Oila haqida tushuncha
Download 67 Kb.
|
oila 1111
Oila haqida tushuncha. Oila – kishilarning nikoh yoki qon-qarindoshlik rishtalari, umumiy turmush tarzi, axloqiy masuliyat hamda ozaro yordamga asoslanuvchi kichik guruhi. «Jamiyat» va «oila» tushunchalari bir-biri bilan chambarchas bogliq. Bu bogliqlik jamiyatning oilalarsiz mavjud bolmasligi hamda oz navbatida oilaning malum bir jamiyat tarkibida vujudga kelishi va yashovchanligida korinadi. Oila hamda jamiyat ortasidagi ijtimoiy munosabatlar ikki tomonlama aloqadorlik xususiyatiga ega. Har bir oila umumjamiyat talablari asosida faoliyat yuritadi. Jamiyat taraqqiyotining rivoji esa uning bagrida mavjud bolgan oilalarning ijtimoiy-iqtisodiy va manaviy qiyofasining shakllanganlik darajasiga bevosita bogliqdir. CHunonchi, ijtimoiy borliqning oilalar zimmasiga qoyadigan talablari ularning manfaatlariga zid bolmasa, aksincha, oilalar farovonligi, tinchligini taminlashga yordam bersa, oilalar tomonidan ijtimoiy talablarning qollab-quvvatlanishi, ularning amaldagi ijrosini taminlash korsatkichi shuncha yuqori boladi. Ilmiy-pedagogik, psixologik, fiziologik hamda falsafiy asarlarning tahlili shuni korsatdiki, oila bola uchun eng asosiy tarbiya muhiti bolib, bu muhitda shaxs kamoloti uchun muhim hisoblangan xulq-atvor, iroda, harakter va dunyoqarash shakllanadi. Bola oila timsolida jamiyatning ijtimoiy-manaviy qiyofasini koradi, jamiyat talablari mohiyatini ilk bora shu kichik jamoa orasida, oilaviy munosabatlarni tashkil etish jarayonida anglaydi. Oilaviy munosabatlar ota-onalar yoki bolaning kamoloti uchun masul bolgan shaxslar (buva-buvilar) hamda farzandlar ortasida turli yonalishlarda tashkil etiluvchi munosabatlardir. Oilaviy munosabatlar farzandlarning aqliy, ruhiy kamolotini taminlab, ota-onalarda oziga hos faollikni ham yuzaga keltiradi. Xususan, farzandlarning bevosita tasiri tufayli ularning qiziqish hamda faoliyatlari doirasi kengayadi, ozaro aloqalari mazmunan boyib boradi, real hayot mohiyatini chuqurroq anglash, yani, farzandlar kamoloti, kelajagi timsolida oz umri davomiyligini kurish holati roy beradi. Shaxsning manaviy sifatlarga ega bolishi, unda manaviy bilimlarni egallashga nisbatan ehtiyoj va qiziqishning paydo bolishida oila tarbiyasi asosiy rolni bajaradi. Oilada qaror topgan soglom manaviy-ruhiy muhit farzandlarning etuk, barkamol bolib voyaga etishlari uchun beqiyos ahamiyatga egadir. SHarqda azal-azaldan oila tarbiyasiga yuksak baho berib kelingan. Totalitar tuzum davrida esa oilaning shaxs tarbiyasida tutgan orni inkor etilib, uni ijtimoiy borliq vositasida tarbiyalashga harakat qilindi. Ozbekiston Respublikasida mustaqillik yillarida fuqarolarda milliy ozlikni anglash tuygusining qaror topganligi, otmish hadriyatlarini organishga bolgan qiziqishning ortganligi oilaning shaxs kamolotida tutgan orni va rolini holisona baholash imkonini berdi. Bu borada Ozbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov quyidagi fikrlarni bayon etadi: «Oila turmush va vijdon qonunlari asosiga quriladi, ozining kop asrlik mustahkam va manaviy tayanchlariga ega boladi. Oilada demokratik negizlarga asos solinadi, odamlarning talab-ehtiyojlari va qadriyatlari shakllanadi. Ozbekistonning aksariyati ozining shaxsiy farovonligi togrisida emas, balki oilaning, qarindosh-uruglari va yaqin odamlarining, qoshnilarining omon-esonligi togrisida gamhorlik qilishni birinchi oringa qoyadi. Bu esa eng oliy darajada manaviy qadriyat, inson qalbining gavharidir». Davlatning oilaga nisbatan gamhorligi qabul qilinayotgan qonun va qarorlarda oz ifodasini topmoqda. Respublikada «Oila» ilmiy-amaliy Markazi tashkil etilganligi buning yorqin dalilidir. Download 67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling