Oila pedagogikasi


Biror ishni bajarishga majburlash

bet124/203
Sana24.10.2023
Hajmi
#1719136
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   203
Bog'liq
Oila pedagogikasi. Hasanboyeva O

Biror ishni bajarishga majburlash.
Bu holatda bolaning 
shaxs sifatida rivojlanishiga salbiy ta’sir etadigan ikki jihat 
shakllanishi mumkin - birinchisi, bolada ota-onasiga va 
ijtimoiy talablaiga nisbatan salbiy munosabat uyg'onadi; 
ikkinchisi, o‘zidan yuqori yoki kuchlilarga itoatgo‘ylik va 
bo‘ysunuvchanlikka o‘iganadi. Bundan tashqari, bolani har 
doim biron-bir ishni bajarishga majbur qilish-keyinchalik 
uning mustaqil bo'lishiga va o‘z-o‘zini boshqarishiga salbiy 
ta’sir ko‘rsatadi.

Bolaning qilgan xatosini o ‘ziga to‘g ‘rilatish.
Bunday jazo­
ning ijobiy tomoni - bu ancha samarali usul bo‘lib, bola 
qilgan xatosini o‘zi to‘g‘rilashga o‘rganadi. Shu o'rinda 
ta’kidlash lozimki, bolani bu usul bilan jazolashda uning 
o‘zini ayblashiga, vijdoni qiynalishiga, boshqalardan uya- 
lishiga yo‘l qo'ymaslik lozim, buning uchun ota-ona ham uni 
ayblashi, unga zarda, do‘q-po‘pisa qilishi kerak emas. 
Jazolashning eng yaxshi yoeli - ota-ona bolaga uning o‘zi 
qandaydir yo‘l qabul qilishi uchun biror muddat indamasdan 
kutib turishidir. Bunda ota-ona bolaning o‘zi biror narsa qi- 
lilhi (uzr 
aurashi, qilgan xatosini to‘g‘rilashi) uchun imko- 
nlyat 
berllhi kerak. Bu usulda jazolash uchun bolaning yoshi 
va yetarli ma'lumotqa ega ekanligini ham hisobga olish 
lozim.
269


Ota-onalar jazoning foydali bo‘lishi uchun quidagi 
tavsiyalarga amal qiling
*Bolani jazolayotgan uning yoshiga va xatoning qay 
darajada ogir yoki yengilligiga e’tibor bering.
*Bolaning xatosi uchun jazolashni kechiktirmaslik kerak, 
kechiktirilgan jazo bolada qo‘rquv tashvish, xavotirlik, dip- 
ressiyalarga olib kelishi mumkin.

Ota-onalar hech qachon jahl chiqib turganda jazo q o i- 
lash kerak emas.
*BoIaning qilgan xatosini ko'pchilik ishtirokida ayniqsa, 
uning o‘rtoqlari yoki tanishlari davrasida muhokama 
qilmang. Aksincha, uning «sirini» saqlasangiz u bu qiliqlami 
boshqa qilmaslikka harakat qiladi.
Aziz Onalar! Ushbu berilgan tavsiyalar ota-ona va far- 
zandlar o‘rtasidagi munosabatlami yanada yaxshilashda, bola 
tarbiyasi borasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan qiyin- 
chiliklami maqsadga muvoflq tarzda yengib o‘tishda sizga 
yordam beradi degan umiddamiz.

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   203




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling