Oila diagnostikasi va konsultatsiyasi xususiyatlari
Download 15.97 Kb.
|
1 2
Bog'liqПрезентация Microsoft PowerPoint
- Bu sahifa navigatsiya:
- Baxtli oila haqidagi tushuncha
- E’tiboringiz uchun rahmat
Oila mustahkamligiga hal qiluvchi ta’sir etuvchi nikoh oldi omillaridan biri yoshlarning о‘z oilaviy hayoti haqidagi tasavvurlaridir. Ularning qanchalik reallikka yaqin bо‘lishi, shu oila mustahkamligining bosh garovi hisoblanadi. Biroq hamma vaqt ham yoshlarning oilaviy hayot haqidagi tasavvurlari reallikka mos kelavermaydi, balki u aksariyat hollarda reallikdan tubdan farq qiladi.
Respublikamizada о‘tkazilgan tadqiqotlar shuni kо‘rsatdiki (sо‘rovnoma 100 respondentdan olingan, shularning 58% ayollar, 42% erkaklardir), toshkentliklarda baxtli oila deganda asosan er-xotinlarning bir-biriga e’tiborli, mehribon bо‘lishi tushuniladi. Jadvalga e’tibor berilsa (О‘ – о‘rin, U – umumiy, A – ayollar, E – erkaklar), bu yerda ayollarga nisbatan erkaklarning nikohdan, oiladan kо‘p narsani kutishlarini, baxtli oila tushunchasini ideallashtirishlarini kо‘rish mumkin. Ayollarga nisbatan erkaklar barcha baxtli oila haqidagi tushunchalarga yuqori о‘rin berganlar. Bu esa, о‘z navbatida, «ayollar oila munosabatlarini ideallashtiradi, erkaklar esa hayotga real kо‘z bilan qaraydi» degan stereotip toshkentliklar misolida haqiqatga yaqin kelmasligini kо‘rsatadi. Bunday stereotipning mavjudligi esa shuni kо‘rsatadiki, erkaklarning umr yо‘ldoshiga, oilaviy munosabatlarga bо‘lgan talablarining yuqoriligi ongli ravishda emas, balki ong ostida namoyon bо‘ladi.Baxtli oila haqidagi tushuncha Kо‘pchilik yoshlar, ayniqsa, muvaffaqiyatli oilalarda tarbiya topgan yoshlar, oila qurish arafasida bо‘lar ekanlar aksariyat hollarda о‘zlarining bо‘lajak oilaviy hayotlari uchun о‘z ota-onasi oilasini ideal qilib oladilar. Chunki ular shu oilada tarbiyalanar ekanlar, «eslarini taniganlaridan buyon» ota-onasining nizolashib tortishganlarini, bir-birlarini hurmatsiz qilganlarini eslay olmaydilar. Bunday oilalarda ota-onalar ham о‘zlarining о‘zaro munosabatlaridagi noxush jihatlarini farzandlariga sezdirmaslikka harakat qiladilar yoki ularning о‘zaro munosabatlarida rо‘y berishi mumkin bо‘lgan nizoli damlar, bir-birlariga moslashish jarayonlari nikohning boshida, hali farzandlari dunyoga kelmaslaridan oldin bо‘lib о‘tib ketgan. Bolalar esa ular turmushining faqat yaxshi, tinch-totuv, ahil-inoqlik, bir-birlariga nisbatan mehr-oqibatli, ibratli jihatlaridangina xabardor bо‘ladilar. Shunday oila qurishni tasavvur qilgan yoshlar, oila qurganlaridan sо‘ng о‘zlari kutgandek turmush kechira olmasalar, nikohning dastlabki eng nozik, murakkab, kiyin, yangi ijtimoiy vaziyatlar, sharoitlar, rollarga moslashish, bir-birlariga moslashish jarayonlarida yuzaga kelgan qiyinchiliklar, tо‘siqlar, muammolar oldida esankirab qolib, oila qurishda «adashganliklari»dan shubhalanib qolishlari mumkin.Adabiyotlar: 1. G’oziyev E.G. Umumiy psixologiya. Toshkent. 2002.1-2 kitob. 2. G’oziyev E.G. Muomala psixologiyasi. T-2001. 3. Vedenskaya L.V, Pavlova L.A. Delovaya retorika: uchebnoye posobiye dlya vuzov.- M.:IKS “MarT”, 2004-512 s. 4. Nemov R.S. Prakticheskaya Psixologiya Poznaniye sebya: Vliyaniye na lyudey:Posobiye dlya uch-sya-M:Gumanit. Izd.Sentr VLADOS, 2003, - 320 s. 5. www.referat.arxiv.uz 6. www.slayd.arxiv.uz 7. www.ziyonet.uzE’tiboringiz uchun rahmatDownload 15.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling