Oila psixologiya


Oʻzbekisto Respublikasi milliy qonunchiligini takomillashtirish bo‘yicha takliflar


Download 489 Kb.
bet10/11
Sana14.04.2023
Hajmi489 Kb.
#1357868
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
CHORIYEV BAHROM Kurs ishi

Oʻzbekisto Respublikasi milliy qonunchiligini takomillashtirish bo‘yicha takliflar:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 554-moddasini quyidagi tahrirda qabul kilish maqsadga muvofiq:
"554-modda. Voyaga yetmagan ayblanuvchini so‘roq qilishda psixologning ishtiroki.
Voyaga yetmaga gumon qilinuvchi va ayblanuvchini so‘roq qilishda psixolog ishtirok etishi shart. U surishtiruvchining, tergovchining ruxsati bilan ayblanuvchiga savollar berishga, so‘roq tugaganidan so‘ng esa, so‘roq bayonnomasi bilan tanishib, bayonnomadagi yozuvlarning to‘g‘riligi va to‘liqligi haqida o‘z fikrlarini yozma ravishda berishga haqlidir. Bu huquqlar surishtiruvchi, tergovchi tomonidan psixologga voyaga yetmagan shaxsni so‘roq qilishdan oldin tushuntiriladi va bu haqda so‘roq bayonnomasida qayd qilinadi".
2. Oʻzbekisto Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 548-moddasini quyidagi tahrirda qabul qilish maqsadga muvofiq:
"Surishtiruv, dastlabki tergov harakatlari va sud muhokamasi davrida voyaga yetmaganlarning jinoyatlari haqidagi ishlar bo‘yicha, ushbu Kodeksning 82 - 84moddalarida ko‘rsatilgan holatlardan tashqari, quyidagilar isbotlanishi lozim:
1) voyaga yetmaga ayblanuvchining aniq yoshi (tug‘ilgan yili, oyi, kuni);
2) voyaga yetmaganning shaxsiga xos xususiyatlar va uning salomatligi holati;
3) uning turmush va tarbiyalanish sharoitlari, psixologiyasi;
4) katta yoshli dalolatchilar va boshqa ishtirokchilarning bor yoki yo‘qligi;
5) voyaga yetmagan shaxs tomonidan jinoyat sodir etilishini keltirib chiqargan sabablar va asoslar.
II. Tergov amaliyotii yaxshilashga doir takliflar:
3. “Psixologiya”i yuridik va huquqni muhofaza qilishga ixtisoslashgan o‘quv yurtlari mustaqil o‘quv predmeti yo‘nalishi sifatida kiritish lozim;
4. "Tergov psixologi” lavozimlarini joriy qilish va ular asosan psixologik xulosa va muntazam ravishda jinoyatchining psixologik tavsifini yuritishi lozim. Jinoyatlarni ro‘yxatga olib, ularni turlarga ajratgan holda umumiy jinoyatchining psixologik tavsifini belgilab borish lozim. Tergovchi so‘roq qilish tergov harakatida asosiy savollari tergov psixologlari tomonidan tavsiya etilagan savollardan foydalanishi lozim. Tergov psixologi so‘roq qilinadigan shaxs uchun savollar ro‘yxatini shakllantirishi, va uning javoblaridan kelib chiqib, aynan shu doirada "psixologik test"lar tuzishi, va so‘roq qilingan shaxs haqida psixologik xulosa tayyorlashi, uni tergovchiga taqdim qilishi va bu xulosa ishga tikib qo‘yilishi lozim;
5. Tergov psixologlari tomonidan yuritiladigan “jinoyatchi psixologik tavsifi." uchun umumiy elektron platforma yaratish lozim.
6. Voyaga yetmagalar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarni tergov qilishni maxsus tergovchilarga topshirish va ularga nisbatan yosh senzini belgilab, 30 yosh qilib belgilash darkor. Undan tashqari, mazkur tergovchilarga psixologik bilimlarga ega bo‘lishi kabi talablarni qo‘yish kerak. O‘z oilasi va farzandlariga ega bo‘lgan, ish tajribasi mavjud hamda psixologik bilimlarga ega shaxs voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarni tergov qilishda extiyotkorlik bilan ish olib borib, keyinchalik takroran jinoyat sodir etilishining oldini oladi;
7. Voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan ham psixiatrik, xam psixologik ekspertizalar o‘tkazish zarur. Sababi ba’zi xollarda voyaga yetmagan shaxslarda o‘z yoshiga nisbatan kichik yoshdagilardek fikrlash xollari uchrab, bu turdagi ekspertiza voyaga yetmagan shaxsda qasd mavjud bo‘lgan yoki bo‘lmaganligini aniqlab beradi. Qasd mavjud emasligi esa, o‘z navbatida, jinoyat ishining tugatilishiga olib keladi.
8. Xorijiy davlatlar tajribasidan andoza olib psixologlar yordamida jinoyatchilikni oldini olish yo‘lini yo‘la qo‘yish lozim. Bunda quyidagi tartibda “psixologik testolar olish va unga asosan psixolog xulosasini shakllantirish lozim:
1) sud protsesi yakulangandan so‘ng mahkumdan;
2) jazo o‘tash muassasasida jazo muddatini yarmini o‘tab bo‘lgan mahkumdan;
3) jazo muddati tugab ozod etilgan shaxsdan.
Ushbu psixologik testlardan umumiy xulosa qilib sudlangan shaxsni qancha muddatdan so‘ng yana qayta jinoyat sodir etish ehtimolini belgilash mumkin. Shunda belgilangan muddatgacha avval sudlangan qayta jinoyatga qo‘l urish vaqtigacha ularni nazorat qilish mumkin bo‘ladi.
9. Voyaga yetmaganlar, ayollarga nisbatan sodir etilgan jinoyatlarda, og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlarda psixologning ishtirokidan foydalanish kerak.

Download 489 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling