Oila pedagogikasi


ratoriya qoshida ochilgan «Ota-onalar universiteti»da ko‘p-

bet190/203
Sana24.10.2023
Hajmi
#1719136
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   203
Bog'liq
Oila pedagogikasi. Hasanboyeva O

ratoriya qoshida ochilgan «Ota-onalar universiteti»da ko‘p- 
lab tadqiqotlar o‘tkazilgan. Tadqiqotda oila sharoitida tar- 
biyalanayotgan maktabgacha yoshda bo‘lgan (3-7 yoshli) 
yengil formadagi aqli zaif bolalar olingan. «Ota-onalar uni- 
versiteti» maktabgacha ta’lim-tarbiya laboratoriya qoshida 
1994-yildan beri rivojlanishida nuqsoni bor bolalar muam- 
molari, alohida yordamga muhtoj bo‘lgan bolalami tarbiya­
lash va ta’lim berish maqsadida faoliyat ko'rsatib kelmoqda. 
«Ota-onalar universiteti»ga ota-onalar ilk marotaba murojaat 
etib, ular farzandlariga korreksion-pedagogik yordam ko'rsa- 
tish maqsadida kelishgan. Bu bolalar aqli rivojlanishida nuq­
soni borligi sababli Moskva shahri va viloyatlardagi biror bir
369


maktabgacha ta’lim muassasiga qabul qilinmagan. «Ota- 
onalar universiteti»ning tahliliy ma’lumotlariga ko‘ra, oilada 
aqliy zaif bolaga tarbiya berishning murakkab pedagogik 
sharoitlari uning ijtimoiy, ma’naviy, jismoniy va estetik rivoj- 
lanishini ham murakkablashtirar ekan.
Bola va ota-ona o'rtasidagi o‘zaro ta’siming bir-biriga 
mos kelmasligi, emotsional muloqotni o‘mata olmaslik va u 
bilan munosabatda bo‘lish go‘dakni erta yoshdanoq ijti- 
moiylashuv mexanizmining tabiiy yo‘lini noto‘g‘ri talqin 
etishga olib keladi. Bu narsa bolaning shaxs sifatida rivoj- 
lanishi va atrof-muhitga ongli munosabatda bo‘lishiga ham 
ta’sir etadi. Maktabgacha korreksion pedagogik yo'nalishda 
(sohada) olib borilgan ishlar shuni ko‘rsatadiki, maqsadli 
yo‘naltirilgan ijtimoiy tarbiyasiz bolani atrof-muhitga «qo‘- 
shilish» muammosini hal qilib bo'lmaydi1. 

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   203




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling