kuchlidir. Sir emaski, bunday mukammallikning ta’minla-
nishi uchun oiladagi muhitning to‘g‘ri yo‘lga qo'yilganligi
376
hamda uning mustahkamligi katta ahamiyat kasb etadi.
Lekin, oilada jismonan nosog‘lom bola dunyoga kelsachi?
Bunday hollarda tushkunlikka tushishdan ko‘ra eng asosiy
vazifa o‘sha nuqsonning yo‘nalish va darajasiga qaratilgan
choralami ko‘rgan holda bolani parvarish qilishga kirishish
oila uchun ham, o'sha nogiron bola uchun foydaliroqdir.
Albatta, bu borada ota-ona oldida bir necha qiyinchilik va
to‘siqlar ko‘ndalang turishi muqarrar. Bundan tashqari,
bunday oila iqtisodiy tomondan ham muayyan qiyinchilik-
larga duch kelishi mumkin. Negaki, nosog‘lom bola uchun
alohida parvarish, g‘amxo‘rlik hamda turli reabilitatsion
choralami ko‘rish kerak bo'ladi, bu jarayon ota-onaning
ijtimoiy mehnat faoliyatiga ham o'z ta’sirini ko‘rsatmay
qolmaydi. Muhimi, ota-onadan bittasi yoki har ikkalovi bola
yonida bo‘lishlari kerak bo‘ladi. Maktab yoshiga yetgunga
qadar, bolada kerakli ko‘nikma va boshlang‘ich tushuncha-
lami shakllantirish uning kelgusida maktab o‘quvchisi bo‘li-
shiga va boshqa sog‘lom bolalar kabi ta’lim olish imkoniya-
tini qo‘lga kiritishida albatta qo‘l keladi. Ammo, ming
afsuski, bunday tashvishlami boshidan kechirayotgan ota-
onalaming «aksariyati bu borada bosh qotirishdan ko‘ra
ko‘proq umidsizlikka berilishadi, ular bolasining kelajagini
tasawur qila olmaydilar va farzandimiz uchun maxsus chora-
lar ko‘rishdan naf yo‘q, qabilida umidsizlika tushishadi.
Aslini olganda, nogiron bolalar, albatta, biror jihati bilan,
Download Do'stlaringiz bilan baham: |