogik talablar asosida, 
hamda geografiya fanining mazmunli vazifalariga 


mos ravishda materiallarni aniq va ko’rgazmali 
qilib so’zlab berishi lozim. To’g’ri, turli o’qituvchilar 
nutqidagi erkinlik va badiiylik bir xil emas. Metodik 
adabiyotlarda o’g’zaki bayon paytida o’quvchilarning 
bilish faoliyatiga rahbarlik qilish bu metodni boshqa 
metodlar bilan birgalikda foydalanish muammolarini 
yechish muhim bo’lib turibdi. Ayniqsa, bayon qilish 
paytida o’quvchilarning mustaqil ishlarini tashkil 
qilish va boshqalar geografiya ta’limi metodikasidagi 
muhim muammolardan hisoblanadi. 
Hikoya usuli Hikoya-o’quv materialini 
bayon qilish shakli bo’lib, asosan tasvirlash 
xarakteriga ega. Hikoyada ma`ruzada qaraganda 
o’qituvchi o’quvchilar bilan ko’proq muloqotda 
bo’ladi. Hikoya davomida o’quvchilar bilan savol-javob 


qilib bo’lmaydigan mavzularni o’qitishda bu metod 
keng qo’llaniladi. Masalan, vulqonlarni, yer 
qimirlashlarni, oqimlar, kashfiyotlar, ekvatorial 
o’rmonlar va boshqalarda bu metodning afzalligi 
yorqin seziladi. 
Hikoya ob’yekt va hodisalarni tabiat va 
jamiyatdagi xalqlar hayotidagi hodisalar, voqealarning 
nutqda ifodalanishidir. 
O’qituvchi biror narsani tasvirlash orqali 
unga xos bo’lgan belgilarni ajratadi va shu bilan 
ularda tushuncha va tasavvurlar hosil qiladi. Hikoya 
o’quvchilarda 
materialni 
o’zlashtirishni 
yengillashtiradi. 
Hikoyaning 
ta’lim 
tarbiyaviy 
ahamiyati faktorlarni to’g’ri tanlashga bog’liq. 
Ba’zan o’qituvchi asosiy bilimlarni o’zlashtirilishi 


qiyinlashtiradigan bir qator qo’shimcha, ikkinchi 
darajali ma’lumotlarni bayon qiladi. Ayrim hollarda 
o’quvchi 
ekskursiyada 
olgan 
taassurotlarini 
aytayotganda asosiy narsani ajrata olmasdan 
ko’rgan narsalarning hammasi haqida gapiraveradi. 
Agar o’qituvchi hikoya metodini oldindan 
tanlamasa hikoya qiziqarsiz chiqadi. Maktab 
geografiyasida hikoyaning quyidagi ikki turi keng 
qo’llaniladi. 
1. O’rganilayotgan kursda faktik bilimlar 
tuzilishini bayon qilishdan iborat bo’lgan hikoyalar. 
Bularga sayohatchilar, materiklar, okeanlar haqida,
O’zbekiston geografiyasida kishilarning xo’jaligi 
turmush madaniyati haqidagi hikoyalari kiradi. 


2. Tasviriy hikoyalar bu turdagi hikoyaning asosiy 
maqsadi geografik ob’yekt va hodisalar haqida 
o’quvchilarda aniq tasavvurlar hosil qilishdan iborat. 
Birinchi turdagi hikoyalar materialni 
o’rganishda asosiy metod sifatida qo’llanilsa , 
illyustrativ hikoyalar boshqa metodlarni to’ldiruvchi 
qo’shimcha material sifatida ishlatiladi.
Ko’pchilik hollarda har ikki turdagi 
hikoyalar bitta hikoyani bayon qilishda ham 
qo’llanishi mumkin. Tasvirli hikoya mazmunini badiiy 
va bop ailmiy ommadabiyotlar, o’qituvchining sayohat 
va kinofilmlardan olgan shaxsiy kechinmalari tashkil 
qiladi. Tasviriy hikoya geografik talablarga javob berishi 
bilan birga ob’yekt va hodisalar dars mazmuni bilan 
uyg’unlashgan bo’lishi lozim. Geografiya ta’limidagi 


karta, rasmlar asosida hikoyalar ham keng 
qo’llaniladi. 
Hikoyada ob’yektning umumiy belgilaridan 
asosiy belgilar ajratib ko’rsatilishi yaxshi natijalar 
beradi. Hikoyadan darsning turli bosqichlarida 
foydalaniladi. Hikoya qo’shimcha bilimlarni xabar 
qilish vositasi ham bo’lishi mumkin. Ba’zan hikoya 
darsda mustaqil o’rin ham egallashi mumkin, uning 
turli bosqichlarida tushuntirish jarayoniga ham 
kiritish mumkin. Hikoya darsning boshida yangi 
materialni o’zlashtirishga tayyorlaydi. Oxirida 
qo’llanilsa o’rgatilgan materialni umumlashtiradi va 
darsga xotima yasaydi. Hikoyaga yuqori sinflarda 
20-25 minut , quyi sinflarda 5 minutdan 15 
minutgacha vaqt ajratish mumkin. Hikoyaning salbiy 


tomonlari ham bor. Hikoya paytida o’quvchilar 
faqat diqqat bilan tinglovchi bo’lib, faol ishga jalb 
qilinmaydilar. Hikoya anchaga ketsa ham ular 
diqqati asosida va oqibatda uning ta’siri kamayadi. 
O’qituvchi hikoya vaqtida o’quvchi yoshiga mos 
keladigan dars mazmuniga to’g’ri keluvchi 
materiallar to’plashi kerak. Hikoyada ortiqcha 
faktlar, raqamlar, uzuq-yuluq tasvirlar bo’lmasligi 
kerak. O’qituvchi faqat o’zi bilgan narsalarni 
gapirmasdan 
balki 
mavzuga 
oid 
bo’lgan 
materiallarni hikoya qilmog’i zarur. Hikoya 
yakunida 
soddalashtirib 
yubormasligi, 
unda 
tushunchalar, atamalar albatta, aks etishi kerak. 
Qisqasi, hikoya geografik bilimlar shakllanishida 
muhim omil bo’lish maqsadiga muvofiq. Hikoya 


paytida ayrim mavhum narsalar, raqamlar 
doskaga yozib borilishi kerak.Hikoya davomida o’qituvchi 
nazorat savollar berib borishi materialning puxta 
o’zlashtirilishiga yordam beradi. 
Tushuntirish – nazariy o’quv materialini 
egallash shakli bo’lib, o’quvchilarga geografik jarayon 
va qonuniyatlarini kengroq ochib berishi lozim 
bo’lganda qo’llaniladi. Tushuntirishda mulohaza qilish 
shakllari tahlil va sintez kuzatish va xulosalarni 
tahlil qilish , induksiya (aniq ma’lumotlar asosida 
xulosa chiqarish) , deduksiya (ilgari o’rganilgan 
umumiy hodisalar asosida ma’lum qoida, ta’rifini 
shakllantirish) keng qo’llanildi. 
Yerning shakli kattaligi geografik kenglik va 
uzoqlik, yerning sutkalik va yillik harakati, gradus 


to`ri, tog’larning paydo bo’lishi, musson, siklon, 
antisiklon, frontlar, geologik hodisalar , iqtisodiy 
qonuniyatlar 
ishlab 
chiqarishni 
joylashtirish 
shakllarini o’rganishda tushuntirish metodidan keng 
foydalaniladi. 
Materiklar va okeanlar geografiyasida Sharqiy 
Osiyo mavzusini o’tishda musson tipidagi iqlimni 
quyidagicha tushuntirish mumkin.Ma’lumki, Sharqiy 
Osiyoning eng katta okean bilan tutash joyida 
joylashgan. Shu tufayli Sharqiy Osiyo iqlimi bevosita 
quruqlik va suv ustida turlicha xarorat, bosim 
vujudga kelishi bilan belgilanadi. Buni doskada 
quyidagi tayyor reja asosida tushuntirish maqsadga 
muvofiq. 


1. Yozda quruqlik va okean ustida havo harorati 
qanday taqsimlanadi? Qishda-chi? 
2. Yozda quruqlik va okean ustida havo bosimi 
qanday taqsimlanadi? Qishda-chi? 
3. Agar bizga havo bosimi taqsimlanishi ma’lum 
bo’lsa, shamol yo’nalishini aniqlasak bo’ladimi? 
Yuqoridagi savollar asosida mussonning mavsumiy 
xarakterga 
ega 
ekanligi 
o’quvchilarga 
tushuntiriladi.Tajribali 
o’qituvchilar 
tushuntirish 
momentlarini oldindan belgilaydilar.Bu momentlarning 
har biri puxta tayyorgarlikni talab qiladi. Nazariy 
va amaliy materialni puxta, izchil bayon qilish , 
puxta o’ylangan tushuntirishlar va qo’shimchalar, 
tushuntirishni ilmiy bilimlarni egallashning ta’sirchan 
metodiga aylantiradi. Mamlakatlar , iqitisodiy 


zonalar ixtisoslashuvi, iqtisodiy hududlar iqtisodiyoti 
tushuntirilayotganda o’qituvchi avvalo, dalillarga 
asoslangan ma’lumotlar yig’adi. Masalan, biror 
mamlakat sanoati tushuntirilganda unga doir 
bo’lgan savollar aniqlanadi.O’zbekiston geografiyasida 
O’zbekiston sanoatini quyidagi reja asosida yoritish 
mumkin: 
O’zbekiston sanoatining Yaponiya, Isroil sanoatiga 
nisbatan birmuncha zaiflik sabablari 
O’zbekiston 
sanoatining 
hozirgi 
zamonda 
rivojlantirish vazifalari. 
Asosiy sanoat tarmoqlarining rivojlanishi. 
Sanoatning joylashishi va asosiy sanoat rayonlari. 


 O’qituvchi har bir savolga faktlarga tayangan 
holda javob berishi kerak.Yuqori sinflarga o’tish bilan 
tushuntirishda hikoya elementlari deyarli uchramaydi. 
Tushuntirish jarayonida o’quvchilar tomonidan 
javob reaksiyasining bo’lishini ko’zda tutish kerak. 
O’qituvchi qisqa muammoli savollar berishini , qiyin 
o’rinlarini qanday tushunganliklarini so’rash , aqliy 
va amaliy ishlarni bajarishga undashi mumkin. Ikki 
tomonlama aloqa tushuntirishni takomillashtirishga 
yordam beradi. 
Suhbat - ta’lim metodi sifatida o’quv materialini 
egallashning savol-javob shaklidir. Bunda asosiy o’rinni 
o’qituvchi savoli va o’quvchi javobi egallaydi. Ba’zi 
hollarda o’quvchi savoli va o’qituvchi javobi ham 
uchraydi. 
Suhbat 
jarayonida 
o’quvchilar 


tushunmaganlarini o’qituvchidan so’rashlari mumkin. 
Ba’zilar suhbat metodini savol-javob metodi bilan 
chalkashtiradi. Ayni paytda ularning har ikkisi 
mazmunan bir xil metoddir. 
Bu metodning bosh talabi mukammal o’ylagan 
savollar va o’quvchilar qaytarishi kerak bo’lgan 
javoblarning puxta tizimidir.Savol aniq bo’lishi ya’ni 
o’quvchilar suhbat nima ustida borayotganini 
hamisha tushunishlari kerak. O’qituvchi suhbat 
paytida o’quvchilar fikrini o’rganiladigan geografik 
ob’yekt va hodisalarning asosiy belgilariga yo’naltiradi 
va ularning bilish faoliyatlarini boshqarib boradi. 
Mavzu e’lon qilinganidan keyin savollar o’rtaga 
tashlanadi.Suhbat mantiqiy qismlarga bo’linadi. 
O’qituvchi o’quvchilar javobini tinglaydi, hatolarini 


tuzatadi va uni to’ldiradi.Shundan so’ng o’quvchilarni 
yakun yasashga undaydi.Savollarni to’g’ri tuzish va 
berishning o’ziga xos san’at ekanligini uqdirish lozim. 
O’quvchilar qaytarayotgan javoblar turlicha bo’lishini 
nazarda tutish kerak. Buni bilgan o’qituvchi oldindan 
bir qator yordamchi tuzatuvchi savollarni tayyorlab 
turadi. 
Suhbat o’quvchilarni turli bilim va manbalar , 
karta , globus , gerbariylar , kolma`ruzalar bilan 
ishlashga o’rgatadi . Suhbat metodini murakkab 
mavzularni o’rganishda qo’llash mumkin . Chunki 
bu borada o’quvchilarda bu borada tayanch bilim 
kam . Eng muhimi suhbatning yaxshi chiqishi uchun 
o’quvchilarda tayanch bilimlarga tayanish maqsadga 


muofiq . Savol – javob “ suhbat “ savollari 
mazmunan quyidagi turlarga bo’linadi .
Aniq va to’g’ri ma’lumotlarni o’zlashtirishga oid 
savollar .Masalan : O’zbekistonda eng baland cho’qqi 
necha metr , u qaysi tog’da joylashgan ? Globusni 
kim kashf qilgan ? Jamolungma cho’qqisini kashf 
etgan sayyohni ayting
Kartani bilish va o’qib olishga doir savollar . 
Kartalardagi ob’yektlarni ta’riflay olish tarzidagi 
savollar : Masalan : Samarqand va Toshkent 
shaharlari orasidagi geografik o’rinni qiyoslang . 
Sabab va aloqadorlik qonuniyatlarini o’zlashtirishga 
qaratilgan tarzdagi savol- javoblar . 

Download 60.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling