risoladagidek bajaraman degan ishonchni rivojlantirish eng
muhim jihatlar sanaladi. Bolaning topshiriqqa bo‘lgan ijobiy
qarashini nazardan chetda qoldirish yaramaydi, uning erisha-
yotgan oddiygina, sezilar-sezilmas muvaffaqiyatlarini ajratib
ko‘rsatish hamda baholab borish kerak. 0 ‘qituvchi-defekto-
log faoliyatining bosh g‘oyasi asosida taibiyalanuvchi qalbida
hayotga nisbatan ishonch hamda umid hislarini uyg‘otgan
holda quvonch, shodlik, muvaffaqiyatga erishish, omad
tuyg‘ularini mazasini totib ko‘rishga undash yotadi. Hattoki,
bir martalik yutuqni qo‘lga kiritishning o‘zi bola hayoti va
turmush tarzini o‘zgartirib yuborishi mumkin.
Rossiyada uy sharoitida bolaga ta’lim-tarbiya beradigan
o‘qituvchilar orasida o'tkazilgan sotsiologik tadqiqotlarga
ko‘ra, 32 %dan 50 %gacha o‘qituvchilar o‘qitish metodi-
kasida qiyinchiliklarga duch kelgan, bola bilan muomala,
1 A.B.Закрепила. Дефектология. 2003, №1. Особенности со
циального развития детей дошкольного возроста с умеренной формой
умственной осталости, воспитывающихся в семье.
371
muloqot qilishda qiyinchiliklami 60 % o‘qituvchilar boshdan
kechirganlar, 40 % pedagog-tarbiyachilar bolalaming ota-
onasi bilan aloqa o‘mata olmaganliklaridan qiyinchiliklarga
uchraganliklarini ta’kidlashgan. Mutaxassislaming 50 % esa
turli uslubiy qo'llanma, adabiyotlar bilan yetarlicha ta’min-
lanmaganligi va tegishli metodik qo‘llanmalaming yo‘qligidan
nolishgan.
Bolaga ta’lim berishni uy sharoitida yo‘lga qo'yish - bu
bir necha jihatga daxldor bo‘lgan jarayon bo‘lib, pedagog
bilan hamkorlikda ishlash istagida bo'lgan, qolaversa, psixo-
Download Do'stlaringiz bilan baham: |