Oila pedagogikasi
|
Oila pedagogikasi. Hasanboyeva O
Ota-onalar majlisi
Ota-onalar majlisiga bog‘chadagi hamma guruh bolalari- ning ota-onalari, parallel guruhlar ota-onalari va bitta guruh bolalarining ota-onalari taklif etilishi mumkin. Umumiy majlisda ota-onalami maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalami har tomonlama rivojlantirish va tar- biyalash vazifalari, shu yilgi rejalar, ota-onalar qo‘mita- sining faoliyati, oila tarbiyasidagi ilg'or tajribalar bilan ta- nishtiriladi. Bunda majlisda mudira yoki metodist-tarbiya- chi ma’ruza qiladi, ota-onalar so‘zga chiqishadi, bolalar gapirishadi. Bular ta’lim-taibiya ishidagi yutuq va kamchi- liklami aniqlab olishga imkon beradi, oila va jamoatchilik aloqasini mustahkamlaydi, ota-onalaming o‘z bolasining tarbiyasi uchun javobgarligirii oshiradi, ularda bog‘chaga qiziqish uyg‘onadi. Guruhdagi ota-onalar majlisida mazkur bolalaming ota- onalari uchun dolzarb bo‘lgan masalalar muhokama qilinadi. 260 Masalan, umumiy majlis mavzusi «Bolalarga axloqiy tarbiya berishda oilaning roli» bo‘lsa, o‘rta gurahda o‘tka- ziladigan majlisda bu mavzu murakkablashtirilib, «Bolalarda mehnatsevarlikni tarbiyalashda bog'cha va oilaning biiga- likdagi ishlari», «Bolalarda kattalaiga hurmatni tarbiyalash» va hokazo bo‘lishi mumkin. Ota-onalar uchun tayyoiiangan ma’ruzani bolalar ishini, tegishli mavzudagi kinofilm, diapozitivlar ko‘rish bilan qo‘- shib olib borish mumkin. Bolalar hayoti, faoliyati to‘g‘ri- sidagi misollardan foydalanganda ijobiy materiallar ko'proq bo‘lishi kerak, salbiy faktlami gapirishda ehtiyotkorlik va odob doirasidan chetga chiqmaslik, tanqid qi-linuvchi- laming nomlari ko‘isatilmasligi lozim. Tanqidiy muloha- zalar majlisdan keyin yakka tartibdagi suhbat orqali ota- onalarga yetkazilishi, bola tarbiyasidagi xato va kamchilik- lami bartaraf etish bo'yicha aniq tavsiyalar taklif etilishi mumkin. Yilning oxirida o‘tkaziladigan guruh majlisida ota-ona- larga bir yil mobaynida amalga oshirilgan ta’lim-tarbiya ishlari va kelgusi yilning rejalari haqida gapirib beriladi. Bu majlisda faol ota-onalar ham hisob beradilar va faollar-ning yangi tarkibi saylanadi. Download Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling