Oila pedagogikasi

bet122/203
Sana24.10.2023
Hajmi
#1719136
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   203
Bog'liq
Oila pedagogikasi. Hasanboyeva O

Ilk bolalik! 
(1 yoshdan 3 
yoshgacba bo‘lgan davr)
Bola rivojlanishini dastlabki yilida unda kattalarga bog‘- 
liklik (itoat qilish mexanizmi) va ularga qaramlik shakllangan 
bo‘lsa, bir yoshdan uch yoshgacha bo‘lgan davrda esa. 
Shaming xatti-harakat va fikr yuritishda mustaqillikning 
dastlabki belgilari rivojlanadi. Bu davr boladagi amaliy 
bilimlaming bugun keyingi yo'lini belgilaydi. Bu yoshda 
bolalar har bir sohada ulami sinab ko‘rishga intiladilar. Ayni
265


shu paytda, unda narsalar dunyosini o‘zlashtirish, amaliy 
xatti-harakatlami bajarish, o‘z tanasini boshqarish mexa- 
nizmlari shakllanadi.
Agar bu davming imkoniyatlari boy berilsa bolada 
tegishli qobiliyatlar rivojlanmay qolishi mumkin. Ota-onalar 
shuni doimo yodda tutishlari lozimki, bu davr bolaning 
biror-bir ishni bajara olish uchun zarur bo‘lgan ko‘nikma va 
qobiliyatlarini rivojlantirish uchun eng qulay davrdir.
*Aziz ota-onalar! Bolalar bilan 0 ‘zlashganda ran va 
so‘zlami to‘liq, talaffuz eting. Agar bola biror so‘zni noto‘g‘ri 
talaffuz etsa, unga «bu noto‘g‘ri» demang, uning o‘miga 
so'zning to‘g‘ri talaffiizini takrorlang.
*Ilk bolalik yoshida bolalar barcha narsaga qiziquvchan 
bo‘ladilar. Ulami qiziqtirgan savollarga imkon qadar batafsil 
javob berishga harakat qiling.
*Yodingizda bo‘lsinki, agar kichkintoyingizni qiziqtirgan 
savolga javob berishdan qochsangiz, uning bilishga bo'lgan 
qiziqishlarini so‘ndirib qo‘yishingiz mumkin (undagi bilish 
ixtiyojini).
*Bu yoshdagi bolalaiga ko‘proq, ertaklar aytib berish 
she’r yod oldirish, ovoz tasmalarini eshitishga harakat qiling. 
Bu ularda nutq va xotiraning rivojlantirilishiga yordam 
beradi.
Maktabgacha bo‘lgan yosh davri 
(3 yoshdan 7 yoshgacha)
Ma’lumki, har bir yosh davri o‘zining xarakterli jihatlari 
bilan bir-biridan farq, qilib turadi.
Maktabgacha bo'lgan yosh davr uchun yetakchi faoliyat 
turi o‘yin faoliyati hisoblanadi. Shuning uchun yosh davrda
266


bola bajarishi mumkin bo'lgan deyarli barcha faoliyatlar 
(o‘yin, o‘qish, mehnat va h.k.)ni o‘yin tarzida tashkil qilish 
yaxshi samara beradi:

Ota-onalar, bolangizga о‘yin uchun ko‘proq vaqt ajra- 
ting. Agar bolangiz biror o‘yinga berilib uzoq, vaqt o‘ynayot- 
gan bo‘lsa, bundan xavotir olmang.
*Bola uchun kattalar bilan birgalikda o'ynash, ulaming 
o‘yinidan kattalaming bir zum bo‘lsada, ishtirok etishi mu­
him ahamiyatgaega.
* 0 ‘yinda kattalaming ishtirok etishi natijasida bola o‘yin 
qoidalarini hamma uchun bir xil bo‘lishi, kattalar ham 
adashishi, bola ulami tuzatishi mumkinligini, adolatlilik o‘z- 
lashtiradi.
* 0 ‘yin - bolaning hayoti. Xuddi hayotdagi kabi o'yinda 
ham qiyinchiliklar, xatolar, omadsizliklar bo‘ladi. Aynan 
mana shu qiyinchiliklami yengib o‘tish jarayonida bola shaxsi 
shakllanadi.

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   203




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling