rajasini oshirishga alohida e’tibor qaratishi joiz.
Bugungi kunda ayollar uchun qator imtiyozlami o'z
ichiga qamrab olgan Prezident Farmonlari, 0 ‘zbekiston
Respublikasi qonunlari, hukumat qarorlari e’lon qilindi va
amalga oshiriltnoqda.
Prezidentimiz I.A. Karimovning «Xotin-qizlarga muno-
sabat jamiyatimizning ma’naviy, axloqiy yetukligining o‘lcho-
vi bo‘lib xizmat qilishi kerak», degan so'zlari mag‘zida behad
katta ma’no, qolaversa, ulkan vazifa yotibdi. Ana shulardan
kelib chiqqan holda, biz xotin-qizlarimizning huquqiy bilim-
larini oshirish uchun kuchlarimizni birlashtirishimiz lozim.
Shundagina qad rostlayotgan huquqiy davlatchiligimizda
o‘zbek ayolining boy intellektual ijodiy quwatidan ham to‘la
foydalanish imkoniga ega bo‘lamiz.
Xotin-qizlarimizga ilm-fanda, ma’rifat va ta’lim-tarbiya-
da o‘z faolliklarini namoyon qilishlariga ko‘maklashish,
ijodiy izlanishlari uchun moddiy va ma’naviy shart-sharoitlar
yaratib berish, ulami zamonaviy texnika va texnologiyalami
o‘zlashtirishga da’vat etish zarur. Ayollaming shaxsiy tur-
338
mushidagi zo‘ravonlik muammosi jamiyat va davlat tomo
nidan e’tibomi talab etadi. Bu muammo faqat bizning
davlatimizda emas balki mustaqil hamdo‘stlik davlatlarida va
boshqa rivojlangan davlatlarda ham o‘z yechimini topmagan
va uni hal qilish yo‘llari ko‘rsatilmagan. Amerika va Yevro-
paning rivojlangan mamlakatlarida mazkur muammolami hal
qilishga kirishildi. Ular 10-15 yil muqaddam masalaning
muhimligini anglab, ayollami turli zo'ravonlikdan muhofaza
qilish to‘g‘risida tegishli qonuniy hujjatlar qabul qildilar va
Download Do'stlaringiz bilan baham: |