Oila pedagogikasi
‘zgalar oldidagi farzandga qaratilgan e’tibor
|
Oila pedagogikasi. Hasanboyeva O
0 ‘zgalar oldidagi farzandga qaratilgan e’tibor
Oldingi faslda farzandga qaratilgan e’tibomi farzandga yakkama-yakka holda bildirish maqsadga muvofiqligini aytib o ‘tgan edik. Bu odatdagi hoi bo‘lsa-da, shunday vaziyatlar 284 bo‘ladiki, farzandga o‘zgalar oldida ham maxsus e’tibomi qaratish zarur bo‘lib qoladi. Bu, ayniqsa, bola kasal bo‘lib yoki biron-bir og‘ir ruhiy kechinmalami his etgan paytlarida juda asqotadi. Bunday holatga tushgan bola o‘z hissiyotlarini va yurish-turishini boshqara olmay qoladi. Bitta misol keltirsam. Bir kuni xavotirga tushib qolgan ota-ona huzurimga 12 yoshli o‘g‘li Timning xulq-atvorini yaxshilash haqida maslahat so‘rab keldi. Bu payt ulaming uyida yana bir 12 yoshli bola — Timning amakivachchasi ham ular bilan birga yashayotgan edi. U juda talabchan bola bo‘lib, oiladagi butun e’tibomi o‘ziga jalb qilib olgan ekan. Tim bu surbet bola oilada mening o'mimni egallab oldi, degan hayolga borib, indamas va o‘ychan bolaga aylangan. Men ota-onaga ikkala bolaga bir paytning o‘zida diqqat- e’tibomi qaratish lozimligi haqida maslahat berdim. Ular shunday qilishganda ham, amakivachcha baribir oldingi o'ringa chiqib olaveradi. Shunda men bolalaming har biriga o‘mi bilan e’tibor berish lozimligi haqidagi taklif kiritdim. Ular bu ishni udda- lashdi. Timning so‘zlash navbati kelganda, ular batamom u tomonga burilib, uning ko'zlariga tikilgan holda barcha dalil- isbotlarini diqqat bilan tinglashdi. Amakivachchadan biroz kutib turishni iltimos qilishdi. Keyin esa uning gaplariga quloq tutishdi. Shu tariqa ikkala bolakay ham e’tibordan chetta qoldirilmadi. Farzandga qaratilgan e’tiboming bunday ko‘rinishi, agar bolakay yuzma-yuz chog'ida undan manfaat topsa, yaxshigan samara berishi mumkin. Aytmoqchi, men o‘quv jarayoniga hamda har bir o‘quv- chining his-tuyg‘ulariga jiddiy ta’sir qila oladigan bu usulni o‘qituvchilarga ham o‘rgatganman. Ammo, shuni ham alo- 285 hida aytib o‘tish loZimki, farzandga qaratilgan e’tibor bizda ancha ko‘p vaqt ajratishni talab qiladi. Aslida u boladagi hissiy bo‘shliqni to‘ldirishga va uning kelajak hayoti-ning to‘g‘ri izga solishga yordam beruvchi eng zo‘r vositadir. Download Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling