Oila pedagogikasi


ta’lim muassasa murabbiylari maxsus mutaxassis pedagoglar

bet182/203
Sana24.10.2023
Hajmi
#1719136
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   203
Bog'liq
Oila pedagogikasi. Hasanboyeva O

ta’lim muassasa murabbiylari maxsus mutaxassis pedagoglar 
bilan hamkorlikda ish olib borishi lozimligi maxsus ada- 
biyotlarda qayd etilgan.
Oilalarda salomatlik darajasi va oiladagi ijtimoiy-gigienik 
holatni ilmiy tahlil qilish qay darajada dolzaib bo‘lsa, no­
giron bolani tarbiyalayotgan oila salomatligi, ijtimoiy-tibbiy- 
gigienik holati, nogiron bolalami sog‘lomlashtirish, reabli- 
tatsiya qilish hamda korreksion-pedagogik ishlami oilada ta- 
komillashtirish ham bugungi kunning eng muhim vazifasi- 
dir.
Ta’kidlash joizki, Respublika «Oila» ilmiy-amaliy marka- 
zining 2001-yildan buyon o‘tkazib kelayotgan tadqiqotlari 
amalda oilalarda bolalar salomatligini ta’minlash, nogiron- 
likning oldini olish, ular uchun zarur va adekvat ta’limni 
ta’minlashda muayyan kamchiliklar borligini ko'rsatib 
kelmoqda. Aynan alohida yordamga muhtoj bolalami ta’lim 
bilan qamrab olishda ota-onalaming korreksion-pedagogik 
savodxonligini oshirish amaliy ahamiyatga molik dolzarb 
masaladir.
Barcha insonlarning jismoniy-ruhiy imkoniyatlari bir xil 
bo‘lmaydi va bo'lishi ham mumkin emas. Bu isbot talab 
etmaydigan haqiqat. Hayotda to‘rt muchasi sog‘lom bo‘l- 
magan bolalar ming afsuski, uchrab turadi. Xalqaro tash- 
kilotlaming e’tirof etishlaricha, turli mamlakatlarda bunday 
bolalar soni 0,5 %dan 10 %gacha yetar ekan.
Bugungi kundagi eng dolzarb muammolardan biri, aynan 
ta’lim bilan qamrab olinmagan nogiron bolalami ta’lim va 
tarbiya bilan qamrab olish, ulaming bunday jamiyatda ajrab
362


qolishining obyektiv hamda subyektiv sabablarini aniqlash va 

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   203




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling