ongini shakllantirishga qaratish shu jihatdan ahamiyatliki,
uning vositasida jamiyatning huquqiy madaniyatini ko‘ta-
rishga erishiladi.
Olib borilgan tadqiqotlardan kelib chiqib quyidagilami
ta’kidlash lozim:
Birinchidan,
qishloq sharoitida istiqomat qiluvchi oila-
larda huquqiy savodsizlikni tugatish maqsadida, ulami qiziq-
tiruvchi va ko‘proq muammolaiga sabab bo'luvchi huquqiy
mavzularda dastur va tavsiyalami maxsus uslublarini yaratish
va umuman qonunchilikdagi yangiliklar, xususan, yoshlar va
ayollar mehnatini himoya qilish sohasidagi qayd etilgan
me’yoriy hujjatlami o‘z vaqtida aholiga ma’lum qilishni katta
e’tibor bilan amalga oshirishga erishish lozim bo'ladi.
Ikkinchidan,
oilada ayollar va voyaga yetmaganlar jino-
yatchiligi, ayniqsa, ular tomonidan o‘g‘rilik va giyohvandlik
bilan bog‘liq jinoyatlaming ko‘plab sodir etilishi ayanchlidir.
Buning asosiy sabablaridan biri esa oila a’zolarining, o‘smir
yoshlar va ayollaming huquqiy saviyasining pastligiga borib
taqaladi.
Uchinchidan,
huquqiy saviyani faqatgina zamonaviy dun-
yoviy huquqiy asoslarga tayanib emas, balki, musulmon hu-
quqi manbalari va shariat ilmi asosida ham oshirish maq-
sadga muvofiqdir.
341
Bugungi kunda oila a’zolari ongiga yetkazilishi lozim
bo‘lgan eng muhim qonuniy hujjatdan bin Nikoh sh&rt-
nomasidir, ayniqsa, uning er-xotin o‘rtasidagi mulkiy muno-
sabatlarga oid bandlarining ma’nosini tushuntirish. Ma’lum-
ki, mustaqil Respublikamizda yangi Oila kodeksi loyihasini
tayyorlashda er-xotin mulkining qaysi biri qonuniy degan
Download Do'stlaringiz bilan baham: |