Oila pedagogikasi
olgan yoshlami haddan ortiq, qichqirishlarichi? Kuyov jo'iBlar
|
Oila pedagogikasi. Hasanboyeva O
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mustaqil ish
olgan
yoshlami haddan ortiq, qichqirishlarichi? Kuyov jo'iBlar qatorida avtobusni to‘ldirib keladigan «zumrasha»- larchi? Ayniqsa, darvozadan kirishdagi ur-to‘polonchi? Bu xunuklik va adabsizlikning alomati emasmi? Yoki nikohga jo ‘nash paytida kelin uyi oldidan jilgan yengil mashinalarning signallarini qo‘shni mahallaga yetgudek muntazam chalinishi ham madaniy bezorilikning bir alomati emasmi? Ajoyib milliy an’analarimizni bunday bema’ni zamonaviylash- tirishning oldini olsa bo‘ldi. Buning uchun mahalla ahli maslahat chog‘i kelishib olishlari mumkin. Axir o‘zbek 25 xonadonlarida kechadigan har bir ma’raka tarbiyaviy yo‘na- lishi bilan ajralib turadi-ku? 0 ‘zbek xonadonlarida asrlar mobaynida hukm surib kelayotgan ertalabki kelin salom, kelinlaming barvaqt turib hovli va darvoza oldilarini supurib-sidirib qo‘yishlari va keksa qaynona-qaynotalarga nonushta tayyorlab, tavoze bilan choy uzatishlari milliy ma’naviy qadriyatlarimizga yorqin misol emasmi? Yaqinda bir oilaviy janjalga guvoh, bo‘ldim. Kuyovning o‘ta injiq va timoq ichidan kir qidirish odatlarini bir yoqqa qo‘yib, yoshgina umr yo‘ldoshi oldiga qo‘yayotgan talablarga quloq tutilsa, uning gaplarida ham jon borligi se- zildi. Uning xotiniga e’tirozlari quyidagicha edi: «Ertalab ishga ketayotganimda «yaxshi boring», kechqurun xizmatdan qaytsam, «yaxshi keldingizmi?» demaydi. Biror qarindosh- urug'larim kelsa «xush kelibsizlar», ketishayotganda «yaxshi boringlar» demaydi. Piyolaga choy quyib uzatmaydi, har kimning oldidagi piyolaga sharillatib choy quyadi. Shim- larimga vaqtida dazmol urilmaydi, oq ko‘ylagimning yirtilgan joyini sariq ip bilan chatib qo‘yibdi» va hokazo. Ana shu sabablar bahona yigit yosh bolali xotinini uydan haydab yuborish arafasida ekan. Ikki tomonga nasihatlar qilindi. Yigitning injiqligi, noo'rin gumonsirashi, «erkakcha» muo- malasi, uy-ro‘zg‘or ishlariga aralashmasligi aytib o‘tildi. Rus maktabini bitiigan kelin tabiatidagi ayrim sifatlar ham ko'rsatildi. Biror jiddiy sababsiz buzilish oldida turgan oila mahalla oqsoqollari aralashuvi bilan saqlab qolindi. Katta- laming aqlli maslahati yoshlaiga malhamdek zarur. Agar ona «xudoyo hovlisi qursin, seni ularga cho‘rilikka bermaganman, saharda turma, sen borguncha kim supurgan bo‘lsa o‘shalar supuraversin, o‘rgatib qo‘yma, ovqat qilishniyam bo‘yningga olma, qaynonang o‘lgur jodugar, onamnikiga boraman 26 desang tog'orada bir nima pishirib ham bermabdi, qurnm- soq» singarigaplami qizining qulog‘iga quysa, kelin tushgan xonadoniga mehr qo‘yarmidi?! Mayda gaplar to‘planib, butun oila parchalanib ketadi. Mustaqil ish 1. Onalik va bolalikni ijtimoiy muhofaza qilish haqida sotstologik so‘rovnomalar tashkil qilish. 2. Oila huquqlari qanday xalqaro hujjatlarda muhr- langan? Download Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling