Oila funksiyasi tiplari va rollari


Oilaning relakatsiya funksiyasi nima


Download 75 Kb.
bet6/6
Sana16.06.2023
Hajmi75 Kb.
#1515107
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
oila funksiyasi tiplari va rollari

Oilaning relakatsiya funksiyasi nima?
Xozirgi zamon oilasining eng asosiy funksiyalaridan yana biri relaksatsiya funksiyalaridir. Bu degani oila a’zolarning jinsiy, emotsional faoliyatini, ruxiy jismoniy quvvatini, mexnat qobiliyatini yana g‘ayta tiklash demakdir. Ma’lumki, fan-texnika taraqiyotining xozirgi bosqichida, ishlab chiqarish munosabatlarining jadallashuvi, xalq xо‘jaligining turli jabxalarida yangi texnologiyalarining joriy etilishi va shu kabi qator omillar inson ruxiyatiga oldingilarga qaraganda kо‘proq jismoniy, ruxiy zо‘riqishlar bermoqda. Bugungi va ertangi kun sanoati, ishlab chiqarishi ishchi xodimdan bor imkoniyatni safarbar qilib, butun vujudi bilan ishlashni va о‘zining kasb-xunar maxoratini muntazam oshirib borishni taqazo bо‘lish. Ishlab chiqarish jarayonlari jadalligining bunday tarzda davom etishi shu jarayonlar ishtirokchisi, boshqaruvchisi insonni tezda toliqib, о‘zining mexnat qobiliyatini yо‘qotishga olib kelishi mumkin. Ish kuni davomida kо‘tarinkilik, kuchli zо‘riqish bilan ishlagan xodim ishdan sо‘ng о‘z uо‘da, oila a’zolari qurshovida boshqa tashvishlarni unutib, unga kо‘rsatilgan mexr-oqibatdan baxramand bо‘lgan xolda, ular bilan bо‘ladigan о‘zaro muloqat, ular tomonidan bо‘ladigan emotsional qо‘llab-quvvatlash, beriladigan daldalardan ruxiy quvat olib, ertangikun mexnat faoliyatiga о‘zini qayta tiklab olishi lozim bо‘ladi. Buning uchun esa uning oilasida tinchlik-totuvlik, bir-birini tushunish, о‘zaro xurmat, mexr-oqibat, ijobiy psixologik iqlim xukm surmog‘i lozim. Aks xolda inson bu oilada emotsional jixatdan, ruxiy jixatdan о‘zining qayta tiklab ola olmaydi. Bu esa oqibatda odamning mexnat faoliyatida turli xatolarga, ishda sifatsizlik, jaroxatlarga yо‘l qо‘yishiga, turli kasalliklarga duchor bо‘lishiga olib kelishi mumkin. Yuqoridagi funksiyalarning muvaffaqiyatli bajarilishi xar qanday oila baxtini ta’minlovchi mezon xisoblanadi. Shuni xam nazarda tutish kerakki, oila-jamiyatning bir bо‘lagi, uning asosiy yacheykasidir.
Oila uni xarakterlovchi turli mezonlarga kо‘ra quydagicha farqlanadi:

  1. Tо‘liqligiga kо‘ra: tо‘liq, notо‘liq va qayta tuzilgan(ikkinchi nikox) oilalar.

  2. Bо‘g‘inlar soniga kо‘ra: nukler (ota-ona va bolalardan iborat bо‘lgan) va kо‘p bо‘g‘inli (ikki va undan ortiq avloddan iborat oila a’zolari birga yashovchi) oilalar.

  3. Bolalar soniga kо‘ra: farzandsiz, bir bolali , ikki bolali, 3-4 bolali, 5 va undan ortiq bolali oilalar.

  4. Er-xotinning ijtimoiy kelib chiqishiga kо‘ra: ishchilar, dexqonlar, xizmatchilar, ziyolilir oilasi, tadbirkorlar, aralash turdagi oila.

  5. Er-xotinning ma’lumot saviyasiga kо‘ra: oliy ma’lumotlilar, о‘rta-maxsus, о‘rta, tugatilmagan о‘rta, maxsus yordamchi maktab ma’lumotiga ega bо‘lgan qayliqlardan tashkil topgan va aralash turdagi oila.

  6. Oilaning “yoshiga” kо‘ra: yosh oila (1 yilgacha, 3-5 yillik, 6-10 yillik turmush tajribasiga ega bо‘lgan oilalar), о‘rta yoshdagi oila, yetuk yoshdagi oila(qariyalar oilasi).

  7. Qayliqlarning ota-onasi oilasining moddiy ta’minlanganlik darajasi jixatidan qudalarning bir-biriga mos ekanligi yoki ular orasida katta tafovut mavjudligi bо‘yicha bir-biriga mos bо‘lmagan oilalar.

  8. Regional jixatlariga kо‘ra: shaxar, qishloq, aralash tipdagi oila.

  9. Nikoxdan qoniqqanlik saviyasiga kо‘ra, ajralish saviyasida-nikoxdan qoiqqanlik darajasi kо‘yi saviyada bо‘lgan oila, о‘rta saviyada va nikoxdan qoniqqanlik darajasi yuqori saviyadagi oila.

  10. Oilada ayol yoki erkak yetakchiligiga kо‘ra: er yetakchi bо‘lgan oila, xotin yetakchi bо‘lgan oila, er va xotin yetakchilikni birga bajaradigan (biarxat) oila.

  11. Oilada er-xotin orasidagi munosabatlariga kо‘ra: avtoritar, demokratik, libnrial, aralash tipdagi oilalar.

  12. Er-xotinlarning millatiga kо‘ra: bir milatli yoki baynalminal oilalar. Baynalminal oilalar о‘z tnavbatida ikkiga bо‘lish mumkin: dini, urf-odatlari yoki tili bir guruxga kirgan millat vakillari orasida nikoxlar, masalan, о‘zbek-tojik, о‘zbek- qozoq, о‘zbek-turkman, rus-ukrain, о‘zbek-tatar va boshqalar, dini, urf-odatlari yoki tili bir guruxga kirmagan millat vakillari orasida nikoxlar, masalan, о‘zbek-rus, о‘zbek-ukrain, о‘zbek-eston, о‘zbek-nemis va boshqalar.

Yuridik rasmiylashtirilganligiga kо‘ra: sinovdagi oila(birga yashashadi, ammo xali nikoxni rasmiylashtirilmagan, chunki bir-birlarini norasmiy nikoxda sinashyapti), rasmiylashtirish arafasidagi oila ( birga yashashadi, oila qurushi maqsadi aniq, ammo ayrim obyektiv sabablarga kо‘ra rasmiylashtirish kechiktirilyapti), nikoxdan oila, nikoxdan tashqari oila (ayrim erkak kishilarning ikkinchisi, uchinchi, yuridik jixatdan norasmiy oilasi). Nikoxdan tashqari oilalarningayrimlari pinxona bо‘lsa, kо‘pchiligi haqida erkak kishining birinchi oilasi va qarindoshlari bilishadi.
Adabiyotlar:


1. G’oziyev E.G. Umumiy psixologiya. Toshkent. 2002.1-2 kitob.
2. G’oziyev E.G. Muomala psixologiyasi. T-2001.
3. Vedenskaya L.V, Pavlova L.A. Delovaya retorika: uchebnoye posobiye dlya vuzov.- M.:IKS “MarT”, 2004-512 s.
4. Nemov R.S. Prakticheskaya Psixologiya Poznaniye sebya: Vliyaniye na lyudey:Posobiye dlya uch-sya-M:Gumanit. Izd.Sentr VLADOS, 2003, - 320 s.
5. www.referat.arxiv.uz
www.slayd.arxiv.uz
www.ziyonet.uz
Download 75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling