Ohaktosh konlarini portlatishsiz qazib-yuklashga tayyorlashning samarali usulini tanlash


Journal of Advanced Research and Stability


Download 0.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/7
Sana17.12.2022
Hajmi0.81 Mb.
#1025004
1   2   3   4   5   6   7
 Journal of Advanced Research and Stability
Volume: 02 Issue: 01 | 2022
ISSN: 2181-2608 
www.sciencebox.uz/ 
490 
o’tkazilmoqda. Shunday qilib, ohaktosh xomashyolarini qazib olishning texnologik jarayonlari 
konlarni va kon jinslarini tanlab qazib olish sxemalarini o’z ichiga oladi, lekin konlarni ochiq 
usulda qazib olishda tanlab qazish sxemalari haligacha to’liq rivojlanmagan. 
Ohaktosh konini ochishda va qazib olishda kon massasini qazib-yuklashga tayyorlash jarayonida 
karyer konturiga yaqin masofalardagi xavfsizlik hududlari (aholi yashash punktlari, muhandislik 
bino-inshootlari, himoyalangan hudud va boshqalar) sababli burg’ilab-portlatish usuliga 
qaraganda mexanik yumshatgich mashinalarini qo’llash samaraliroq hisoblanadi. Asosan 
karyerlarda hozirgi kunda kon massasini qazib olishga tayyorlash jarayonida burg’ilab-portlatish 
ishlari qo’llaniladi, ohaktosh massivini qazib olish ishlari xavfsizlik hududlariga yaqinlashganda 
esa mexanik yumshatgich mashinalar yoki zamonaviy burg’ilab-portlatish ishlari texnologiyasini 
qo’llashga to’g’ri keladi. 
Kon massasini qazib-yuklashga tayyorlash jarayonida samarador usulni tanlash nafaqat karyer 
chegarasiga nisbatan xavfsizlik hududlarining joylashgan o’rniga, balki ohaktosh karyerlarini 
qazib olish uchun konning kon-geologik sharoitlariga, ohaktosh xomashyosiga qo’yiladigan 
talablariga, karyer texnikalarning qazib-yuklash, ekspluatatsiyalash uchun texnik shartlariga 
bog’liqdir. 
Ohaktosh massivini burg’ilab-portlatishsiz qazib-yuklashga tayyorlash usulini qo’llash uchun 
quyida keltirilgan mashinalarning bir qanchasidan foydalanish talab etiladi: 
 traktorlar turkumidan buldozerli yumshatgich agregati; 
frezerli qazuvchi kombaynlar
 teskari cho’michli ekskavatorlar (cho’mich o’rniga yumshatgich); 
 to’g’ri cho’michli ekskavatorlar (faol tishli cho’mich, gidravlik ekskavator); 
 gidravlik ekskavatorlarga qoshimcha sifatida gidrobolg’a va boshqalar. 
Sanab o’tilgan ushbu mashinalardan yarim qoyali, hattoki qoyali kon jinslarini ham burg’ilab-
portlatishsiz qazib-yuklashga tayyorlashda qo’llash samarali hisoblanadi. Ushbu texnologiyaning 
qazib-yuklashga tayyorlash va qazib-yuklashdagi inkor etib bo’lmaydigan afzalliklaridan biri 
qoplovchi va bo’sh kon jinslari qatlamlari bilan qatlamli tuzilish hosil qilgan cho’kindi kon 
jinslarning qalinligini selektiv qazib olish qobilyatidir. 
Bu mashinalar ohaktosh konlarida, shu jumladan qumtosh, mergel, dolomit konlarida, texnogen 
konlar (ag’darma, metallurgiya shlaklari, boyitish fabrikasi chiqindilari)da keng ko’lamli 
foydalaniladi. Ayni vaqtda burg’ilab-portlatishsiz qazib-yuklashga tayyorlash texnologiyasini 
qo’llash tufayli konchilik korxonalarida ishlab chiqarish unumdorligini oshirish va ishlab 
chiqarish tannarxini kamaytishish ishlari bilan bir qatorda, aholi yashash punktlariga yaqin 
masofalardagi ohaktosh konlarida aholi va atrof-muhitga yetkazadigan zararli ta’sirlarni 
kamaytirishga qisman erishiladi.
Ohaktosh konlarida kon massasini burg’ilab-portlatishsiz qazib-yuklashga tayyorlash 
texnologiyasi uchun mexanik yumshatgich mashinalarning maqbul tanlovi kon jinslarining hosil 
bo’lishi, kon-geologik sharoitlari batafsil tahlil qilingandan so’ng tanlanadi. 
Ohaktosh (karbonat) massivlarida burg’ilab-portlatishsiz qazib-yuklashga tayyorlash usullarini 
tanlashda quyidagilar hisobga olinadi: qatlamlilik, massiv darzdorligi, kon jinslarining 
kuchlanganlik holati. Ohaktosh massivini qazib-yuklashga tayyorlash jarayonida mexanik usulda 
yumshatish ishlarining qo’llanilishini baholashda akustik usullardan keng foydalaniladi. Akustik 
usul karyer maydoni bo’yicha qazib olish bloklarni kesuvchi va qazib oluvchi mashinalarning 



Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling