ratoriya qoshida ochilgan «Ota-onalar universiteti»da ko‘p-
lab tadqiqotlar o‘tkazilgan. Tadqiqotda oila sharoitida tar-
biyalanayotgan maktabgacha yoshda bo‘lgan (3-7 yoshli)
yengil formadagi aqli zaif bolalar olingan. «Ota-onalar uni-
versiteti» maktabgacha ta’lim-tarbiya laboratoriya qoshida
1994-yildan beri rivojlanishida nuqsoni bor bolalar muam-
molari, alohida yordamga muhtoj bo‘lgan bolalami tarbiya
lash va ta’lim berish maqsadida faoliyat ko'rsatib kelmoqda.
«Ota-onalar universiteti»ga ota-onalar ilk marotaba murojaat
etib, ular farzandlariga korreksion-pedagogik yordam ko'rsa-
tish maqsadida kelishgan. Bu bolalar aqli rivojlanishida nuq
soni borligi sababli Moskva shahri va viloyatlardagi biror bir
369
maktabgacha ta’lim muassasiga qabul qilinmagan. «Ota-
onalar universiteti»ning tahliliy ma’lumotlariga ko‘ra, oilada
aqliy zaif bolaga tarbiya berishning murakkab pedagogik
sharoitlari uning ijtimoiy, ma’naviy, jismoniy va estetik rivoj-
lanishini ham murakkablashtirar ekan.
Bola va ota-ona o'rtasidagi o‘zaro ta’siming bir-biriga
mos kelmasligi, emotsional muloqotni o‘mata olmaslik va u
bilan munosabatda bo‘lish go‘dakni erta yoshdanoq ijti-
moiylashuv mexanizmining tabiiy yo‘lini noto‘g‘ri talqin
etishga olib keladi. Bu narsa bolaning shaxs sifatida rivoj-
lanishi va atrof-muhitga ongli munosabatda bo‘lishiga ham
ta’sir etadi. Maktabgacha korreksion pedagogik yo'nalishda
(sohada) olib borilgan ishlar shuni ko‘rsatadiki, maqsadli
yo‘naltirilgan ijtimoiy tarbiyasiz bolani atrof-muhitga «qo‘-
shilish» muammosini hal qilib bo'lmaydi1.
Download Do'stlaringiz bilan baham: |