Oila haqida tushuncha
Oila tarbiyasining mohiyati
Download 67 Kb.
|
oila 1111
Oila tarbiyasining mohiyati. Oila tarbiyasi, yuqorida takidlab otilganidek, ota-onalar yoki shaxs kamoloti uchun masul shaxslar tomonidan tashkil etiluvchi hamda farzandlarni har tomonlama etuk, soglom etib tarbiyalashga yonaltirilgan pedagogik jarayon. Ota-onalar ozlarining ijtimoiy burchlarini bajarar ekanlar, farzandlarida mehnatga, uni tashkil etuvchilarga nisbatan mehr-muhabbat, hurmat tuygusini shakllantirish, ularni ijtimoiy-foydali mehnatga tayyorlash, turli korinishdagi munosabatlarni uyushtirish vaqtida tartib-intizomga amal qilish, ijtimoiy meyorlarga ogishmay rioya etish, soglom turmush tarzini yaratish, oz shaxsiy hayotlari mazmunini belgilashda maqsad, soz va faoliyat birligini taminlash borasida har tomonlama ijobiy ibrat namunasini korsatadi.
Shaxs shakllanishiga tasir etishning ijtimoiy-ruhiy asosiga ega oila jamiyatning ajralmas bolagi sifatida ijtimoiy vazifalarni bajarish bilan birga oziga hos xususiyatlarni ham akslantiradiki, bunday xislat psixologik qarama-qarshilik hamda harakterlar toqnashuvidan iborat ijtimoiy munosabatlardan toliqqan inson organizmi ning ishchanlik qobiliyatini qayta tiklash uchun zarur bolgan motadil iqlimni hosil qila oladi. Bu tuygu halqimiz ruhiyatidagi oziga hos xususiyatlardan biridir. Oila tarbiyasida obektiv va subektiv omillarning roli katta. Oilaning moddiy taminoti va farovonlik (maishiy turmush) darajasi, oila byudjetining mavjud holati, undan oqilona foydalanish borasidagi tajriba, soglom ruhiy muhitning barqarorligi va hokazolar obektiv omillar sanalsa, oiladagi shaxslararo munosabatlar mazmuni, oila azolarining fiziologik, psixologik, madaniy jihatdan komillik hamda malumot darajasi, ularning qiziqish va ehtiyojlari ortasidagi mutanosiblik, oilaviy hayotni tartibga solish borasidagi ozaro yordam, hamkorlik, birlik tamoyillariga tayanish kabilar subektiv omillar sirasiga kiradi. Bolalarda ijtimoiy-dunyoviy bilimlarni egallashga bolgan intilish, ijtimoiy faoliyatning shakllanishida ota-onalarning samarali ishtirok etishlari hal qiluvchi omil bolib, bu oia tarbiyasini muvafiqiyatli amalga oshirishning zarur shartlaridan biri. Oila tarbiyasida bolalar hayotini togri yuritish ularni vaqtdan togri va unumli foydalanishlarining asosiy garovidir. Bolalarning oiladagi vaqtini oyin, mehnat va oqish faoliyatlari boyicha togri taqsimlash nihoyatda muhimdir. Oila jismoniy va psixologik jihatdan soglom, manaviy barkamol, mehnat, ijtimoiy hamda oilaviy hayotga tayyor shaxsni shakllantirib berishi lozim. Oila tarbiyasining mazmuni bolalarga ijtimoiy tarbiyaning mazkur yonalishlari jismoniy, axloqiy, aqliy, estetik, mehnat, ekologik, iqtisodiy, huquqiy, siyosiy-goyaviy hamda jinsiy talim berish, ularda faoliyat konikma va malakalarini shakllantirishdan iborat. Oila muhitida tashkil etiladigan jinsiy tarbiya ozida bolani jinsiy jihatdan chiniqtirish, ularni tozalik va ozodalikka orgatish, oz sogligi uchun gamhorlik qilish va masuliyatli bolishni taminlashga qaratilgan harakatlarning mazmunini ifoda etadi. Bolalarning soglom bolishlarida ularning kundalik hayotiy rejimga amal qilishlari nihoyatda muhimdir. Ota-onalar yoki oilaning katta vakil avlodlari bolalarning mehnat qilishlari va dam olishlarini tartibga solishga ahamiyat berishlari kerak. Organizmning bir maromda ishlashi bola salomatligini saqlash va mustahkmlashgagina yordam berib qolmay, shu bilan birga uning barcha yumushlarni tartibli va sifatli bajarishi uchun imkon yaratadi. Markaziy asab tizimining mustahkamlanishi uchun yaxshi dam olish talab etiladi. Tiniqib uhlash bosh miya asab hujayralarini tola orom olishini taminlaydi. Bu esa butun organizmning motadil osishiga, uning ish qobiliyatini saqlash va qayta tiklashga yordam beradi. Inson salomatligini saqlashda ertalabki badan tarbiyaning ahamiyatini bolalarga tushuntirish hamda ularning ertalabki badan tarbiya bilan shugullanishga koniktirib borish ota-ona nazoratini talab etadi. Badan tarbiya bolani saranjomlik, intizomga ham orgatib boradi. Ovqatlanishning togri tashkil etilishi ham bolaning soglom bolib osishining asosiy omillaridan biridir. Ota-onalar tomonidan bolaning belgilangan muayyan soatlarda ovqatlanish, ovqatlanishdan avval qolni yuvish, ovqatdan keyin ogizni chayish, shuningdek, kuniga ikki marta (ertalab va kechqurun) tish tozalash, haftada bir marta vanna (yoki dush, hammom)da chomilish, qol va oyoq tirnoqlarini olishga odatlantirib borishlari zarur. Ushbu holatlar bolalarda jismoniy madaniyat unsurlarini shakllantiradi. Oila tarbiyasida bolalarni aqliy jihatdan tarbiyalash ham muhim orin tutadi. Bu boradagi dastlabki va muhim vazifa ota-ona tomonidan bolaning qiziqish va ehtiyojlarini kora bilish asosida tasavvur, idrok, tafakkur, hotira hamda diqqatni takomillashtirishga yordam beruvchi mashgulotlarga jalb etishdan iborat. SHuningdek, malum yonalishlar boyicha bolada qgiziqishni uygota olish, uni rivojlantirib borish ham talab etiladi. Bu borada ota-ona yoki oilaning boshqa azolarining dunyoqarashi, ehtiyoj va qiziqishlari doirasi hamda ular tomonidan korsatilayotgan namuna muhim tarbiyaviy omil bolib xizmat qiladi. Oila muhitida bolaning aqliy jihatidan tarbiyalab borishda konstruktorlik oyinlari (kubiklar yordamida uylar qurish, kesmalar asosida fano (tasvir)lar hosil qilish va boshqalar), fikr doirasini kengaytirishga yordam beruvchi sport oyinlari (shahmat, shashka)ni tashkil etish, turli mavzulardagi krossvord, chaynvord va rebus topishmoqlarini hal qilish, teatr, muzey va korgazmalarga tashrif buyurish hamda ilm-fan, texnika va texnologiya taraqqiyoti yuzasidan suhbatlarning uyushtirilishi bu borada ozining ijobiy samarasini beradi. Axloqiy tarbiya oila tarbiyasining ozagini tashkil etadi. Oilada uyushtirilajak axloqiy tarbiyaning maqsadi bolalarda eng oliy axloqiy sifatlar ota-ona hamda oilaning boshqa azolari, shuningdek, atrofdagilarga nisbatan mehr-muhabbat, kattalarga hurmat, kichiklarga muruvvat, kamtarlik, togrisozlik, mehnatsevarlik, sahovat, insonparvarlik, adolat, vijdon, or-nomus, gurur, intizom, ijtimoiy burchni anglash va hokazolarni shakllantirishdan iboratdir. Shaxsda mazkur sifatlarning qaror topishida oiladagi soglom muhit, oila azolarining psixologik jihatdan ozaro yaqinliklari, ehtiyoj, qiziqish va hayotiy yondoshuvilaridagi umumiylik, bir-birlarini har qanday vaziyatda qollab-quvvatlay olishlari, ota-onalar tomonidan barcha farzandlariga nisbatan qoyilayotgan talablar, shuningdek, ularga korsatilayotgan etiborning bir hil bolishi oila tarbiyasida ijobiy natijalarga erishishning omillari sanaladi. Oilada muayyan anananing qaror topganligi, unga oila azolari tomonidan bildirilayotgan hurmat, shuningdek, keksa avlod vakillarining shaxsi, ularning ijobiy sifatlari, mehnatda erishgan (garchi u oddiy bolsa ham) yutuqlari, atrofdagilar bilan munosabati borasidagi suhbat yoki hotiralarning tashkil etilishi bolalarda hayotiy etiqodning shakllanishini taminlaydi. Oilada tashkil etiladigan estetik tarbiya bolalarda gozallikni his qilish, undan zavqlanish, tabiat gozalliklaridan bahra olish asosida his-tuygu, idrok, tasavvur hamda qarashlarni yuzaga keltirish, ularni hayotni sevishga orgatishdek vazifalarning ijobiy hal etilishini nazarda tutadi. Axloqiy va estetik qarashlar mazmuni ozgargan bir sharoitda oilada axloqiy va estetik tarbiyani togri va samarali tashkil etilishi ayniqsa muhimdir. Bolalar juda yoshligidanoq sohta gozalliklar (yarim yalangoch yoki yalangoch badan, meyoridan ortiq qollanilgan pardoz, urfga kirib borayotgan kosmetik operatsiyalar «mahsuli», ota darajadagi yaltiroq mato yoki taqinchoqlar) gozallikning timsoli emasligini anglab etishlari lozim. Bola tasavvurida haqiqiy, tabiiy gozallik (yam-yashil tabiat, nafis qor uchquni, nozik gullar, begubor osmon, viqorli toglar, tiniq zilol suv, toza, musaffao havo, bepoyon dalalar, qushlarning yoqimli ovozi, sharqiroq suv, «chuchvara»lar hosil qilayotgan yomgir tomchilari, kamalak jilosi, shuningdek, ochiq, hushsurat, chiroyli tabassum, shirali ovoz, tasirchan badiiy va sanat asarlari, yuksak mahorat bilan yaratilgan oyinchoqlar (bolaning asabini junbushga keltiradigan elektron oyinchoqlar emas), yarashiqli liboslar va boshqalar)ning namoyon bolishi uchun shart-sharoit yaratib berish maqsadga muvofiqdir. Bolalarda haqiqiy gozallikni his etish tuygusi tabiat bagrida, muzey, korgazma, kino va teatrlarda bolish tufayli shakllanadi. SHu bois maktabgacha talim muassasalari hamda boshlangich sinf oquvchilari bilan tabiat bagriga, muzey, korgazma, kino va teatrlarga uyushtiriladigan ekskursiya va tashriflar katta tarbiyaviy kuchga egadir. Mehnat tarbiyasi ham oila tarbiyasining asosiy yonalishlaridan biri sanaladi. Shaxsning mustahkam harakter va qatiy iroda egasi bolib voyaga etishida mehnatning roli kattadir. Bolalarni oilada togri tarbiyalashda oila hojaligining odilona tashkil etilishi, bolalarni oila hojaligini yuritish ishiga jalb qilish katta ahamiyatga ega. Bolalar tomonidan bajariladigan oilaviy yumushlar ularning jismoniy va aqliy kamoloti darajasidan ortiq bolmasligi, ularning tezda toliqishlari yoki mayib bolishlariga sabab bolmasligi lozim. Bolalar zimmasiga ularning yoshi, rivojlanish darajasi, jismoniy quvvatiga muvofiq yumushlarning taqsimlab berilishi, berilgan topshiriqlarning bajarilishi va ularning sifatini kattalar tomonidan nazorat qilib turish, bajarilgan topshiriqlarning haqqoniy bahosiga ega bolgan havasini oshiradi, unda oz kuchiga bolgan ishonchni yuzaga keltiradi. Oilada mustaqil ravishda, ayrim yumushlarning hamjihatlikka asoslangan holda bajrilishiga erishish katta ahamiyatga ega. Mehnatni tashkil etishda ota-onalarning shaxsiy namunasi, aka-opalarning ibrati, shuningdek, ota-onaning bola bilan birga ishlashlari katta tarbiyaviy kuchga egadir. Oilada tashkil etilgan mehnat bolalarni farosatli bolish, ishni rejali olib borish, vaqtdan unumli foydalanish, tejamkor bolish, shuningdek, ozgalar mehnati, inson mehnatining mahsuli bolgan nematlarni asrab-avaylashga orgatadi. Oilada, shuningdek, atrof-muhit muhofazasi (ekologiyasi)ga oid tarbiyaviy ishlar ham tashkil etiladiki, bu jarayonda bolalarda «inson-tabiat-jamiyat» tushunchalari o‘rtasida yuzaga keluvchi o‘zaro muvofiqlik borasidagi g‘oyalarning qaror topishiga zamin hozirlaydi. Oila muhitida tashkil etilayotgan hovli sahnini supirib-sidirish, gulzorlarni tashkil etish, ko‘chatlarni o‘tkazish va ularni parvarish qilish, maishiy chiqindilarni bartaraf etishga nisbatan ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish kabi harakatlar bolalarda tabiatni asrashga nisbatan mas’ullik tuyg‘usini shakllantiradi. Oilaviy hayotning meyorida bolishi kop jihatdan oila byudjetining holatiga ham bogliq. SHu bois oila azolari mehnati evaziga yaratilayotgan moddiy mablaglarni tejab-tergab, ulardan orinli foydalanish maqsadga muvofiqdir. SHu bois bolalarni ham yoshlikdan pul bilan muomala qilishga orgatish, ozining shaxsiy hamda oila azolarining buyumlari, shuningdek, oila mulkiga nisbatan masuliyatli yondashishga koniktirib borish muhim ahamiyatga egadir. Bolalarga pulning inson mehnatiga tonadigan qiymat ekanligini tushuntirib berish, uni oilaning eng muhim ehtiyojlari uchun ishlatish lozimligini uqtirish, ular tarbiyasiga ijobiy tasir korsatgan bolar edi. Oilada tashkil etiladigan iqtisodiy tarbiya bolalarda iqtisodiy savodhonlik hamda tafakkurning shakllanishida muhim orin tutadi. Bolalarda iqtisodiy tafakkurni hosil qilishda ota-ona, oilaning katta yoshli azolarining namunasi katta tarbiyaviy tasir kuchiga egadir (iqtisodiy tarbiya). Download 67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling