Oila haqida tushuncha
Oila va islom. Donishmandlar oila haqida
Download 67 Kb.
|
oila 1111
Oila va islom. Donishmandlar oila haqida. Malumki, Islom dinining muqaddas manbalari «Quroni Karim» va «Hadisi SHarif»da oila, oilaviy munosabatlarga oid qarashlar oz ifodasini topgan. «Quroni Karimda»: «Hotinlaringiz zirotgohingizdir» deyiladi. Buning manosi oila qurishdan kozlangan asosiy maqsad farzand korish, ularning komil insonlar bolib voyaga etishlarini taminlash ekanligidir. SHuningdek, Islom manaviyatida oilani halol, pok saqlash, erkak va ayolning bir-biriga bolgan sadoqati, maishiy buzuqlikning katta gunoh ekanligi takror-takror uqtiriladi. CHunonchi, «Agar bir shaharda loqal bir ayol bir marta buzuglik kochasiga kirib, harom orttirsa, bu shahardan qirq yil fayzu barakat kotarilib ketadi» deyilgan. SHunday ekan, manaviy jihatdan kamolotga etishmay turib, iqtisodiy farovonlikni taminlash mumkin emas.
Oila qurish balogatga etgan har bir yigit-qiz uchun hayotiy zaruriyat bolib, ularning ozaro ahdu-paymoni asosidagi ijtimoiy birlik sifatida namoyon boladi. Oilaning mustahkamligi oila azolarining totuvligi, er-hotinning oila yuritish konikma va malakalariga egalik darajasiga bogliq. Oilaning mustahkamligida ayolning alohida roli bor. Zero, oila tashvishlarining aksariyati uning zimmasida boladi. Bu borada buyuk mutafakkir Alisher Navoiy quyidagilarni qayd etadi: «... Er bilan hotin bir-biriga mos tushsa, ortada boylik va saranjomlik bolur. Uy bezagi undan va uylanganning tinchligi undan. Husni bolsa kongilga yoqimli bolur, yaxshiligi bolsa eon ozigidir. Aqlli bolsa turmush intizomli va rozgor kerak yorogi tartibli va saranjomli boladi. Kishi bu hildagi juftga erishsa, balki bunday baht qolga tushsa, yashirin gam va kulfatda sirdosh va hamdaming bolur. Turmushdan har jafo ersa, hasratdoshing ul va aylanuvchi osmondan har balo kelsa komakdoshing ul. Kongling gamidin ul gam chekadi, badaning zaifligi horginligidan u qiynaladi. ... Nosoz juft uy uchun ham ochiq ham yashiring qorqinchli kasallikdir. Uyatsiz bolsa kongil undan ozorlanadi, yaramas bolsa undan azob tortadi. Tili yomon bolsa kuyovning kongli yaralanadi, yomon ishlik bolsa erga yuz qoralik keladi. Mayhor bolsa, uy obodligi yoqoladi va buzuqi bolsa, uy ichi rasvogarchilikka aylanadi.
Download 67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling