Oila haqida tushuncha
Oila tarbiyasini tashkil etish shakl, metod va vositalari
Download 67 Kb.
|
oila 1111
Oila tarbiyasini tashkil etish shakl, metod va vositalari. Oila sharoitida uyushtirilayotgan suhbatlar alohida diqqatga sazovordir. Ommaviy ahborot vositalari orqali aholi etiboriga havola etilayotgan huquqiy mavzulardagi maqolalar, korsatuv, eshittirish, shuningdek, ommaviy-huquqiy adabiyotlar hamda ularda ilgari surilgan goyalar yuzasidan otkaziladigan suhbatlar bolalarda huquqiy tasavvur, idrok, savodhonlik, tafakkur, faollik, masullik, etiqod va salohiyatni qaror topishiga olib keladi.
Oila muhitida bolalarga ularning burchlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni berib borish, o‘z navbatida huquqlaridan foydalanish yo‘llarini ko‘rsatib berish bu borada yaxshi samara bera oladi. Oila bolalarda vatanparvarlik, insonparvarlik tuygularini hosil qiluvchi oziga hos maskan sanaladi. Bolalar «Vatan», «halq» tushunchalarining mohiyatini dastlabana shu maskanda ozlashtiradilar. Binobarin, oilaning ozi Vatanning bir bolagidir. Oila shanini himoya qilish, uni saqlash togrisida qaygurishning Vatanning shani,el-yurt manfaati uchun kurashish tuygulari bilan uzviy bogliq bolishiga erishish oilada tashkil etilayotgan ijtimoiy-siyosiy tarbiyaning asosi bolishi lozim. YUqorida qayd etilgan tarzda oila tarbiyasini tashkil etish komil insonni tarbiyalab voyaga etkazish muvaffaqiyati uchun poydevor bo‘ladi. Farzandlarning har tomonlama etuk bo‘lib voyaga etishlarida ota-ona, oilaning boshqa a’zolarining dunyoqarashlari, hayotiy yondoshuvlari va ma’naviy dunyosi o‘ziga hos o‘rin tutadi. SHuningdek, ota-onalarning muayyan darajada pedagogik bilimlarga ega bolishlari ham ahamiyatlidir. Oila va talim muassasalari ortasida tashkil etilgan hamkorlikning bosh goyasi ota-onalar uchun pedagogik yordam korsatishdan iboratdir. Farzand dastlabki malumot va ijtimoiy meyorlarga amal qilish borasidagi konikmalarga oilada ega boladi. CHunki oilaviy ijtimoiy munosabatlar, xususan, madaniy-maishiy, iqtisodiy-moliyaviy, mulkiy muosabatlar hamda mehnat faoliyatini tashkil etishda farzandlar ozlari sezmagan, mohiyatini tushunib etmagan holda mazkur munosabatlar jarayonida ishtirok etadilar, demakki, ijtimoiy masalalar bilan toqnash keladilar, natijada bu tarzidagi muloqotlarning doimiy, qisqa muddatlarda takrorlanib turishi ular uchun ota-onalar, farzandlarning huquq, burch, majburiyat va masuliyatlarini tushunib etishga yordam beruvchi ijtimoiy obektiv shart-sharoitlarni yaratadi. SHu jihatdan pedagogika fani oldiga milliy va hududiy xususiyatlarni inobatga olgan holda tarixan tarkib topgan oila - talim muassasasi jamoatchilik tarzidagi uchlikning ijtimoiy-marifiy roli ular ortasidagi ozaro birlik, aloqadorligini asoslash, bolalarda idrok va tafakkurni shakllantirishda oila va jamoatchilik imkoniyatlarini aniqlash hamda ulardan unumli foydalanish talabi ortaga qoyilmoqda. Download 67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling