Oila bilan ishlashning asosiy ish shakllari Oila dastlabki tarbiyachi


Download 14.45 Kb.
bet3/3
Sana02.12.2023
Hajmi14.45 Kb.
#1779298
1   2   3
Bog'liq
Toshp`latova Marjona 17

Otalarni jalb qilish


  • Mahoratli pedagog tomonidan bolalar

bog‘chasi hayotiga erkaklarni ham jalb qilish, har bir bola ularning ham ardog‘ida bo‘lishini ta'minlash uchun butun kuch-g‘ayratni ishga solish lozim. Ba'zan kun tartibi yoki birinchi uchrashuv onalar bilan bo‘lgani sabab erkaklar bu ishdan chetda qolib ketadilar. Otalarni MTT bilan hamkorlikka jalb qilish taklifi olg‘a surilayotgan ekan, buning uchun bolaning yaqinlari sirasidan bo‘lgan erkaklarga mo‘ljallangan maxsus tadbirlarni rejalashtirish kerak.

Ota-onalar yig‘ilishlari uchun mavzularni tanlashda ularga quyidagi ro‘yxat taqdim etilishi mumkin:


  • bolaning o‘sishi va rivojlanishi;

  • qiyin xulq-atvorni qanday tuzatish mumkin;

  • bolaning ovqatlanishi;

  • bolalar kasalliklari;

  • o‘yin orqali o‘rgatish;

  • shaxsiy qadr-qimmat hissini rivojlantirish;

  • nutqni rivojlantirish;

  • o‘yinchoqlarni tanlash va h.k.

Ota-onalar va MTT mutaxassislari foydalanishi mumkin bo‘lgan ma'lumotlarni olish uchun.


  • Kuzatish bolalarni, ularning qiziqishlari, yutuqlari, muloqot va o‘zaro aloqa ko‘nikmalarini, muammolarini, alohida ehtiyojlarini tushunishni hamda xulosalarning asosliligini ta'minlashga yordam beradi.

  • Pedagoglar ota-onalar bilan ishlash jarayonida oilaga bolalar, ularning kuchli va zaif tomonlari, alohida ehtiyojlari haqida ko‘proq bilishga ko‘maklashadi. Bunday ma'lumot almashuv chinakam hamkorlik muhitini vujudga keltiradi.

Oilalar bilan hamkorlik ishlarini olib borish


  • Bola rivojlanishining dastlabki bosqichlarida oilaning tutgan o‘rni beqiyosdir. Bolalar oilada tarbiyalanadi va unda yuz beradigan voqyealar ularga juda katta ta'sir ko‘rsatadi.

Kichkina bolalar oilaga juda bog‘lanib qolgan bo‘ladi, chunki oila:


  • Ularning jismoniy jihatdan barkamol bo‘lishini, ovqat, kiyim-kechak, uy-joy bilan ta'minlaydi, sog‘lig‘i haqida g‘amxo‘rlik qiladi;

  • Ularning hissiy bardamligini, jumladan, mehr ko‘rsatadi, qo‘llab-quvvatlaydi, nimaning yaxshiligi, nimaning yomonligini doimo eslatib turadi

  • Ularning rivojlanishi shart-sharoitlarini ta'minlaydi.

Ijtimoiy-psixologik muhofaza


  • Ijtimoiy-psixologik muhofaza, bola yutuqlarining muvaffaqiyati unga kim va qanday ta'sir etayotganiga bog‘liq. Vaqtining katta qismini bola MTT va uyda o‘tkazadi, shuning uchun pedagoglar va ota-onalarning ta'siri bir-biriga zid bo‘lmasligi, aksincha, bola tomonidan ijobiy va faol qabul qilinishi kerak. Bunga pedagoglar va ota-onalar hamkor va hamfikr bo‘lib, tarbiyaviy muammolarni bahamjihatlik bilan hal etish orqaligina erishish mumkin.


http://fayllar.org
Download 14.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling