Oila pedagogikasi


borada sezilarli ijobiy siljishlarga erishish uchun yetarli emas

bet189/203
Sana24.10.2023
Hajmi
#1719136
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   203
Bog'liq
Oila pedagogikasi. Hasanboyeva O

borada sezilarli ijobiy siljishlarga erishish uchun yetarli emas. 
Shu sababli ham nogironlikning oldini olishni eng awalo, 
oiladan, ya’ni, ota-onalaming tibbiy hamda pedagogik-kor- 
reksion savodxonligini oshirishdan boshlash har tomonlama 
maqsadga muvofiqdir.
Nogiron bolani oilada tarbiyalash va kamol toptirish 
murakkab muammolardan biri bo‘lib, unga eng asosiy tar- 
biyachi — onadan yuksak tarbiya, diqqat e’tibor, g‘amxo‘rlik, 
bardosh, ishonch, bilim, xushmuomalalik talab etiladi. N o­
giron farzandi bor ona normal hamda nogiron bolalar 
rivojlanishi haqidagi fiziologik bilimlarga ega bo‘lmoqliklari, 
tibbiyot xodimlari hamda defektolog-o‘qituvchilar bilan uzviy
368


hamkorlikda bolani tarbiyalash va hayotga moslashtirish 
malakalariga ega bo‘lmoqliklari lozim.
Rivojlanishi me’yorida bo‘lmagan bolalar 2 turga bo‘la- 
nadilar:
1) jismoniy nuqsoni bor bolalar;
2) aqliy nuqsoni bor bolalar.
Jismoniy nuqsoni bor bolalarga - ko'rish, eshitish, nutq 
a’zolari, harakat tizimi rivojlanishida buzilishi bor bo‘lgan 
bolalar kiradi. Perinatal patologiya, ya’ni, kichik yoshli 
bolalarda uchraydigan kasallik belgilari bolalar nogironli- 
gining asosiy omillaridan biri bo‘libgina qolmay, balki u 
bolaning umumta’lim maktablarida tahsil olishi uchun bir 
necha qiyinchiliklarga kuzatiladikim, bu holatlar uning kela- 
jakdagi ijtimoiylashuv jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatmay 
qolmaydi, albatta.
Moskva shahridagi aqliy rivojlanishi va eshitishda nuq­
soni bo‘lgan bolalar tahsil oladigan maktab-intematlaridagi 
tajriba guruhlarida hamda maktabgacha ta’lim-tarbiya labo- 

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   203




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling