25. “Onalik huquqi” asari kimning qalamiga mansub?
A) Vaxofen;
B) Beruniy;
C) Ibn Sino;
D) Farobiy;
26. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 15-moddasida nikoh yoshi qizlar uchun necha yosh qilib belgilangan?
A) qizlar uchun 17 yosh;
B) qizlar uchun 16 yosh;
C) qizlar uchun 19 yosh;
D) qizlar uchun 18 yosh.
27. “Aliment” so‘zi qanday ma’noni anglatadi?
A) oziq-ovqat, nafaqa;
B) stipendiya;
C) moddiy yordam;
D) rag‘bat.
28. G‘arbda oila tarixini o‘rganishga qanday asar turtki bo‘lgan?
A) Vaxofenning “Onalik huquqi” asari;
B) Navoiyning «Maxbubul qulub» asari;
C) Vaxofenning “Onalik maktabi” asari;
D) Ibn Sinoning “Tib qonunlari” asari;
29. B.Umarov o‘zining ilmiy tadqiqotida oilaviy nizolarni qanday turlarga ajratadi?
A) yolg‘izlik, yaqin kishisining o‘limi;
B) muvaffaqiyatsiz sevgi bilan bog‘liq bo‘lgan nizolar;
C) ota-ona yoki oilaning boshqa a’zolari tomonidan bolalarni jismoniy va ma’naviy xo‘rlash;
D) barcha javoblar to‘g‘ri.
30. Nodonlardek yuzlab so‘zni qilma qator,
Donolardek bir so‘z degil, lek ma’nodor.
Ushbu so‘zlar kimning qalamiga mansub?
A) Abulqosim Firdavsiy;
B) Sa’diy Sheroziy;
C) Xusrav Dehlaviy;
D) Abduqodir Bedil.
31. Ruhshunos olim G‘. Shoumarov o‘zining “Muhabbat va oila” kitobida oilaning tinch-totuv yashashida o‘zaro qovushishini necha turga bo‘lib o‘rganadi?
A) 2 turga;
B) 5 turga;
C) 3 turga;
D) 4 turga.
32. “Oilada otaning shirin so‘zli, yumshoq ko‘ngil, tabiatan muloyim bo‘lishi bola tarbiyasini buzadi, oilada bosh tarbiyachi ota hisoblanadi” – yuqoridagi fikr Abu Ali ibn Sinoning qaysi asaridan olingan?
A) “Donishnoma” asaridan;
B) “Tadbiri al-manozil” asaridan;
C) “Navodir ul-vaqoe” asaridan;
D) “Ishorat” asaridan.
Do'stlaringiz bilan baham: |