Oila diagnostikasi va konsultatsiyasi xususiyatlari


Download 15.97 Kb.
bet1/2
Sana08.06.2023
Hajmi15.97 Kb.
#1462920
  1   2
Bog'liq
Презентация Microsoft PowerPoint

Tayorladi S-3.21 AP gurux talabasi Sidiqov Umurzoq

Oila diagnostikasi va konsultatsiyasi xususiyatlari

Reja: 1.Oilalarni tadqiq qilish metodikalari. 2.Oilaning о‘rganilganlik darajasi.

Oila mustahkamligiga hal qiluvchi ta’sir etuvchi nikoh oldi omillaridan biri yoshlarning о‘z oilaviy hayoti haqidagi tasavvurlaridir. Ularning qanchalik reallikka yaqin bо‘lishi, shu oila mustahkamligining bosh garovi hisoblanadi. Biroq hamma vaqt ham yoshlarning oilaviy hayot haqidagi tasavvurlari reallikka mos kelavermaydi, balki u aksariyat hollarda reallikdan tubdan farq qiladi.

Esini tanigandan boshlab ertaklar ruhida, badiiy filmlar, romanlar, afsona, rivoyatlar ruhida tarbiyalangan yoshlarda hamma vaqt ham oilaviy hayot haqida tо‘g‘ri tasavvurlar shakllanaverishi mumkin emas. Ommaviy axborot vositalari orqali, telekо‘rsatuvlar, radioeshittirishlar orqali yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash borasida berilayotgan materiallarda, oilaviy hayotni bir yoqlama, faqat ijobiy tomondan talqin qilish hollari ham kо‘p kuzatiladi. Bu kabi holatlar ham yoshlarda oilaviy hayot haqidagi tasavvurlarning notо‘g‘ri shakllanishiga sabab bо‘lishi mumkin.

Shuning uchun ham yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashda oilaviy hayot, er-xotin munosabatlarini faqat bir yoqlama va faqat yaxshi tomondangina kо‘rsataverish ham maqsadga muvofiq emas. Uni imkon qadar butun borligicha: baland-pasti-yu, shirin-achchig‘i, rohat-farog‘ati-yu, azob-uqubati, qorong‘u kechalari-yu, yorug‘ kunduzlari bilan kо‘rsatgan ma’qul. Shundagina yoshlarda oilaviy hayot haqida nisbatan adekvatroq tasavvur shakllanishi mumkin.

Oila mustahkamligiga hal qiluvchi ta’sir etuvchi nikoh oldi omillaridan biri yoshlarning о‘z oilaviy hayoti haqidagi tasavvurlaridir. Ularning qanchalik reallikka yaqin bо‘lishi, shu oila mustahkamligining bosh garovi hisoblanadi. Biroq hamma vaqt ham yoshlarning oilaviy hayot haqidagi tasavvurlari reallikka mos kelavermaydi, balki u aksariyat hollarda reallikdan tubdan farq qiladi.


Download 15.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling