11. “Oila pedagogikasi” fanining vazifalari qaysi bandda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
A) yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash;
B) bolalar tarbiyasiga oid umuminsoniy qadriyatlarni yoshlarga yetkazish;
C) oilaviy muammolarni bartaraf eta olish ko‘nikmalarini shakllantirish:
D) barcha javoblar to‘g‘ri.
12.“Oila jamiyatning asosiy bo‘g‘inidir, hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo‘lish huquqiga ega”. Ushbu jumlalar O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining nechanchi moddasida ko‘rsatilgan?
A) 63- moddasida;
B) 42- moddasida;
C) 14- moddasida;
D) 5- moddasida.
13. Oila bu…
A) birga yashaydigan qarindoshlar guruhi: «er-xotin, ota-ona-farzandlar»;
B) umumiy manfaatlar, qiziqishlar orqali jipslashgan kishilar birlashmasi;
C) nikoh birligi, o‘zaro axloqiy javobgarlik va o‘zaro yordam orqali bir-biriga bog‘langan, nikohga yoki qondoshlikka asoslangan kichik guruh;
D) barcha javoblar to‘g‘ri.
114. Baxt nima?
A) sog‘lik, farovonlik, boylik;
B) qoniqishning yuksak darajasi;
C) o‘z-o‘zini yuqori baholash;
D) sevish va sevilish.
15. Muloqot jarayonining asosiy tarkibiy qismlari…
A) so‘zlash, tinglash va tushunish;
B) gapirib berish, tinglash;
C) tushunish, imo-ishora qilish;
D) so‘zlash va tinglash.
16. Oila va oilada bolalar tarbiyasi haqida mutafakkirlardan kimlar fikr yuritganlar?
A) Kaykovus, Abu Ali Ibn Sino, Abu Rayxon Beruniy;
B) Yusuf Xos Xojib, Alisher Navoiy;
C) Muhammad Sodiq Qoshg‘ariy, Jaloliddin Davoniy;
D) barcha javoblar to‘g‘ri.
17. O‘zaro munosabatlar xarakteriga ko‘ra oilalar qanday turlarga bo‘linadi?
A) ideal, o‘rta, salbiy (negativ) yoki janjalli-serzarda;
B) o‘zaro mos (uyg‘un), tarqoq (nosoz), ajrashib ketgan, to‘liqsiz;
C) ideal, rahmdil, moddiylikka yo‘nalgan, tarqoq, asotsial, adovatli;
D) ko‘p bo‘g‘inli, kam bolali, o‘rta, salbiy, bolalarni hurmat qiluvchi.
Do'stlaringiz bilan baham: |