Oila pedagogikasi
Mukammal reja tuzish o‘z samarasini beradi
|
Oila pedagogikasi. Hasanboyeva O
Mukammal reja tuzish o‘z samarasini beradi
Har bir farzandga vaqt ajratish uchun alohida reja tuzib olish darkor. Oilada 2 tagina farzand bo'lsa, ota-ona uchun bu borada qiyinchilik uncha sezilmaydi. Farzandlar soni ortgan sari muammo keskinlashadi. Bordi-yu, ota-onadan bittasi yo‘q bo‘lsa, vaziyat yanada murakkablashadi. Farzand tarbiyasida yaxshi natijalarga erishishning yagona yo‘li bu mukammal reja tuzib olishdir. Masalan, haftaning biron-bir kunida (aytaylik, jumada) farzandlarimizdan biri sinfdoshlari bilan yig‘ilishga, yana biri qarindoshlamikiga ketib, uchin- 282 chisi uyda qolsa, farosatli ota-ona bunday qulay imkoniyat- dan darhol foydalanadi, unga bor e’tiborini qaratadi. Bitta oilada turli xulq-atvorli farzandlar o‘sgani kabi o‘z e’tiyojlarini qondirish yo‘lida boshqalardan talab qiladigan va talab qilmaydigan farzandlar bo'ladi. Bunda faqatgina talab qiladiganlariga e’tibor berish katta xatodir. Barcha bolaning ehtiyojlari u talab qilsa ham, talab qilmasa ham bir xil. Eng nozik joyi shundaki, farzandlar orasida tug‘ilgani, ya’ni o‘rtancha farzandlar passiv va e’tibomi ko‘p qilavermaydi. Ota-onalar to‘ng‘ich va kenja farzandlariga talabchan bo‘l- ganliklari bois ulami doimo nazoratda ushlab turadi, lekin o'rtancha farzandlariga u qachonki katta muammolar keltirib chiqarmaguncha e’tibor bermaydilar. Ota-ona kutilmagan vaziyatlardan unumli foydalana olishi lozim. Masalan, far- zandlaringiz hovlida o‘ynab yurgan paytida, nima uchundir ulardan biri uyda qoladi. Mana, sizda zo‘r imkoniyat tug‘ildi. Zudlik bilan uni gapga tortib, oz bo‘lsada unga e’tibor bering! Mayli, bu lahzalar bir-ikki daqiqa davom etsin, lekin shuning o‘zi ham farzand qalbidagi hissiy bo‘shliqni to‘ldira olish qudratiga ega. Farzandingiz o‘ziga qaratilgan e’tiborga mamnun bo'ladi. Bunday daqiqalar.. o‘z samarasini beradi. Ular farzandga quvonch mehr olib keladi, uning muammo- larini kamaytiradi. Farzand ulg‘aygan sari unga qaratilgan e’tibor uchun ajratilgan vaqt uzaytirilishi lozim. Sababi farzand o‘sish jarayonida sizga o‘z qalbini hadeb ochavermaydi. Katta yoshdagi bolalar o‘zlarini qiynayotgan muammolami siz bilan birgalikda hal qilishi, ko'ngligi yozishi, o‘zini erkin sezishi uchun ko‘proq fursat kerak bo‘ladi. Agar siz bolaga kichik yoshidan boshlab ozgina bo‘lsada vaqt bersangiz, u 283 kattayganda ham siz bilan o‘zini qiynayotgan masala haqida bemalol gaplasha oladi, sizga qalbini osongina ochib beradi. Ota-onasi tomonidan tuzukroq diqqat^e’tibor berilmagan farzand ulg‘aygan chog‘ida qanday qilib ularga ko‘nglini ocha oladi?! Bu yerda eng qimmatbaho narsa — farzand ishonchi garovga qo‘yilmoqda. Farzand tarbiyasi, albatta, Sizdan ko‘p vaqtni talab qiladi. Hamma gap shu kerakli vaqtni topa bilishda. Hayotimda uchragan odamlaming ko‘pchiligi shunday bebaho damlami topish haqida o'zlarining sirlarini men bilan ovrtbqlashganlar. Bir mashhur yozuvchidan eshitganlarim hamon esimda. U farzandlari uchun ajratilgan kunlami taqyi&idan alohida belgilab qo‘yib, shu kungi uchrashuvlar hamda xushmuomalalik bilan rad javobini berar ekan. Demak, oilada farzand bilan band bo'lish ahamiyatli ish bo'lishi shart. Yozuvchining yana bir ishi menga juda ma’qul bo‘lgandi. U oilaning har bir oilasi uchun shaxsiy bayroqcha o‘ylab topgan bo'lib, ularda oila a’zolarining ismlari yozilgan ekan. Qoidaga ko‘ra, bayroqcha sovg'a qilinarkan. Oilaviy xursand- chilik kunlarida, tug‘ilgan kunlarda, sayohatdan uyga qaytil- ganda, institutga o‘qishga qabul qilinganda bayroqcha tan- tana sababchisi sharafiga uy oldidagi tepalikda ko'tarib qo‘yilarkan. Mana, Sizga farzandga qaratilgan e’tiboming ibratli shakli! Download Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling