Oila dastlabki tarbiyachi
Ota-ona quyidagi xuquqlarga ega
Download 217.7 Kb. Pdf ko'rish
|
Maktabgacha ta`lim tashkilotining Oila bilan ishlashning asosiy -fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ota-onaning majburiyatlari
Ota-ona quyidagi xuquqlarga ega:
a) o‘z bolalari uchun ta'lim-tarbiya shakllarini, davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida ta'lim berish tilini tanlash; b) davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida bolalarga ta'lim-tarbiya berish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishini hamda bolaning shaxsiga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo‘lishni talab qilish; v) muassasa bilan tuzilgan shartnoma shartlarida belgilangan tartibda kun davomida o‘ziga qulay bo‘lgan vaqtda bolalarni davlat maktabgacha ta'lim tashkilotidan olib ketish huquqiga ega. g)ota-onalar qonun hujjatlariga va shartnomaga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishlari mumkin. Ota-onaning majburiyatlari: a) belgilangan normativlarga muvofiq bolaning davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida bo‘lgan davri uchun badal to‘lovini o‘z vaqtida to‘lash; b)bolalarning to‘laqonli ovqatlanishini, ularda shaxsiy gigiena ko‘nikmalari shakllantirilishini qat'iy kuzatib borish, bolani davlat maktabgacha ta'lim tashkilotiga ozoda kiyingan holda olib kelish. v)Ota-onalar qonun hujjatlariga va shartnomaga muvofiq boshqa majburiyatlar ham olishlari mumkin. Ota-onaning majburiyatlari: Ota-onalar yig‘ilishlari va uchrashuvlar odatda tarbiyachilar ham bolaning oila a'zolari ham MTTga qatnash bo‘yicha o‘zlarining boy tajribalariga ega hisoblanadilar. Bu tajriba ularning tarbiyachilar va ota-onalarning ishni hamkorlikda tashkil qilish masalasiga o‘z ta'sirini ko‘rsatadi. Aksariyat xollarda, oila va muassasaning roli bu so‘z keng ma'noda bir-biridan ajratilgan. Ota-onalar bolalarini muassasa eshigida qoldiradilar va bu eshik ortida nimalar bo‘lishi haqida juda oz biladilar. Tarbiyachilar bolaga uning bog‘chada bo‘lgan davri uchungina javob berishga ko‘nikadilar. Buning uchun ulardan oilalar bilan o‘zaro aloqa o‘rnatish talab qilinmaydi. Shuning uchun tarbiyachilar ham ota-onalar ham qanday qilib axborot almashuv, hamkorlikda rejalashtirishni amalga oshirish, bolalar guruhida birgalikda ishlashni bilmasliklari mumkin va buning natijasida yangi talablar oldida o‘zlarini noqulay his qilishlari tabiiy. Bunday sharoitda tarbiyachilar va ota-onalarga MTT hayoti bilan hamkorlik masalasini tushuntirish birmuncha qiyin kechishi extimoldan xoli emas. Lekin o‘z davrida buyuk faylasuflardan biri Seneka “Har qanday o‘zgarish – o‘zgarishni xohlashdan boshlanadi” degan edi. Download 217.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling