18. “Kimki qisqa so‘zda deydi ko‘p ma’no,
Ravonlik bobida ul kishi a’lo”.
Ushbu hikmatli misra kimning qalamiga mansub?
A) Abulqosim Firdavsiy;
B) Sa’diy Sheroziy;
C) Xusrav Dehlaviy;
D) Abduqodir Bedil.
19. Quyidagilardan qaysi biri oilada bola tarbiyasida qarama-qarshiliklarni keltirib chiqaradi?
A) katta avlod va yosh ota-onalarning bola tarbiyalashdagi turli metodlari;
B) ota-onalarning o‘qimishliligi;
C) ota-onalarning ishda bo‘lishi;
D) to‘g‘ri javob yo‘q.
20. “Eng birinchi galda nasl-nasabni toza saqlamoq, qadr-qimmatni bilmoq inson tarbiyasinining gultojidir” - Ushbu jumlalar qaysi muallifning qanday asarida keltirilgan?
A) A.Navoiyning “Xamsa” asarida;
B) Kaykovusning “Qobusnoma” asarida;
C) A.Fitratning “Oila” asarida;
D) A.Qodiriyning “O‘tgan kunlar” asarida.
21. O‘zbekiston Respublikasining “Oila kodeksi” nechta bob va necha moddadan iborat?
A) 30 bob va 238 moddadan;
B) 45 bob va 312 moddadan;
C) 22 bob va 187 moddadan;
D) 36 bob va 300 moddadan.
22. “Endogam nikoh” nima?
A) yakka nikoh;
B) guruhiy nikoh;
C) boshqa qabilalarga mansub qiz yoki yigit bilan nikoh;
D) nikohlanmagan holda birga yashash.
23. “Oila-bu tabiatning shoh asarlaridan biridir” bu fikr qaysi faylasuf tomonidan bildirilgan?
A) Beruniy;
B) Aflotun;
C) Satayana;
D) Suqrot.
24. O‘zbekistonda 1999 yil qanday yil deb e’lon qilindi?
A) “Onalar va bolalar yili”;
B) “Inson manfaatlari yili”;
C) “Oila yili”;
D) “Mehr-muruvvat yili”.
Do'stlaringiz bilan baham: |