Oila pedagogikasi
|
Oila pedagogikasi. Hasanboyeva O
- Bu sahifa navigatsiya:
- Farzandga qaratilgan e’tiborni berish usullari
bolaning oz
yoki кo‘p parvarish qilinishiga, ota-ona uchun qanchalik tashvish keltirishiga ham sababchi bo‘lib qolish mumkin. Aynan mana shu narsa ota-onaning bolaga bo'lgan munosabatini belgilaydi. Bu yerda ikki tomonlama munosabat talab qilinadi. Bulami bilish esa o‘zlarini bola tarbiyasida ayibdor deb hisoblovchi ota-onalarga katta yor- dam beradi. Ikkinchidan, shuni ham alohida ta’kidlab o'tish joizki, bolaning tug‘ma xususiyatlaridan qat’i nazar, uning tar biyasida onasi yoki otasi bilan yo‘lga qo‘yilgan muloqot hal qjlluychi ahamiyatga ega bo‘ladi. Yana jadvalga e’tibor bering. «Tarbiyasi og‘ir bola»ni o‘qitish qanchalik qiyin bo‘lmasin, ona mehri samarali natija bermoqda. Ota-ona mehri bolaga 279 tug'ma xususiyatlami o'zgartirishga, uni yaxshi yoki yomon tomonlarga burib yuborishga qodirdir. Ushbu kitob aynan mana shu masalaiga bag‘ishlangan. U farzand bilan bo‘ladigan munosabatlami qanday tashkil qilish, undagi ijobiy fazilatlami qaysi usullar yordamida takomillashtirish, bolaga zarur bo‘lgan hissiy madadni qay yo'sinda amalga oshirish haqida ma’lumot beradi. Bitta kitobda tarbiyaning barcha jihatlarini qamrab olish qiyin, albatta. Shu bois, biz asosiy va eng samarali tomonlaigagina to‘xtalib o'tamiz. Ota-onalaming aksariyati o‘z farzandlarini jonu dildan sevadilar va o‘z mehr-muhabbatlarini yetkazyapman deb o'ylaydilar. Farzandga qaratilgan e’tiborni berish usullari Yuqorida farzandga qaratilgan e’tiboming farzand ha- yotiga ahamiyati haqida fikr yuritib ko‘rdik, endi uni bolaga yetkazib berish usullari haqida suhbatlashamiz. Shaxsiy tajribalarimizga tayangan holda shunday xulosalarga keldim- ki, vaqt ajratib, farzand bilan yakkama-yakka bo‘lish farzand ga qaratilgan e’tiborning eng muhim usuli ekan. Imonim komilki, siz bu usulning qiyin ekanligi haqida o‘ylay boshla- dingiz. Siz haqsiz farzand uchun vaqt ajratib, boshqa hech narsaga fikmi bo'lmay, u bilan birga, yonida bo‘lish oson kechmaydi. Bu farzand tarbiyasidagi eng qiyin narsa. Ibratli ota-onani boshqalardan ajratib turuvchi belgi ham aynan mana shunda — ular o‘z farzandlari tarbiyasi uchun har doim vaqt ajrata oladilar. Bu o‘rinda bir narsani hech qachon yoddan chiqarmaslik kerak: yaxshi tarbiya sizdan vaqt ajratishni talab qiladi. Bizning tezkor zamonimizda ortiqcha 280 vaqtni topishning o‘zi bo‘lmaydi. Ayniqsa, farzand televizor bilan band bo‘lgan, o‘zini ekran yoki ko‘zgu oldida tutgan bugungi zamonda bu ish murakkab sanaladi. Hammamizga qunday ravshanki, farzandlarimiz hozirda to‘liq tashqi ta’sirlar ostida qolgan. Bunday vaziyatda farzandni suhbatga tortish mushkul, ammo ota-onalik mas’uliyati sizni bunga majbur qiladi. Qolaversa, bu kabi yakkama-yakka bo'lish- laming bola uchun kelajakda samarasi kuchli bo'ladi. 0 ‘z farzandlarini baxtli, tengdoshlari davrasida dadil, osoyishta, qo'shimchasiga a’lochi o‘quvchilar safida bo‘lishini kim ham istamaydi deysiz?! Faqat buning uchun farzandlarimiz bilan yakkama-yaka bo‘lishga, suhbatlashishga vaqt topa bilishimiz shart. Amerikalik mashxur olimlardan birining to'rt farzandi bor. U yaqinda bo‘lib o‘tgan anjumanda farzandlar uchun vaqt ajratishning nihoyatda og‘irligini, lekin yakshanbada bir bola uchun yarim soat vaqt ajratishga o‘ziga o‘zi so‘z berganligi haqida gapirdi. «Har bir ota-ona, - deydi u, - bu borada o‘zlariga reja tuzib olish lozim». Meni ham aynan mana shu masala qiynardi. Bir misol: qizim har dushanba kuni mening ishxonamga yaqin bo‘lgan to'garak mashg'ulotlariga qatnashar edi. Ish kunimni shunday rejalashtirgan edimki, kechki payt uni to‘garakdan chiqish paytida kutib olardim. U bilan qahvaxonaga kirib, birga ovqatlanardik. Bizga hech kim xalaqit bermasdi. Qi- zimga butun diqqat-e’tiborimni qaratish uchun menda fursat topilardi. Qizimni qiziqishlari haqida suhbatlashardim va eng asosiysi, u bilan yakkama-yakka bo‘lishga vaqt topardim. Farzand bilan holi suhbatlashib, uning hayotini tushunib yetsangiz, shundagi o‘simlik qiyinchiliklarini yengib o‘tishda unga yordam bera olgan bo‘lasiz. 281 Bolalar soni ko‘p bo‘lsa, ulaming har bittasi uchun jon kuydirish shunchalik mushkullashadi. Esimda, 7 yoshli qiza- loqni mening huzuritrtga maslahat uchun olib kelishdi. Qizchaning uydagi va maktabdagi muammolari to‘lib-toshib ketgan ekan. U uy vazifalarini bajarishda qiynalar, tengdosh- lari, aka-ukalari bilan muomala-munosabatlarda esa yoshiga mos ish tutmas ekan. Gap nimada ekanligini tushunib yetgan boisangiz kerak. Uning oilasida 10 farzand bo‘lib, tabiiy ra- vishda ota-onalari ulaming har biri uchun vaqt ajrata olma- ganlar. Qizaloqni o‘zlarining e’tiborsizligini azob chekayot- ganligi ulaming hayoliga ham kelmagan. Sababi boshqa farzandlari ular bilan biiga me’yordagidek hayot kechi- rishardi. Oilaning qishloqda dehqon-fermer xo‘jaligi bo‘lib, katta farzandlari shu yerda mehnat qilishardi. Qizaloq esa yoshligi sababli ular bilan birga ishlay olmasdi. Bir o‘zi uyda qol- ganligi bois o‘zini oilada yolg‘iz va tashlandiq sezardi. Ota- onasi uni qattiq sevar, biroq qizaloq buni sezmasdi. Download Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling