Oila funksiyasi tiplari va rollari


Oilaning tarbiyaviy funksiyasi deyilganda nima nazarda tutiladi ?


Download 75 Kb.
bet3/6
Sana16.06.2023
Hajmi75 Kb.
#1515107
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
oila funksiyasi tiplari va rollari

Oilaning tarbiyaviy funksiyasi deyilganda nima nazarda tutiladi ? Bolalarning aqliy, jismoniy, axloqiy, estetik tarbiyasiga oilada asos solinadi. Oila inson deb ataluvchi binoning faqat poydevorini qо‘yish bilan cheklanmasdan, balki uning sо‘nggi g‘ishti qо‘yilguncha javobgardir. Ota-ona- sa’natkor, bola- sa’nat asari, tarbiya jarayoni esa sa’natning о‘zidir. Yо‘qlikka erishganimizdan sо‘ng milliy qadriyatlarimizning tiklanishi va xalqimiz azaldan e’zozlab kelayotgan milliy urf-odatlarimiz, an’analarimiz (bola tarbiyasda ota-onadan tashqari, buvi-buva, qarindosh-urug‘, maxallaning xam ta’siri) bu borada katta axamiyatga ega. Lekin ba’zan oila tarbiyaviy funksiyasining susayishi va targ‘ibot-tashviqot ishlarining kamligi natijasida oila a’zolari xulqida yomon odatlarning (ichish, chekish, norkamaniya, turli diniy oqimlar ta’siriga berilish, ma’naviy buzuqlik yо‘liga kirish) paydo bо‘lishi tashvishlanarli xollardan biridir. Jamiyatning komil fuqorosini shakllantirish, tarbiyalash xozirgi zamon oilasining muxum funksiyasi darajasiga kiradi. Chunki shaxsning ijtimoilashuvi dastavval oilada amalga oshadi. Oiladagi tarbiya orqali shaxsga ma’lum bir siyosiy-g‘oyaviy dunyoqarash, axloqiy meyorlar va xulq namunalari, jismoniy sifatlar singdiriladi. Xalqimizda “qush uyasida kо‘rganini bо‘lish”, deb bejiz aytilmagan. Oilada amalga oshadigan iijtimoilashuv jarayoni natijasida shaxs ijtimoiy meyorlar va qadriyatlarni о‘zlashtiradi, ijtimoiy xayotga kirib boradi.
Oilaning kommunikativ funksiyasi nimadan iborat?
Oilaning kommunikativ funksiyasi oila a’zolarning о‘zaro muloqat va о‘zaro tushuniga bо‘lgan extiyojini qondirishga xizmat bо‘lish. Psixologik tadqiqotlarda ta’kidlanishicha, turli ijtimoiy oriyentatsiyalar, “ustanovka”lar, xissiy madaniyat, odamning axloqiy, ma’naviy va psixologik salomatligi –oiladagi о‘zaro, ichki muloqat xarakteri, xondondagi yoshi kattalarning о‘zaro munosabatlarida psixologik “ustanovka”larni namoyon qilishlari oiladagi axloqiy-psixologik iqlimga tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri bog‘liqdir.
Insoniyat taraо‘о‘iyotining xozirgi bosqichida fan-texnika taraqiyotining yuksalib, odamlarning kundalikxayotining urbanizatsiyalashuvining (radio, televidiniye, video, kompyutr va boshqalar). Ortib borish, oilalarining tobora nuklerlashib borayotganligi bilan oilaning kommunikativ funksiyasining axamiyati, oila a’zolarining bir-birlari bilan “odamlarcha”suxbatlashib olishining axamiyati tobora ortib bormoqda. Bu о‘rinda о‘zbek oilasining о‘ziga xos xususiyati: kо‘p avlodlilik, kо‘p farzandlilik kabilar bunday oilalar a’zolari о‘rtasida о‘zaro muloqatni tо‘laroq amalga oshishiga asos bо‘ladi, ularning о‘zaro muloqatga bо‘lgan extiyojlarini qondirishda muxim rol о‘ynaydi. Biroq sо‘ngi yillarda ba’zi oilalarda ota-onalar va bolalar о‘rtasida muloqatning kamligi, bir-biriga e’tiborining pasayishi, oila a’zolari о‘rtasida fikr erkinligining cheklanganligi (ayniqsa, qishloq oilalarida), xolatlari xam mavjud. Xatto oiladagi о‘zaro munosabatlarining yomonlashuvi natijasida oila a’zolarni ayrimlarida stress(asabiy taranglik),suitsid (о‘z joniga qasd qilish) kabi noxush xolatlarning kelib chiqishi xam kuzatilmoqda. Bunday noxushliklarning oldini olish uchun, eng avvalo, oila a’zolari о‘rtasida oshkora , yaqin о‘zaro tushunarli, ishonchli muloqatning amalga oshishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, lozim bо‘lsa bu borada yoshlarga tegishli bilimlarni berish axoli uchun psixolgik maslaxatxonalar faoliyatini yо‘lga qо‘yish, treninglar tashkil etish, “Ishonch telefonlari”, “Qalb markazlari” kabilarni tashkil etishb, ular faoliyatini takomilashtirish lozim.

Download 75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling