Oila pedagogikasi


Maktabgacha yoshdagi bolalaming o‘ziga

bet123/203
Sana24.10.2023
Hajmi
#1719136
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   203
Bog'liq
Oila pedagogikasi. Hasanboyeva O

Maktabgacha yoshdagi bolalaming o‘ziga 
xos xususiyatlari
Shaxsning individual psixologik xususiyatlaridan biri tem- 
peramentdir.
Bolalar o‘z temperament xususiyatlariga ko‘ra ham bir- 
birlaridan ajralib turadilar, xushchaqchaq, sergap, quvnoq, 
hayotning o‘zgaruvchan sharoitlariga tez moslasha oladigan 
bolalar - sangvinik, ko‘pincha noxush kayfiyatda yuradigan, 
ta’sirchan, suet bolalar - melanxolik, xotiijam, befarq kam- 
harakat, nutqi sust bolalar - flegmatik, jahldor, betoqat, 
serzarda, harakatchan bolalar - xolerik. Bolani maktabga tay­
yorlash jarayonida uning temperement xususiyatlari ota-
267


onalar tomonidan hisobga olinishi, ya’ni uning afzallik 
tomonlari rivojlantirilib, kamchilik jihatlari bartaraf etib bori- 
lishi maqsadga muvofiq. Shuning uchun quyidagilarga e’ti- 
boringizni qarating:
*Farzandingizni diqqat bilan kuzating va uning o‘ziga 
xos xususiyatlarini aniqdab oling, bu bilimlaringizni farzan- 
dingiz bilan bo‘ladigan munosabatlaringizda qo‘llang.

Bolalar o‘zlarini qiziquvchanliklari, aqliy faoliyatlariga 
ko‘ra ham bir-biridan ajralib turadilar. Ba’zi bolalar juda 
ko‘p savol beradilar va harakatchan bo‘lishadi, ba’zi bolalami 
hech narsa qiziqtirmaydi.
Mustaqil ish
1. Aziz ota-onalar! Farzandlaringizni o'ziga xos xusu­
siyatlarini aniqlang va ulami hisobga olgan holda tarbiya 
jarayonini tashkil eting.
2. Yuqoridagi fikrlami inobatga olgan holda farzandla- 
ringizga nisbatan sabr-toqatli bo‘ling va ulaming imkoniyat- 
laridan ortiqcha narsa talab qilmang.
3. Bir oila misolida tashxis o'tkazib natijasini tahlil qiling.
Quyidagi jazolarni o‘m i kelganda 
q о ‘Hash mumkin
*Bolani turli xil imtiyozlardan mahrum qilish.
Jazolashning 
bunday usuli odatda, bola o‘rgangan holatlarga nisbatan 
cheklashlar ko‘rinishida bo‘ladi. Ya’ni bolaga biror narsa — 
shirinlik, o‘yinchoq olib bermaslik, televizor yoki video ko‘- 
rishdan, yoqtirgan o‘yinini o‘ynashdan yoki biror joyga 
borishdan mahrum qilish kabilar ko‘rinishida amalga oshi-
268


riladi. Bunday jazoning foydali tomoni shundaki, bola o‘zi 
sodir qilgan harakatining qanchalik yomonligini va uning 
oqibatini tushunadi. Jazoning salbiy tomoni - bola ota- 
onaning qattiq jazosidan ulaming hokimligini, ustunligini va 
o‘zininq ularga tobe ekanligini his qilib siqiladi.


Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   203




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling